O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“Ximoyaga ruhsat etildi”
Maktabgacha va boshlang’ich
ta’lim fakulteti dekani
__________
“____ “ _______2023 yil
Abdurasulova Marg’iyonaning
“Maktabgacha Tarbiya yoshidagi bolalarni didaktik o’yinlar orqali tarbiyalashning pedagogik asoslari.
’’ mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Ximoyaga tavsiya etildi” BMI rahbari:
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri
_____p.f.f.d.dots (PhD ____________
«___»_________2023
Samarqand-2023
MUNDARIJA
Kirish.....................................................2-6
I BOB. Didaktik o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish vositasi sifatida........................................7-16
1.1. Didaktik o'yinlarning umumiy tavsifi, O'yin texnologiyasi.......................17-28
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga didaktik o’yinlar orqali ta’lim berishning o’ziga xos usullari......................29-35
I BOB bo’yicha xulosa..........36
II BOB Didaktik o’yinlarning mohiyati va pedagogik ahamiyati .............36-38
2.1.Didaktik o’yinga rahbarlik..........................38-45
2.2. Didaktik o’yinlardan foydalanishning tajriba sinov ishlari..............45-64
II BOB bo’yicha xulosa ...................55-67
Tajriba-sinov ishlari
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Tadqiqodning asoslanishi va dolzarbligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi o’quvchilar bilimini kengaytirish va didaktik o’yinli darslarni samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, texnologiya ta’limi jarayonida o’quvchilarda texnologiyaga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish, turli materiallar bilan ishlash va sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo’llari va usullari to’g’risida izlanishlar olib borish.
Ta’limning milliylikka yo’naltirilganligi Bu – ta’limning milliy tarix, xalq ma’naviyati, an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o’ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarix va madaniyatini hurmatlashga yo’naltirilgan yangi tarbiya tizimini taqozo qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Agar, iqtisodiyotimiz baquvvat bo’lsa, yaxshi rivoj topsa, bundan madaniyatimiz ham madad oladi, rivoj topadi. Agar ertangi kunimizni o’ylab ish qilmoqchi bo’lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsak, avvalo, mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak”1, - deb ta'kidlaganlaridek, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lirn va tarbiya olishiga bog’liq.2
Didaktik o’yinli dars ta'limida malakali o’qituvchilar amaliy ish turlari bo'yicha maqsad va vazifalarni yoritib berishlari bilan birgalikda darsni tashkil etish metodikasini ham to’liq o’zlashtirgan bo’lishi mumkin.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim uchun o’quvchilarni nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish nazariyasi keyinchalik ongli egallash uchun zamin hozirlab borish kerak.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ta’limda texnologiya tarbiyasi uning ahamiyati to'g'risida qomusiy mutafakkirlarimiz Ibn Sino, Farobiy, Naqshbandiy, Kaykovus, A.Navoiy, Termiziy kabi allomalarimiz o’z asarlarida texnologiya tarbiyasini ulug'lab, yoshlarni texnologiya qilishga, texnologiyaning inson faoliyatida o’rni haqida fikr bildirishgan.
Respublikamizda texnologiya ta'limi uning taraqqiyoti yo’lida ko’pgina olimlar R.Mavlonova, G.Magdiev, Davlatov, H.Sanaqulov, L.Tolipovlarning darslik va metodik qo’llanmalari chop etilgan. Ushbu o’quv adabiyotlarida o’quvchilarda texnologiya darslarida amaliy ishlarga ijodiy yondashuv, ijodiy qobiliyatni shakllantirishning shakllari, usul va vositalari yoritilgan.
Ta’lim mazmunining zaruriy o’zagi hisoblanmish ta’lim standarti mamlakat hududidagi turli o’quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi, o’quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, o’quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Tarbiyachi ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda kengroq, chuqurlashtirilgan bilim olishga va yuqori reyting bali to’plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki o’quvchi xush ko’rmaydigan predmetni o’rganishda unda standartda belgilangan me’yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda o’quvchi o’zining qiziqishi, layoqati, qobiliyatini ro’yobga chiqarish, o’zi uchun eng ma’qul yo’lni ongli va mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi.
Didaktik o’yinli texnologiyalar ta’limining davlat ta’lim standartlari o’quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo’llaniladigan talablarning ochiq bo’lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar o’quvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi.
Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’risida’’gi qonun hamda Maktagacha ta’lim Konsepsiyasida ta’kidlanganidek, o’quvchilarni mustaqil, mantiqiy fikrlashga o’rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, “ Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o’z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo’lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash burchimizdir” Chunki, ’’…barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan va sog’lom qilib o’stirish, ularni baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi.3
Bu ta’limni darslarini pedagogik jihatdan bilimdon bo’lgan o’qituvchilargina ulkan pedagogik samara beradigan darajada olib borishi mumkin. Bunday pedagog o’qituvchi shaxsning manfaatlarini kasb tayyorgarligi manfaatlaridan yuqori qo’yadi. Uning kasbkorlik va shaxsiy fazilatlari, o’quvchi shaxsini rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ta’limda malakali o’qituvchilar amaliy ish turlari bo’yicha maqsad va vazifalarni yoritib berishlari bilan birgalikda darsni tashkil etish metodikasini ham to’liq o’zlashtirgan bo’lishi lozim.
Tadqiqotning predmeti:
Tayyorlov guruhi texnologiya ta’limida qog’oz bilan ishlash darslarini tashkil etish ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo'l texnologiyalari asosida tashkil etiladi. Texnologiya ta’limi darslarida o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, texnologiya, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik va aqliy imkoniyatlarini aniq texnologiya jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni texnologiyaga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.
- yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tizimda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar bilan texnologiya ta'limining ilmiy-uslubiy, pedagogik va moddiy-texnik jihatdan istiqbol talablari darajasida ma’muriy ta’minlanishining nomutanosibligi, hamda Respublikada ta’lim jarayonining moddiy-texnik ta’minotini ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalarning yetishmasligi;
texnologiya ta’limini amalga oshirishning asosiy qismi bo’lgan umumta’lim bo'g'ini bilan uzluksiz ta’limning boshqa bo’g'inlari-maktabgacha tarbiya, o’rta, maxsus va oliy ta'lim hamda keyingi bosqichlari o’rtasida uzviylikning ta’minlanmaganligi; texnologiya ta'limining hozirgi kundagi an’anaviy mazmuni, maqsadi, shakli, vositalari va uslublarida respublikamizning milliy, etnik, hududiy, tarixiy xususiyatlari va sharqona tafakkur mezonlarining aks etmaganligi;
texnologiya ta’limining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olib, uni amalga oshirish mexanizmlarining pedagogik, psixologik, fiziologik va didaktik asoslarining ishlab chiqilmaganligida ko’rishimiz mumkin.
Quyi sinflarda o’quvchilarning amaliy faoliyatlariga asosiy e’tibor beriladi bunga o’quv vaqtining 80-85% ajratiladi. Shunga qaramay dastur o’quvchilar ishlov beriladigan materialning xossalari va ularni tayyorlanish usullari, ishlatiladigan asboblar, ulardan foydalanish qoidalari, o’z texnologiya faoliyatlarini rejalashtirish, texnologiya madaniyati va albatta xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida tegishli ma’lumotlar olishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |