Tayanch tushunchalar:Kuzatish va ro’yxatga olish, Dala tadqiqotlari, Etnografik dala tadqiqotlari Etnografik tasvir, Ishtirokli kuzatish, Fokus grupp usuli, Sifatiy va miqdoriy kontent-tahlil
1. Ijtimoiy antropologiya fan sifatida shakllangandan buyon o’zining tadqiqot borasida o’ziga xos uslubga ega. Ma’lumotlar olishda tadqiqotchi bevosita ishtirok etishi tadqiqotning samarali olib borilishini ta’minlaydi. Ijtimoiy antropologiyada dala tadqiqotlari, kuzatish, intervyu, fokus grupp,hayotiy tahlil,xodisalarni ro’yhatga olish kabi bir qator uslublardan foydalaniladi. Bu usullar sosiologiya va etnografiyada keng qo’llanilib keliniladi. Biz quyida ijtimoiy antropologiyada bu uslublarda qay tarzda foydalanish mumkinligi to’g’risida so’z yuritamiz.
Dala tadqiqotlari olib borish Ijtimoiy antropologiyani boshqa ijtimoiy fanlardan ajratib ko’rsadigan jihati shundaki unda madaniyat va ijtimoiy hayotga oid etnografik dala tadqiqotlariga asosiy urg’u beriladi. Dala tadqiqotlari bir necha oylar xattoki bir yoki ikki yilni o’z ichiga olishi mumkini , bu o’rganilayotgan voqyeliknini tushunish va uni tekshirib ko’rish bilan bog’liq bo’ladi.Antropolog voqyelikni yanda chuqurroq tushunish uchun o’rganayotgan obyektiga qaytib o’zgarishlarni qayd qilib borishi zaruz bo’ladi. Garchi antropologiyaga dala tadqiqotlari borasida turlicha maktablar shakllangan bo’lsa ham ular uchun umumiy narsa o’rganilayotgan obyekt tadqiqotlari bevosita qatnashish va ularning o’zgarmas va g’aryib hususiyatlarini yozib borishdir.
Antropologlar dala tadqiqotlarida beixtiyor masxaraboz rolini ijro etishlari ham mumkin. Bu rolga kirishish tadqiqotni ajoyib tazda boshlash imkonini berishi mumkin. Biz hammamiz ozmi ko’pmi artrofimizdagi o’zimiz uchun notanish jihatlari tominidan masxarabozdek tuyulamiz, bu jamiyatdagi ijtimoiy hayotimizni bir qismi hisoblanadi.
Antropologlar tomonidan dala tadqiqotlarida bazida muammoli deb faraz qilingan usullardan biri bu ekspertning tadqiqotlarda mavjud bo’lishidir. Ko’pgina dala tadqiqotchilari o’zlarining yo’l boshlovchilari va ma’lumot oluvchi manbalariga katta hurmat va extirom ko’rsatishadi. Bu bilan ular mahalliy jamiyatdagi yashiringan g’ayri oddiy husisiyatlarni ko’ra olishlari mumkin.
Agar yuqoridagi ikki holatda kasbiy va insoniy jihatlarga zarar yetkazmasdan dala tadqiqotlari olib borsa antropologda hyech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Antropologlarning olib borgan tadqiqotlarini borasida yozuvlarning o’qiydigan bo’lsak ularda dala tadqiqotlari davomida bir qator qiyinchiliklar hususan oziq ovqat tugab qolishi , yordamchiga muhtojlik, kasal bo’lishi holatlari orqali ko’zagan maqsadlari barbod bo’lganliklarini ko’ramiz. Faqatgina ozgina tadqiqotchilargina o’zlarining izlanishlari davomida qulay sharoitga rohatlanib hos sayohat olib borganliklarini takidlaydilar.
Boshlanishida tadqiqotchining til va xulq-atvor borasidagi tajribasining kamligi ko’gina vaziyatlarda yordamga muhtoj qilib qo’yadi. Tadqiqotchining doimo noodatiy tabiy sharoitlarga, g’ayrioddiy taomlarga va turli hil gigiyenik sharoitlarga ko’nikishiga to’g’ri keladi. O’rganayotgan qishlog’ida hyech qachon yakka tarzda qolib ketishi kerak emas bu uning hayoti uchun havfli ham bo’lishi mumkin. Agar tadqiqotchi maxsus mashinaga ega bo’lsa katta qulaylikga ega bo’lib izlanishlari boshqa tomondan kash qilish imkoniga ega bo’ladi.
Shahar sharoitdagi dala tadqiqotlarida tadqiqotchi ancha qulayliklarga ega bo’lishi mumkin hususan tadqiqotni muntazam ravishda olib borish zarurati tug’ilmaydi, TV va transport qulayliklari mavjud bo’adi va fundamental metodlardan foydalanish mumkin bo’ladi.
Dala tadqiqotlarida kuzatishda obi-havo sharoitlaridan kelib chiqib norasmiy dala uslublaridan foydalanishi mumkin. Bu tadqiqotchidagi mavjud texnikaga bog’liq bo’ladi. Texnika rivojlanishi bilan tadqiqotlarni qayd qilib borish yanada osonlashdi. Dastlab olimlar izlanishlarini reprezentabillikni ta’minlash borasida muammolarga duch kelishgan bo’lsa hozirda deyarli bunday muammo yo’q. Qayd qilingan axboratlarni qayta ishlash va boshqa manbalar bilan solishtirgan holatda hulosa chiqarish imkoniyati tadqiqot natijalarini yanada sifatli ko’rinishga olib keladi.