Tadqiqotning ahamiyati. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb hunar va san’at
maktablari o’qituvchilariga metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ulardan samarali
foydalanish metodlarini ko’rsatib berishishdan iborat. Bo’lajak tasviriy va amaliy
san’at o’qituvchilarini nazariy, amaliy bilimlarni shakllantirish hamda o’z kasbini
malakali mutaxassisi bo’lib yetishishlariga erishish.
Tadqiqot muammolari.Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb hunar va
san’at maktablarining amaliy san’at xususan naqqoshlik darlarida o‘quvchilarga “Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari” ga oid manbalarni o’qitish
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuning bilan birga ba’zi hollarda
amaliy san’at fanini o’qitishda “Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari” ga oid ma’lumotlarni yetarli darajada hisobga olmaslik hollari ham uchraydi. Bu
muammoni hal qilib o’quvchilarning amaliy san’at dars mavzularni
o’zlashtirishlarini keskin oshirish mumkin. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari
asosida mavzuni bayon etish orqali dars samaradorligini oshirish mumkin.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Amaliy tasviriy san’at fanini o’qitish metodikasiga oid maxsus adabiyotlarni
o'rganish.
“Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari” ga oid asosiy tushunchalarni ko'rib
chiqish.
“Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari” tarixiga oid nazariy va amaliy
materiallarni qidirish.
Amaliy san’at fani, naqqoshlikni o’qitish metodikasiga oid manbalarni ta’lim
jarayoniga joriy etib dars jarayonida foydalanish, o’quvchilarning qiziqishini ijodiy
fikrlash qobiliyatini uzluksiz bo’lishni ta’minlash va dars samaradorligini oshirish
uchun tavsiya va ko’rsatmalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob'ekti va mavzusi.Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb hunar va
san’at maktablarining amaliy san’at darslarida “Amaliy san’atda ustoz va shogird
5
an'analari” mavzusini o’qitish jarayoni. “Amaliy san’atda ustoz va shogird
an'analari”mavzusi ushbu tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.