Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix12.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#112078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
KURS ishi.Abdumuminov H.Ustoz-shogird

Pеdagоgik tехnika - o`qituvchiga alоhida o`quvchi va butun o`quvchilar 
jamоasiga o`zi tanlagan pеdagоgik ta’sir uslublarini samarali qo`llashi uchun 
zarur bilim, malaka va ko`nikmalar kоmplеksidir. 
Pеdagоgik tехnikani egallaganlik o`qituvchi mahоratining tarkibiy qismi 
bo`lib, pеdagоgika va psiхоlоgiyadan alоhida amaliy tayyorgarlik bo`yicha 
maхsus bilimlarni talab qiladi. 
O`qituvchining murоjati iltimоs ham, muhоka ma ha m, ma’qullash 
ham va yoki buyruq ham bo`lishi mumkin. Ularda ifоdalangan tuyg`ular 
o`qituvchi tоmоnidan yaqqоl va ishоnarli ifоdalanishi kеrak, faqat 
shundagina pеdagоgik ta’sir samarali bo`ladi. Bu ma’nоda o`qituvchining 
pеdagоgik mahоrati ma’lum darajada aktyor mahоratiga o`хshab kеtadi. 
Chunki har ikkalasini оldida ham o`z his-tuyg`ularini ilоji bоricha ma’nоli va 
his-hayajоn bilan ifоdalash vazifasi turadi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
II. BOB. AMALIY SAN’ATDA USTOZ VA SHOGIRD AN'ANALARINI.
 
2.1. Ustaga shogird tushish odobi va uning tarixiy ildizlari. 
Inson zebi-ziynati bilim-odobdir.
Bularni shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakkam ustozlardir.
Alisher Navoiy. 
Qadimdan hunar o‘rganish muqaddas vazifa sanaladi. Har bir xalq kelajak 
avlodlariga o‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. 
O‘zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo‘lgan desak xato qilmagan 
bo‘lamiz. Masalan, Andijon viloyatida, Shaxrixon, Samarqand viloyati va Urgut 
tumanida, Farg‘ona viloyatida Qo‘qonda, Marg‘ilonda, Namangan viloyati Chust 
tumanida xalq hunarmandchiligi gullab yashnagan. Hunarmandlar o‘sha davrda 
mahallalarga bo‘linib yashaganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik 
mahallasi, deb yuritilgan. O‘sha davrlarda yana misgarlik, bo‘yrachilik, 
sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik va kulolchilik mahallalari mavjud bo‘lgan.
Masalan, 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda bo‘yrachi 
mahallasi bo‘lib u yerda umuman Buxorodagi bo‘yra to‘qiydigan ustalar yashagan. 
Bo‘yrachi mahallasida 120 ta oila yashagan. Har bir kasb-korlik mahallasida qo‘ni-
qo‘shnilar o‘rtasida raqobat bo‘lgan. Chunki kimning mahsuloti sifatli bo‘lsa, xalq 
o‘shani ishlab chiqargan mahsulotini sotib olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli 
mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o‘z rastasi bo‘lgan. Bozorda, 
odatda, bozor begi bo‘lgan. U barcha rastalarga keltirgan mollarini kuzatib ularga 
narx belgilab chiqqandan keyin savdo-sotiq boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot 
ishlagan ustaning bozori kasodga uchragan. Usta o‘tmishda xalq ustalarining eng 
bilimdoni hisoblangan. Chunki ular madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, 
matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar.
Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Qadimdan naqqoshlar 
naqsh yaratish sir asrorlarini yozib qoldirmaganlar, faqat shogirdlari bilganlar. 


12 
Shogirdlari usta bo‘lganlaridan so‘ng ular ham o‘z shogirdlariga o‘rgatgan. 
Shunday qilib, naqqoshlik kasbini an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar. Usta 
o‘ziga shogirdlikka o‘z bolasini yoki qarindoshlarining farzandini olgan. 
Shogirdlikka 7-8 yoshdan olingan. O‘qish o‘rganish 7-12 yillar atrofida bo‘lgan. 
Ustoz shogirdlari bilan kunduz kuni ishlab kechqurun esa ustoz rahbarligida savod 
chiqarilgan. Shogirdlar geometriya va kimyoni o‘rganganlar. Shogirdning qo‘lidan 
mustaqil ish kelgandan keyin ustalar uning ishlarini muhokama qilishib, so‘ngra 
«usta» nomini berishgan. Ustaning o‘g‘li ota kasbini yoshlikdan o‘rganib borgan. 
Bu esa kelajakda yaxshi hunarmand bo‘lishiga zamin yaratgan. Ustada o‘g‘li yoki 
farzandi bo‘lmasa, bu kasbni eng yaqin qarindoshlariga bolalariga o‘rgatgan. 
Xullas kasbning avlodga meros bo‘lib qolishi an’ana holda rivojlanib kelgan. 
Ustaga 
shogirdlikka 
berishda 
quyidagi 
urfga 
amal 
qilingan: 
Bolani usta oldiga olib borish; Bolani ota-onasi va qarindosh-urug‘lari «bo‘y» 
degan bo‘g‘irsoq va xolvaytar qilib, ustaning huzuriga kelganlar va «bolani go‘shti 
sizniki, suyagi bizniki» qabilida gaplar bilan uning ixtiyoriga topshirganlar. 
Keltirilgan pishiriqlar o‘sha paytdayoq birgalikda tanovvul etilgan. Usta bolaga 
hunar o‘rgatishdan tashqari butun o‘qish davomida o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlab 
turgan. Kasb o‘rgatish tekin olib borilgan. Ustoz shogirdga qattiqqo‘l va talabchan 
bo‘lgan. Chunki har bir hunarli o‘ta nozik did va sabr-toqat bilangina o‘rganish 
mumkin bo‘lgan. Ustalar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab 
chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg‘imaslikni egri 
va noma’qul ishlarga yaqin yo‘lamaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo‘l 
urmaslikni, qat’iy turib talab qilganlar.
Usta shogirdga hunar sirini o‘rgatishdan tashqari uy yumushlarini bajarishga 
ham o‘rgatib borgan. Shogird san’at sirlarini puxta egallagandan so‘ng oq fotiha 
berilgan. Marosimda ustoziga shogird bosh-oyoq sarpo, tugun in’om etgan. 
Ba’zida ustoz shogirdi mustaqil ish boshlashda qiynalmasligi uchun shu kasbda 
ishlatiladigan asbob va andozalar bergan. Agar oq fotiha olgan ba’zi shogird 
mustaqil ishlashni xohlamasa ustoznikida qolib ishlayvergan. Bunday holda ustoz 
bilan kelishib ish haqi olgan. O‘zbek ustalaridan biri ganch o‘ymakor usta Usmon 


13 
Ikromovning hayot yo‘li ibratlari. Yosh Usmon usta Rasulhojini qo‘lida 8 yil 
ishlaydi. Besh yilgacha haftalik haqi 10 tiyindan oshmagan. Har payshanba kuni 
Rasulhoji shogirdi qo‘liga 10 tiyin bergan. Usmon pulni olib bozordan onasi va 
ikki singlisiga yegulik olib borgan. Odatda shogird faqat usta buyurgan ishni 
qilishi kerak edi. Ustadan beruxsat shogird biror ishga urinsa yoki uning 
asboblariga teginsa kaltak yerdi. Oltinchi yiliga o‘tganda Usmonning haftalik ish 
haqi 50 tiyinga, sakkizinchi yilga o‘tganda esa kundalik ish haqi bir so‘mga 
chiqadi. Bu paytda u imorat ishidagi oddiy cho‘pgarlikdan tortib, g‘isht terish, 
suvoq, ganch o‘ymakorligini mustaqil bajara oladigan bo‘lgandi. Nihoyat sakkiz 
yil deganda Usmon ustasi Rasulhojidan oq fotiha olib, usta nomiga ega bo‘lgan. 
Buxorodagi 
hamma 
ganchkor 
ustalarga 
ganch 
sotadigan 
boylardan biri Abduqodir bir kuni usta Hayotni chaqiradi va yangi uyni ganch 
bilan bezamoqchiligini aytadi. So‘ngra usta Hayot bu ishni 22 yoshli Shirin 
Murodovga topshiradi. Bu ish Shirinning birinchi mustaqil ishi edi. Shirin 
mehmonxona bezaklarini oddiy, bejirim nisbatlarini saqlagan holda bir butun 
ko‘rinish bo‘lishini hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonlarni sharaflar bilan 
bezaydi. Undagi o‘yma ganchlar juda mayin, bejirim chiqqanligi sababli ustalar 
orasida hurmat, obro‘si yana ham oshadi. Usta Hayot kunlardan bir kun Shirinni 
oldiga chaqirib, men sendan xur sandman endi mustaqil ishlayversang bo‘ladi 
deydi. Azaliy odat bo‘yicha unga ustalar o‘rtasida usta nomini berishadi. Shirin 
Murodov shundan so‘ng xalq orasida usta degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.


14 
O‘zbek me’morlari yaxshi yashash uchun har jihatdan qulay shinam, chiroyli 
uylar qurganlar. O‘zbeklarni hovlijoyi tugal bir me’moriy ansamblni tashkil etib 
o‘ziga xos sharqona fayzi bo‘lgan. Bu qurilgan uylarni bir-biriga uzviy 
qilib qurilishi va bezalishi bir san’at darajasida bo‘lgan. Yog‘och o‘ymakorligi 
bo‘yicha ishlayotgan shogird ustani uyida yoki o‘zining uyida yashagan. Shogirdni 
yaxshi va puxta o‘rganishi uchun avval uni mehnatga o‘rgatgan va shu hunarga 
tabiiy holda qiziqishini oshirgan. Buning uchun ustoz shogirdiga uyidagi mayda-
chuyda uy ishlarini ham buyurgan, keyin esa asta ustaga asbob uskunalarni olib 
berib 
turish 
yoki 
xomashyoni 
tayyorlab 
turish, 
keyinchalik 
esa 
eshik, derazalarni, ustunlarni o‘rnatishga va naqshlarni o‘yishga o‘rgatgan. Ya’ni 
bolani yashash bilan birga hunar sirlarini oddiydan-murakkabga qarab o‘rgatib 
borgan. 3-4 yillardan so‘ng yaxshi tajribali shogirdiga usta 15-20 kun pul ishlab 
kelishi uchun ruxsat bergan. Shogirdga usta nomini berish o‘ziga xos urf-odatlari 
bo‘lgan. 
Bu 
tantanaviy 
kecha 
shogirdning 
ota-onasini 
uyida 
yoki ustani uyida o‘tkazilgan. Kechaga shogirdning qarindoshlari, ustozni qo‘lida 
ishlayotgan shogirdlar, ustalar, mullalar qatnashgan. Ustalar kattasi oqsoqol yoki 
ustakalon uning yordamchisi poykor usta nomini olayotgan shogirdning boshiga 
salla o‘ragan. Chopon kiygizib beliga qiyiqcha bog‘lagan va beliga qiyiqchaga arra 
va tesha qistirib qo‘yilgan. Ustalar va do‘stlari tabriklaganlar. Keyin kata usta 
dasturxondan yopgan nonni olib kechani sababchisiga qarab «qayerga borsang ham 
o‘zingni qo‘ygan kulchangni ko‘rsatgin» deb bergan. Bunday urf-odatlarning har 
xil turlari bo‘lgan. Ba’zi urf-odat bo‘yicha bo‘lg‘uvchi ustaga biror-bir uyni 
mustaqil bezash topshiriladi. Uyni bo‘lg‘uvchi usta bitkazgandan so‘ng ustalar 
uning ishini tekshiradilar vabaho beradilar. Agar ustalarga ma’qul tushsa, unda 
shogirdga «usta» degan unvon berilgan. Shundan so‘ng yosh ustaga boshqa 
shaharlarga borib ishlashga ruxsat berilgan yoki ba’zi yosh ustalar ustaga «xalifa» 
bo‘lib, uning boshchiligida ishlab yurgan. Oqsoqolni tayinlashda shaharlardagi eng 
katta tajribali ustalardan birini saylagan. Agar oqsoqol biror nohaq ish qilib qo‘ysa 
unda biror masjidga oqsoqolning yordamchisi vahamma ustalarni yig‘ib qayta 
oqsoqol saylagan. Buxoroda esa oqsoqolni qayta saylash boshqacharoq bo‘lgan. 


15 
Ustalar Buxoro xoniga maxsus ariza yozar edilar. Shundan so‘ng Buxoro xonidan 
«sarpo» va maxsus qaror ya’ni «yorliq» olgan. Xalqqa qaror o‘qib berilgan, sarpo 
kiydirilgan. Buxoroda XIX asr oxiri XX asr boshlarida duradgorlar boshlig‘i usta 
G’ulom, O‘ratepada esa usta Karim Kajorboshi (usto Abdu Karim Abduxoliqov) 
bo‘lgan. O‘ratepalik xalq ustalarini yuqori Zarafshon qishloqlarida masjid, 
madrasa, 
turarjoy 
binolarini 
bezash 
uchun 
taklif 
etganlar. 
Ular 
naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik va boshqa ishlarni bajarganlar. 
Ustalar uyushmasi turarjoylarga ustalarni ishlashga yuborganlar. Ularga ish haqi 
tariqasida ishlagan joylaridan kiyimlar, qo‘y, sigir, echki, yer yoki pul berilar edi. 
Ustalar orasida o‘ziga xos musobaqa ham bo‘lgan, ularning ishlarini ko‘rgazma 
qilib katta ustalar orasida baholagan. Masalan, O‘ratepaning ko‘k Gumbaz 
mahallasida Mavlono Eshon maqbarasini ikki o‘yma eshigini bajarish uchun usta 
Karim Xorrot va Abduqodir Xorrotlarga topshirildi. Ular bittadan eshikni o‘yib 
bezatdilar va ularni ikki tabaqali ikki eshiklar bir qancha katta ustalar orasida 
baholanadi. Usta Abduqodirning eshigi 70 oltin tanga, usta Karimning eshigi 100 
oltin tanga bilan baholanadi. Usto Karimning eshigini baholashning sababi eshikni 
yuqori yarim doira qismi naqsh kompozitsiyasi bilan bog‘langan. Abduqodir 
ustaning eshigi tepasi uchli bo‘lib bino ko‘rinishi kompozitsiyaga mos kelmagan, 
ba’zi ustalar ishiga berilgan bahosiga kelisha olmas edi, shuning uchun bu holatni 
aralashib kelishmovchilikni hal qilar edi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin