1.2. Registon majmuasi me’moriy obidalarini o’rganish.
Samarqand necha asrlardan buyon tengsiz tarixiy obidalari go‘zal me’moriy
yodgorliklari bilan dovrug‘ qozonib kelmoqda. Bu ko‘xna shaharga kelayotgan turfa
sayyohlarni yodgorliklarning mahobatiyu rangin naqshlari bilan birga ularning
peshtoqlarga bitilgan yozuvlar ham qiziqtirishi tabiiy. Bu yozuvlarda nimalar ifoda
etilganligini bilish yurtdoshlarimiz uchun ham, sayyohlar uchun ham nihoyatda
qiziqarlidir.
Yozuvlarni o‘z joyida o‘rganishning iloji bo‘lsa-da, bu
ancha noqulaylikni tug‘dirishi tabiiy edi. Shuning uchun Registon majmuasida zarur
moddiy texnika bazasi yaratildi. Asosan ish ko‘p vaqt va mehnatni talab qilardi.
Masalan,
Ulug‘bek
madrasasi
bosh
peshtoqidagi
minoralarning
ust
qismi yoxud Sherdor va Tillakori madrasalari gumbazlari atrofiga bitilgan suls va
kufiy yozuvidagi bitiklarni o‘qish o‘ta murakkab vazifa edi. Yozuvlarning suratlari
olinib, kompyuterga kiritildi va yozuv elementlarini kattalashtirgan holda o‘qishga
muyassar bo‘ldik. 2007-yil dekabr oyida Tillakori madrasasi bosh peshtoqi
ichki qismining asosiy joyi o‘pirilib tushdi. Undagi yozuvlarni olingan suratlar va
o‘lchamlar asosida qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldik. Tillakori madrasasi chap
tomoni guldastasidagi bitiklar ham qisman saqlangan yozuv asosida to‘laligicha
tiklandi. Shu tariqa dastlab Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridagi barcha
yozuvlar to‘liq o‘qib chiqildi. Bunga uch yil vaqt kerak bo‘ldi. Majmuadagi barcha
yozuvlar arab, o‘zbek, rus va ingliz tilida kitob holida nashr etish uchun tayyorlandi.
10
Kitobda Ulug‘bek madrasasining old qismi, ya’ni peshtoqdagi barcha yozuvlar
shartli ravishda raqamlangan. Suratlari kattalashtirilgan holdagi arabiy yozuvlar,
so‘ng esa ularning tarjimalari berildi. Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori
madrasalaridagi bitiklar kufiy, suls, nasta’liq xat usullarida yozilgan bo‘lib,
Ulug‘bek davrining usta xattotlari bor ma
horat va iste’dodlarini namoyish etganlar.
Yozuvlar asosan Qur’oni karim oyatlari, hadislardan iborat bo‘lsa-da, bosh
peshtoq
o‘rtasidagi
ichki
ravoq
devorida
madrasa
tarixiga
taalluqli
yozuvlar
ham
asl
holatida
saqlanib
qolgan.
Yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Targ‘ay) ushbu
binoni qurishga kirishishda Qur’oni karimning «Zarur» surasi, 73-oyati-Allohning
so‘ziga amal qilingan. Sho‘rolar
davrida aksariyat
olimlar
Mirzo
Ulug‘bekni
«ateist»
sifatida
talqin
etmoqchi
bo‘lgan
esalarda
madrasa
devoridagi
yozuvlarni
o‘qib
tasnif
etish
ularning
xayollariga kelmagan. Bosh peshtoqdagi hadislar islom diniga e’tiqod, islom dini
olimlarining ulug‘ martabasi to‘g‘risidadir: «Payg‘ambar alayhissalom aytadilar:
dunyo o‘zi bir lahzadir, uni toat bilan o‘tkazgin» (Ulug‘bek madrasasi minorasi
pastki qismidagi yozuv). Madrasa yozuvlarida Qur’oni karimning ilmga da’vat
etuvchi,
olimlarni
hurmat
qilishga
chaqiruvchi
suralari
keltirilgan. Bu suralar madrasalarni ta’mirlashda asl nushalarga asoslangan holda
to‘liq o‘z shakliga keltirildi. Ulug‘bek madrasasining ichki hovlisida to‘rtta kichik
ravoq
bor.
Ulardagi
yozuvlar
ham
to‘la
o‘qilib,
to‘rt
tilga
tarjima qilindi. Unda asosan Qur’oni karim suralari yozilgan. Hujra eshigi ustidagi
peshtoqqa koshinkorlik uslubida kufiy va suls yozuvlarida Muhammad
payg‘ambarimiz hadislari bitilgan. Jozibador koshinkorlar uslubidagi yozuvlarda
asosan
ilm,
o‘rganuvchi
va
ilm
haqidagi
hodisalarni
o‘qish
mumkin. «Olim yoki o‘rganuvchi bo‘l, yoki ilm ahlini tinglovchi bo‘l, ilm ibodatdan
afzaldir va dinning asosidur». «Yaxshilik qilish yomon falokatdan (o‘limdan)
saqlaydi».
«Sizlarning
yaxshilaringiz,
Qur’onni
o‘rganib
keyin
(boshqalarga ham) o‘rgatganlardir». Ko‘rinib turibdiki, ushbu maskan ilm ahli va
olimlar
to‘planadigan joy bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasining ikkinchi
11
ravoqida
keltirilgan
yozuv
madrasa
va
Ulug‘bek
yashab
o‘tgan davr bilan bevosita bog‘liq. Sherdor madrasasi ham xuddi Ulug‘bek
madrasasidagi kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganildi. Birinchi navbatda
madrasaning bosh peshtoqi suratga tushirilib, undagi yozuvlar shartli ravishda
raqamlab chiqildi. Ulug‘bek va Sherdor madrasasi qurilgan davrlar orasidagi farq
200 yilni tashkil etadi. Samarqand hokimi Bahodir Yalangto‘shbiy ushbu binoni
qurishda Ulug‘bek madrasasidan o‘zib ketishini maqsad qilib qo‘ymagan. U,
aksincha, Sulton Ulug‘bekka cheksiz hurmat-e’tibor ramzi sifatida uning ezgu
ishlarini davom ettirgan. Sherdor madrasasi bosh peshtoqida Alloh va uning
rasuli Muhammad payg‘ambarning ulug‘lanishi haqidagi oyat va hadislar bor.
Ularga shu darajada jozibali va maftunkor ishlov berilganki, yozuvlarni go‘zal
naqshlardan ajratib o‘qish nihoyatda qiyin. Xattotlik san’ati zeb-ziynatlar bilan
naqshlangan
bu
yozuvlarni
noyob
san’at
asariga
aylantirgan.
Sherdor madrasasidagi bitiklardan anglashildiki, ushbu madrasa Hovon Imomquli
Muhammadxon roziligi bilan Amir Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan bino etilgan.
U hijriy 1042-yilda (milodiy 1619-yil) qurib bitkazilgan. Qur’oni karimdagi «Nahl»
surasining
oyatlari
madrasani
bunyod
etishga
asos
qilib
olingan.
Sherdor madrasasi ichki hovlisining to‘rt qutbida Ulug‘bek madrasasidagi kabi
ravoqlar mavjud bo‘lib, ularda ham Qur’oni karim suralari, hujra eshiklari ustida esa
ilmfan, din va olimlar to‘g‘risidagi hodisalar keltirilgan. Ulug‘bek madrasasi hujra
eshigi ustidagi yozuvlar asosan qayta ta’mirlandi. Sherdor madrasasidagi yozuvlar
esa asl holicha saqlanib kelinmoqda. Bu madrasa yozuvlarida konservatsiya ishlov
olib borildi. Aksariyat eshik usti yozuvlari yaxshi saqlanmagan yoxud butunlay
o‘chib ketgan. Madrasaning ichki hovlisi ravoqlaridagi fors-tojik tilida
bitilgan
qit’a
madrasa
qurilishi
bilan
bog‘liq
juda
muhim
ma’lumotlarni aniqlash imkonini beradi. Qit’a mazmuni shunday: dushman saflarini
buzuvchi odil Yalangto‘sh keldi, uning kamoloti madhiga zo‘r til durlariga to‘ldi, u
er yuzida shunday bir madrasa qurdiki, bu bilan faxrlanish falakka qadar yetdi, dono
harifning tafakkur kamandi necha qavmlar harakat qilsa-da, madrasa minoraning
ma’nosiga yetolmas. Me’mor uni shunday quribdikim, falak bu yangi oyni
12
ko‘rib
ko‘kdagi
oyga
nisbatan
chiroyliligidan
barmoq
tishlab
qoldi.
Uni
bino
etgan
Yalangto‘sh
Bahodir
bo‘lgani
uchun
ham,
qurilgan
yilning
abjad
hisobida
«Yalangto‘sh
bahodur»
deb bilingiz. Ushbu qit’a Sherdor madrasasining ikki joyida, ya’ni
ichki
ravoqda
va
madrasaning
chap
tomonidagi
qobirg‘ali
guldasta ichki binosida bitilgan. Tashqi va ichki ravoq yozuvlarining farqi shundaki,
birinchi koshinburun uslubida oro berilgan holda bitilgan. Ikkinchi yozuv
naqqoshlik uslubida ishlangan va qit’aga bir bayt qo‘shilgan yozuvlar orasida
naqqosh (xattot) nomi (Katabai Muhammad Darveshi Samarqandiy) ham keltirildi.
Oxirgi madrasalarda Yalangto‘sh Bahodir nomidan ushbu bino tamanno va tahsin
uchun emas, balki yaxshi duo va haq yo‘lida qurilgani qayd
etib o‘tilgan. Sherdor madrasasining bosh peshtoqidagi kataba yozuvlari xalqni
hidoyat va ma’rifat yo‘liga chorlash bilan birga, XVII asr tosh kandakorligi va
xattotlik san’atining nodir namunalaridan hisoblanadi. Registon ansamblining
tarixan shakllanishini oxiriga yetkazgan Tillakori madrasasi yozuvlari ham tahsinga
sazovor, bu madrasa bitiklari bosh peshtoqdan boshlab o‘rganildi. Afsuski, ularning
ayrimlari to‘la saqlanib qolmagan. Bosh peshtoqdagi yozuvlar Alloh va uning rasuli
Muhammad payg‘ambarga hamdu sano bilan boshlanadi. Ulkan peshtoq
morpechlarida fors – tojik tilidagi «Oxirat xayr bod!» yozuvi ko‘p marotaba
keltirilgan.
Tillakorining Ulug‘bek va Sherdor madrasalaridan farqi
shundaki,
uning
hujra
eshiklari
tashqi
tomondan
qo‘yilgan.
Bu me’moriy yechim Tillakori madrasasi hovli sahnining kattalashishiga sabab
bo‘lgan. Buxoro shahridagi Ulug‘bek madrasasi (1417-yil) va G’ijduvondagi
madrasada (1433-yil) ham me’morlar shu uslubni qo‘llashgan. Tillakori madrasasi
ichki hovlisining to‘rt qutbida peshtoqlar bino qilingan, lekin ulardagi yozuvlar
boshqalariga nisbatan siyrakroq. Hovli sahnida yozgi yoki xalq orasida masshtab
bo‘lgan tilla suvi bilan ishlangan gumbaz osti masjidi joylashgan. Undagi naqshu
nigorlar kishini hayratlantiradi. Qur’oni karim oyatlari va hadislar
jozibador kufiy va suls yozularida bitilgan. Tillakori masjidi ko‘p yillar davomida
shahar jome’ masjidi vazifasini o‘tagan. Unda marmardan yasalgan minbari mavjud.
13
Ichki masjid mehrobida oltin suvi bilan shunday yozuvlar bitilgan.
«Masjidlar
Allohning
uylaridir
va
masjidlarning
ahli
esa
Allohning suyuklilaridir» Registon ansamblidagi yodgorliklar – Ulug‘bek
madrasasi,
Sherdor
va
Tillakori
madrasalari
yozuvlarining
tarjima
va
tasniflari
buyuk
madaniy
merosimizni
o‘rganish
va
uni
targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi, degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: |