2.2. Afrosiyob rangtasvir san’ati va uning devoriy suratlari tavsifi. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—
5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi.
Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari tomonidan vayron
etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil.
av. 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz
bergan. Mil. av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U
davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi
joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda
taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va
tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Afrosiyob rangtasvir san’ati. Hozirgi Afrosiyob nomi bilan yuritilayotgan
Samarqandning qadimgi o’rnidan topilgan devoriy rasmlarda rangtasvir san’atining
rang-barang va nafis namunalari mavjud. Bu erda obrazlarning xarakteri va
mazmuni yoritib berilishida turli bo’yoqlar mahorat bilan ishlatilganligini ko’ramiz.
Afrosiyob rangtasvir san’atining eng xarakterli namunasi shoh saroyi ko’rimishiga
xosdir. Rasmlarda saqlanib qolgan devordagi tasvirlarning balandligi 2 – 2,5 m ga
to’g’ri keladi. Uzunligi esa 10 metrdan ortiq bo’lib, monumental xususiyatga ega.
Chunonchi, katta zalning to’la ochilgan janub tomonida, devorning sharqiy qismida
kichik piramida shaklida shartli tarzda (tomoshabindan) chap tomonga, qasrga qarab
borayotgan tantanali yurish marosimi ko’rsatilgan.
Oldingi qatorda zeb berib bezatilgan chakmon kiygan to’rt erkak kishi
tasvirlangan. Surat to’la saqlanmagan: figuralarning belidan bir oz pastki qismi
buzilgan. Asta – sekim qadam tashlayotgan oq fil taltanali yurishni boshlab
bormoqda” - deb ta’riflanadi Samarqand tarixi kitobida. Devoriy rasmdagi salobatli
filning tasvirini ko’zatar ekanmiz har bir bo’yoq o’z o’rnida ishlatilganligini
18
ko’ramiz. Ranglar tasvirning jonli chiqishida muhim rol o’ynaganligi yaqqol ko’zga
tashlanadi.