Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə1/32
tarix07.01.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#206516
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI.

Matematika fakulteti


404-guruh talabasi Xoldorov Shohruxning
Matematika fizika va funksional analiz fanidan
“Parametr qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o’qitish metodikasi” mavzusidagi
DIPLOM ISHI
Qabul qiluvchi: _____________________
Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................3
I.BOB. PARAMETRLI BIRINCHI DARAJALI TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISH USULLARI


1.1.§. Parametr bilan tanishish.Parametr qatnashgan tenglama va tengsizlik……………………………..........................................................5
1.2.§ Parametrli chiziqli tenglamalar va ularga keltiriladigan tenglamalar…………………………………………………………………13
1.3.§ Parametrli chiziqli tenglamalarni yechishning xususiy hollari……………………………………………………………………….24


II.BOB.PARAMETRLI IKKINCHI DARAJALI TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISH USULLARI


2.1.§ Parametrli kvadrat tenglama va ularga keltiriladigan tenglamalar……………………………………………………………………36
2.2.§.Parametrli tengsizliklarni yechish……………………………….44
2.3 .§Parametrli kvadrat tengsizliklarni o’rganishda o’quvchilarda o’quv izlanish faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish………………………………………………………………….55


XULOSA………………………………………………………………64


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..66
KIRISH.
Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarorining qabul qilinishi fikrimizning yaqqol isbotidir. Qarorda Matematika fani o‘quv-metodik dasturi mazmun va mohiyatini sohalarga moslashtirish, matematika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari (darsliklar)ni turli dasturlar va umumiy metodologik asosda hamda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida tushuntiruvchi real misollar, grafik materiallar asosida tayyorlash hamda matematik ta’limda fanlararo integratsiyani ta’minlash masalalari ham asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. O’quv qo’llanmada matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari va uning vositalarini matematika darslariga tatbiq qilish qonuniyatlari psixologik, pedagogik va didaktik nuqtayi nazardan bayon qilingan. Chunki, matematika o’qitish metodikasi kursi asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya, algebra, matematik tahlil, analitik geometriya va oddiy differensial tenglamalar fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. O’quvchilarga fanning ba’zi mavzular bo’yicha darslari elektron vositalar yordamida tashkil etilishi, o’quvchilarning fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborotlipedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, ushbu fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’ruza va seminar mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarining aqliy hujum, munozarali dars va boshqa usullaridan foydalanish ko’rsatib o’tilgan. Matematik ta’limni isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uzluksiz ta’limni amalga oshirish masalalarini ham bayon etilgan. Ma’lumki, matematika fani mavjud moddiy dunyodagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlari o’rganish jarayonida «ilmiy izlanish» metodlaridan foydalanadi. Ushbu kurs ishida ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba va taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirishlari matematika darslarida qo’llanishi ilmiy metodik jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. Matematika o’qitish jarayonida fikrlash shakllarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, ya’ni hissiy bilish (sezgi, idrok, tasavvur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha, hukm, xulosa) orasidagi mantiqiy bog’lanishlar ochib berilgan. Matematik tushuncha va uni o’quvchilar ongida shakllantirish metodikasi, matematik hukm va uning turlari aksioma, postulat va teoremalarni o’quvchilarga o’rgatish metodikalari yoritilgan. Matematik xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars jarayonidagi tatbiqlari ko’rsatilgan. Matematika fanini o’qitishdagi didaktik prinsiplarning turlarini o’rgatishga alohida ahamiyat berilgan. Ushbu qo’llanmada zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o’qitishning an’anaviy va noan’anaviy metodlaridan: ma’ruza, suhbat, mustaqil ish, evristik va muammoli ta’lim metodlarini dars jarayonida qo’llanilishiga katta ahamiyat berilgan. Ushbu kurs ishida yana son tushunchasini kiritish va uni kengaytirish, ular ustida to’rt amalni bajarish, maktabdagi ayniy shakl almashtirishlarini o’rgatish, maktab matematika kursidagi tenglama turlari, tenglamalar tizimi hamda parametrik usulda berilgan tenglamalarni yechish metodikalari ham ko’rsatilgan. Fan va texnikaning rivojlanib borishi matematikani uzluksiz ravishda bo’shliq shakllari va sanoqli (hisobli) munosabatlar haqidagi tasavvurlarni kengaytirib borishni taqozo etadi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin