I.BOB. PARAMETRLI BIRINCHI DARAJALI TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISH USULLARI
1.1.§. Parametr bilan tanishish.Parametr qatnashgan tenglama va tengsizlik.
Ax – B = 0 ko’rinishdagi tenglama, bu yerda A va B – faqat parametrlarga bog’liq ifoda, x – noma’lum, x ga nisbatan chiziqli tenglama deb ataladi.
U Ax = B ko’rinishga keltiriladi va A ≠ 0 da parametrning yo’l qo’yiladigan
qiymatlar sistemasida yagona x =
B yechimga ega.
A
A = 0 va B = 0 da x – ixtiyoriy son, A = 0 va B ≠ 0 da yechimlar yo’q.
Parametrli chiziqli tenglamalarni yechishning turli mumkin bo’lgan misollartni qarab, agar bunday masalalarni yechishning ma’lum algoritmi tuzilsa,
«murakkab» parametr «oddiy» ga aylanadi va u parametrli tenglamalarni yechishni o’rgatishning birinchi bosqichida katta yordam beradi degan xulosaga kelish muikin.
Parametrli chiziqli tenglamalarni yechish algoritmi:
Tenglamani shunda soddalashtirish kerakki u Ax= B ko’rinishga ega bo’lsin.
Tenglama koeffisiyentini nolga tengligini tekshiriщ (agar u parametrni o’z ichiga olsa) (A = 0, A ≠ 0).
Parametrning har bir tayinlangan qiymatida tenglama ildizlarini tekshirish (tenglama yagona yechimga, cheksiz ko’p yechimga ega, ildizlarga ega emas).
Parametrntng tayinlangan qiymatlarini hisobga olib javobni yozing.
misol. Tenglamani yeching ax = 1.
Yechish: Birinchi qarashda x =
1 javobni birdan berish lozimdek tuyuladi.
a
Lekin a = 0 da berilgan tenglama yechimga ega emas va to’g’ri javob quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Javob. Agar a = 0 bo’lsa, u holda yechimlar yo’q; agar a ≠ 0 bo’lsa, u holda
x = 1 .
a
misol (a2 – 1)x = a + 1 tenglamani yeching .
Yechish: Bu tenglamani yechishda quyidagi hollarni qarash yetarli: 1) a 2 - 1 = 0, ya’ni. a = 1 va a = -1.
Agar a = 1 bo’lsa, u holda tenglama 0x = 2 ko’rinishni oladi va yechimga ega emas;
Agar a = -1 bo’lsa, u holda 0x = 0 ni olamiz, va ravshanki x –ixtiyoriy son.
Agar a ≠ ±1 bo’lsa, x =
1
a 1
ga ega bo’lamiz.
Javob. Agar a = -1 bo’lsa, u holda x – ixtiyoriy son; agar a = 1 bo’lsa, u holda yechimlar yo’q; agar
a ≠ ±1 bo’lsa, u holda x =
1 .
a 1
misol. x +2 = ax tenglamani yeching.
x – ax = -2, (1-a) x = -2.
Agar 1 – a = 0 bo’lsa, ya’ni a = 1 bo’lsa, u holda tenglama 0x = -2 ko’rinishni oladi va yechimga ega emas;
Agar a ≠ 1 bo’lsa, u holda tenglama yagona x =
2
a 1
ildizga ega.
Javob. Agar a = 1 bo’lsa, u holda tenglama yechimga ega emas; agar a ≠ 1 bo’lsa,
u holda tenglama yagona yechimga x =
2
a 1
ega.
misol. (a2 – 1) x = 2a2 + a – 3. tenglamani yeching.
Yechish: Berilgan tenglama x ga nisbatan chiziqli tenglama.
Agar a 2 – 1 = 0 bo’lsa, ya’ni a = ±1 bo’lsa, u holda tenglama quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladi:
a = 1 da 0x = 0, u holda x – ixtiyoriy haqiqiy son;
a = -1 da 0x = -2, u holda tenglama yechimlarga ega emas;
a ≠ ±1 da x =
2 a 2 a 3 2( a 1,5)( a 1) 2 a 3 .
Dostları ilə paylaş: |