3
KIRISH.
Mamlakatimizda yosh
avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida
tarbiyalash uchun imkon beruvchi, mukammal ta’lim
tizimini yaratish, uning
samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim masalalasi hisoblanadi.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari va san’at maktablarida tasviriy va
amaliy san’at fani ta’lim jarayoniga qo’yilgan talablar asosida o’qitilib
kelinmoqda. Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari o’rganish esa amaliy
san’at darslarini o’tishda muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini
shakillantirishda ushbu
dars mashg’ulotlarining o’rni nihoyatda ahamiyatlidir.
O‘zbek rassomlari va amaliy san’at ustalaridan Chingiz. Axmarov, Mahmud
Usmonov, Usta Shirin Murodov,
Olimjon Qosimjonov, Jalij Hakimov, Anvar
Ilhomov, Toshpo’lat Arslonqulov, Saidaxbor Bulatovlarning
asarlarini ijobiy
jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz, ularning hayoti va ihjodini o’rganishimiz
mumkin.
Amaliy san’at va naqqoshlikni o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at
maktablarida tasviriy va amaliy san’at san`at
fanlari shuningdek, umumiy o‘rta
ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablarida amaliy san’at fani mashg`ulotlarini
to’g`ri tashkil qilish, o’quvchilarda shu fan bo’yicha puxta bilim, ko’nikma va
malakalarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Tasviriy va amaliy san’at jumladan naqqoshlikni o’qitishda o’quvchilarni
borliqdagi va san’at asarlaridagi nafosatni ko’rishga,
idrok etishga undan
zavqlanishga hamda qadirlashga o’rgatish o’qituvchining etibor berishi lozim
bo’lgan asosiy jihatlar hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning turli sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatimiz oldiga
o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati,
ilmiy dunyoqarashini
boyitishning samarali vositalarini izlash, zaruriyatini qo‘ymoqda. Yoshlarimizdan
ular egallagan bilimlarini jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llay bilish talab
etilmoqda. Yosh avlodning istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalanib, ulug‘
4
ajdodlarimizga munosib bo‘lib
voyaga etishishlari, eng avvalo ularning bugungi
olayotgan saboqlari va bilimiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: