23
XULOSA.
O‘zbekistonning qadimiy me’morchilik yodgorliklari jaxon madaniyati
xazinasida xaqli ravishda munosib o‘rin egallagan. Muqaddas Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Termiz, Qo‘qon, Surxandaryo va boshqa shaxarlarimiz
tuprog‘ida qad ko‘targan ko‘xna tarixiy obidalar ularni bezashda qo‘llaniladigan
naqshu-nigorlar necha asrlardan buyon odamzotni lol qoldirib kelmoqda.
Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, o‘zbek xalqi yaratgan,
milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni xalqimizga qaytarish
ma’naviyat dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etadi.
Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Binobarin biz
ham uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz va farzandlarimizga me’ros qilib
qoldirishimiz kerak.
Bobokalonlarimiz Abu Nasr Farobiy, Ahmad al Farg‘oniy, Muhammad ibn
Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur va
boshqa ajdodlarimiz mehnati mujassam topgan qadimiy me’morchilik obidalarini,
madaniy va ma’naviy boyliklarni, milliy qadriyatlarni to‘la oqilona egallash va
rivojlantirish xozirgi yosh avlodning vazifasidir. Asosiy vazifa o‘tmish madaniy-
ma’naviy boyliklariga ega bo‘lish bilan birga uni chuqurroq o‘rganib, yangi yuksak
bosqichga ko‘tara bilishdir.
Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablaridada “Samarqand me’moriy
obidalaridagi naqsh va bezaklarini badiiy tahlil etish” esa amaliy san’at darslarini
o’tishda muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’quvchilarning nazariy
bilim va amaliy ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu dars mashg’ulotlarining
o’rni nihoyatda ahamiyatlidir.
Kurs ishining I bobida Markaziy Osiyoda me’moriy bezak san’ati, II bobida
Samarqand me’moriy obidalaridagi naqsh va bezaklarini badiiy tahlil etish
ahamiyati yoritilgan.
Xulosa qilib aytganda “Samarqand me’moriy obidalaridagi naqsh va
bezaklarini badiiy tahlil etish” mavzusi muhim ahamiyat kasb etib, o’quvchilar
ijodiy faoliyatida bilim saviyalarini yanada to‘laqonli bo‘lishiga amaliy yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: