Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Maktabgacha yoshdagi bolalarga didaktik o’yinlar orqali ta’lim berishning o’ziga xos usullari



Yüklə 116,52 Kb.
səhifə4/11
tarix28.11.2023
ölçüsü116,52 Kb.
#168617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5359496531114207494

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga didaktik o’yinlar orqali ta’lim berishning o’ziga xos usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim –tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta‟lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Respublikamizda uzluksiz ta‟lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish mamalakatimiz ilmiy texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlar yoʻnalishlarining bir qsmi sifatida qaralishi mumkin. Zero, ta’kidlab oʻtganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining samarali ishlashi ma’lum darajasida maktabgacha ta’lim sifata bogʻliq bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib boʻladi. uncha toʻgʻri mazmun va yoʻnalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.


Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota –onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota –onalarga maktabgacha ta‟lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar asosiy shart hisoblanish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun koʻrik vazifasini oʻtashini, oila yoki maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim –tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz oʻtkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi. Texnologiya yunoncha ikkita “texnologiya” so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, mohirlik, ustalik to’g’risidagi talimot degan manoni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa shu paytgacha talim-tarbiya berishda foydalanib kelgan ananaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig’indisidan mohirlik bilan foydalanishadi. Maktabgacha ta’lim tizimida predmetli yo’nalish mavjud edi. Predmetli ta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida o’zining mazmuniga ko’ra tobora murakkablashib, maktab ta’limiga yaqinlashib boradi. Natijada bolaning o’yin faoliyatiga asoslangan rivojlanish jarayoni uning ruhiy rivojlanishi bilan nomuvofiq murakkab ta’lib jarayoni bilan almashtirildi. Bu holat tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o’zlashtirishlariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazdi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo’nalish uyg‟unlashtirilib turli xil o’yinlardan foydalanish orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo’nalishdan ikkinchi yo’nalishga o’tishda qiziqarli “Aldarko’sa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog’iz”, “dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog’lanib, didaktik o’yinlaridan foydalaniladi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o‟rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari o‟rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy qo‟llanilmoqda. Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiyada yashab ijod etgan, Gollandiyada vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni: ularning qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim darajalarini o’rgandi. Shularga asoslanib didaktik o’yinlar va didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O’rgatish uslubi bolalarning istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog’lanmas ekan, bu uslubning samarasi to’g’risida o’ylamasa ham bo’ladi. Biz o’rganib qolgan eski uslubga nazar tashlaydigan bo’lsak, bolalarning istak hohishini hisobga olmasdan hammasini yig’ib, majburlab gapimizni eshitishi, xuddi shunday qilib hikoya qilib berish, namunadagiday rasm chizish talab qilinar edi. Bunday holat bolani chegaralab uning erkin harakat qilish, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik sifatlarini bo’g’adi. Natijada faqat bola ko’r-ko’rona o’zgalarga taqlid qilishdan nariga o’tmaydi. Bolalik inson umrining bir bo’lagidir. Inson butun umr bo‟yi oladigan bilimning eng ko’p qismini ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshida egallaydi. Yoshligidan istak, hohishi bo’yicha harakat qilishi, o’ylashi mustaqil fikrlashi uchun oilada ham, bolalar bog’chasida ham kattalar tomonidan sharoit yaratilishi zarur. Bola “kim bilan”, “qachon”, “nima bilan” shug’ullanilishini o’zi hal qilsin. Masalan: hal qilishning barcha bosqichlarini o‟zi yecha olsagina mantiqiy fikrlashi rivojlanib boraveradi. Savolga to’g’ri va tez javob berishi uchun kattalar shoshilmasligi kerak. Kech bo’lsa ham bola o’z xatosini o’zi to’g’rilasin, o’z fikrining to’g’riligini o’zi dadil turib isbotlay olsin. M.Montessori pedagogikasining ahamiyati xuddi shunday sifatlarni tarbiyalashga, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilganligidadir. U yaratgan o’yinlar sezgi organlari: ko’rish, eshitish, teri-tuyush. Hid bilish, ta’m bilish orqali narsa va hodisalarni bilib olishga mo’ljallangan “kvadrat tuz”, “bo’sh katakni to’ldir”, “nuqtalar o’yini”, “Loto”, “Rangiga qarab o’rnini top”, “O’z o’rnini top”, “Qaysi biri ortiqcha” o’yinlari shular jumlasidandir. Atoqli italiyalik pedagok, psixiatr vrach M.Montessori 1870-1952 yillarda yashab ijod etgan. U asos solgan bolalar uylariga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jalb qilinib, u yerda tarbiyaning o‟ziga xos tizimi amalga oshirildi. U tuyg’u organlarini tarbiyalashni birinchi o‟ringa qo‟yadi,buning uchun tegishli didaktik material ishlab chiqadi. Mashqlar sistemasi bolalarda muayyan ko‟nikma va malakalarni: predmetlarni shakliga,vazni va rangiga qarab farqlash,xilmaxil ovoz va hidlarni bilish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Montessoru foydalanadigan didaktik materiallar o’z-o’zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo‟lib, bolalarga, pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug’ullanish imkonini beradi. Lekin bunda sezgi organlarining rivojlanishi nutqning o’sishi bilan bog’lanmas edi. Kattalar tomonidan majburlash, “uni o’yna”, “buni o’yna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish M. Montessori pedagogikasiga zid uslublardir. Uning ta‟limi “O’zim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritishga asoslangandir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini o’zi hal qilsin. O’zi ko’rib, eshitib, harakat qilib, paypaslab mushohada, ya‟ni mantiqiy fikrlay olsin.

Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy o’yinlardan foydalanish lozimligi to’g’risida tushuncha beradi. Bolalarda erkin , xur fikrlilikni tarbiyalash istagi xalqimizda qadimdan mavjudligini ta’kidlash uchun Xoja Nasriddin xaqidagi rivoyatlardan birida mazkur mavzuga dahldor bo’lgan kichik bir korinish saqlanib qolganligini quyidagicha hikoya qilinadi: Xoja Nasriddinning qo’shnisi uning o’z farzandini kaltaklayotgani ustidan chiqib qoladi. Qo’shni xayron boladi. Chunki bola tartibli, doimo ota-onasining aytganini qiladi .Qo’shnisi Xoja Nasriddindan kaltaklash sababini so’raganida, u quyidagicha javob qiladi: “To’g’ri , bolam buyurgan ishlarimni bekami-ko’st bajaradi. Biroq uning aybi shundaki, men buyurmagan ishlarni bajarishni bilmaydi” – deya aytib o’tgan.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiya asoslari bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilishni o'rgandilar, ularning faoliyati turlari sezilarli darajada kengayib bormoqda va atroflaridagi dunyo bilimlari doimiy ravishda to'ldirilmoqda.5 Maktabgacha yoshdagi bola atorofidagi narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Bu o‟rinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi sig’adigan narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi xam yetmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Buni natijasida bolalarda xaddan tashkari tez ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasida keskin qarama-qarshilik yuzaga keladi. Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. Chunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo’lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o’tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.


Ma’lumki, maktabgacha ta’lim davrida tarbiyalanuvchilarning asosiy faoliyat turi o’yin hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shakllana boshlaydi. Pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri tashkil etilgan o’yin axloqiy, irodaviy xususiyatlarni shakllantirish bilan birga, unda bilim olishga, tevarak-atrofni bilishga qiziqish uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim tizimida o’yinlarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin. 1. Didaktik –bolalar dunyoqarashini kengaytirish, bilish faoliyatini tashkil etish, bilimlarini amaliyotda qo’llashga o’rgatish, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.


2. Tarbiyaviy –mustaq illik va irodani tarbiyalash, axlaqiy-estetik sifatlarni shakllantirish hamkorlikda ishlashga o’rgatish. 3. Rivojlantiruvchi-diqqat, xotira, nutq, tafakkurni rivojlantirish, taqqoslashga, tahlil qilishga o’rgatish. O’quv faoliyatiga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish. O’yinlarni o‟tkazishga qo’yiladigan talablar:
-o’yinlarni tanlashda bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olish; -maqsadni aniq belgilash;
-o’yinlarni bosqichma-bosqich amalga oshorish yo’llarini ishlab chiqish;
-o’yin jarayoniga barcha bolalarni jalb etish;
-o’yindagi individuallashtirish va guruhlash tamoyillarini hisobga olish;(didaktik o’yinlar, so’z o’yinlari, qoidalari-harakatli, ijodiy-ixtiyoriy, mazmunli-rangli o’yinlarda) -bolalar fikrlashi uchun sharoitlar yaratish; -bola erishgan yutuqlarni e’tiborga olish, ularni rag’batlantirish; Bolalarni rivojlantirishda ijodiy va rolli o’yinlar alohida ahamiyatga ega. Bu turdagi o’yinlarning quyidagi xususiyatlari mavjud. O’yin jarayonida bola atrofdagi insonlar hayotini, hamda aks ettirishi mumkin. Bu uning ijtimoiylashuvi jarayoniga samarali ta’sir ko’rsatadi. Olgan bilimlarini, o’rgangan narsalarini amalda qo’llash, mashq qilish imkoniga ega bo’ladi. Buning natijasida bolaning ongi, bilish qobilyati, tafakkuri rivojlanadi. Jamoa bo’lib tashkil etilgan o’yinda uning barcha a’zolari o’rtasida o’zaro munosabatlar o’rnatiladi. Bu hurmat qilishga hamda o‟zining mustaqil fikriga ega bo’lishga o’rgatadi. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish bilan birga, o’yin qoidalari ham takomillashib boradi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishlari, intilishlariga qarab, o’yinga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar faoliyatini boshqaradi, ya’ni ularni o’yin mazmuni bilan tanishtirib, faol va mustaqil harakatlar bajarishga undaydi, qoidalarining to’g’ri bajarilishini nazorat qiladi. Bunday qoidalar (qachon va qayerda, qanday haraklarni bajarish, birgalikda ishlash, qiziqarli bo’lgan rollarni navbat bilan bajarish va hokazo) ishtirokchilarning munosabatlariga ta’sir korsatadi. Masalan, ayrim o’yinlarda bolalar berilgan topshiriqni birgalikda bajarishlari kerak bo’ladi. Bunday o’yinlar bolalarni birlashtiradi, ular o’rtasida samimiy munosabatlarni o’rnatishga yordam beradi. Bolalar topshiriqni navbat bilan bajarsalar, o’z o’rtoqlariniki bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Agar bola o’yinni yoqtirib qolgan bo’lsa, uni takrorlashni xohlaydi, harakatlarni mustaqil bajaradi. O’yinning asosiy maqsadi ham shunda. Shu jarayon davomida rivojlantiruvchi omillar ham ro’yobga chiqadi. Bolalar faoliyatini kuzatar ekanmiz, uning bilish jarayonini ikkita bir-biri bilan bog’liq bo’lgan komponentga ajratish mumkin. Birinchi komponent –atrof muhit haqidagi ma’lumotlar va ularni qabul qilish hamda qayta ishlash uchun zarur bo’lgan tafakkur jarayonlari, ya’ni:
- bolani tevarak-atrofdagi muhitda qiziqtiradigan narsalar va jarayonlar;
-ma’lumot olish vositasi
-malumotni qayta ishlash O’yin, mashg’ulot,sayr, kechki soat kabi pedagogik jarayonlarda tarbiyachi bolaning vositasi sifatida muayyan funksiyalarni bajaradi. Bunda tarbiyachining asosiy maqsadi bolaga bilim (ma’lumot) berish emas, balki shu ma‟lumot orqali uning bilish jarayonlarini rivojlantirishdan iboratdir. Ikkinchi component-insonni ma’lumotga bo’lgan munosabati. Har qanday ma’lumot insonning u yoki bu narsa, hodisa va jarayonga bo‟lgan munosabatini belgilaydi. Lekin bu munosabat kattalar va bolalarda bir xil emas. Kattalar ma’lumotni qabul qilgandan keyingina unga bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosatni bildirishlari. Bolada esa eng avvalo, biz yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumotga ijobiy munosabatni shakllantirishimiz lozim. Bolalarning o‟yinga bo‟lgan qiziqish va ehtiyojlaridan ta’lim masalalarini hal etishda foydalanish mumkin. O’yinni tashkil etish va boshqarish jarayonida tarbiyachi bola har tomonlama ijobiy ta’sir ko‟rsatadi. Tarbiyalanuvchilarning idrok, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda matematik o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Matematik o’yinlarning maqsadlari asosan quyidagilarga qaratilgan bo’ladi.:
1. Son va sanoq bilan tanishtirish.
2. Vaqt haqidagi va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish
3. Geometrik shakllar bilan tanishtirish
4. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish Son va sanoq bilan tanishtirishda “Qanday raqam yo’qolib qoldi?”, “Xatoni top”, “Raqamning qo’shnilarni toping”, “Sanaganda adashma” va hokazo. Bunday o’yinlar yordamida bola birdan o’ngacha va o‟ndan birgacha bo’lgan raqamlar ketma-ketligini esda saqlab qoladi. Elementar hisoblarni bajarishga o‟’rganadi, tafakkuri rivojlanadi. Hafta kunlarini yaxshi eslab qolishlari uchun har bir kun ma‟lum bir rangdagi doiracha bilan belgilanadi. Masalan, dushanba-sariq, seshanba-oq va hokazo. Buning uchun har kuni doskaga ma’lum bir rangdagi doiracha yopishtirib boriladi. Uch-to’rt haftadan keyin bolalar kunlar ketma-ketligi o’zgarmas ekanligi haqida o’zlari xulasa chiqaradilar. Fazoviy tasavvurlar o’yinlar orqali tushuntirilsa (chapda, o’ngda, tepada, pastda, oldidaorqada, uzoq, yaqin) bolalar tez qabul qiladilar va o‟zlashtiradilar. Bunga “O’yinchoqni top” kabi o’yinlar yordam beradi. Tarbiyachi biron bir o‟yinchoqni yashirib, uni toppish uchun nima qilish kerakligini tushuntiradi. O’yinchoqni toppish uchun stol oldidan uch qadam chapga (o’ngga) yurish kerak va hokazo. Geometrik shakllar haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi o‟yinni o‟tkazish mumkin. Tarbiyachi har bir bolaga 3-4 rasm berib, ma’lum bir geometrik shaklni ko‟rsatadi. Bolalar shu shaklga mos rasmni topishlari kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning mantiqiy tafakkuri rivojlantirib boriladi. Buning uchun mantiqiy topshiriqlar va o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, rasmlarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtirish, ranglar qatorini davom ettirish (mantiqiy zanjircha), tushib qolgan belgini toppish va hokazolar. Xullas, bunday o’yinlar orqali bolalar o’quv materialini tez tushunadilar va o’zlashtiradilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’yin texnologiyalaridan keng foydalanish kichkintoylarni har tomonlama rivojlanishlarida katta ahamiyatga ega. O’yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O’yin texnologiyasi ta’limdagi an’anaviy o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‟zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafoloti bilan farq qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’yini xilma-xildir. Ularni o’yin turlariniasosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin.
1) syujetli va rollarga bo’lib o’ynaladigan o’yinlar;
2) Didaktik o’yinlar;
3) Xarakatli yoki qoidali o’yinlar;
4) Aralashtirilgan o’yinlar;
5) Qurish va yasash o’yinlari.
Syujetli va rollarga bo’lib uynaladigan bog’cha yoshi bolalarni eng asosiy o’yin formasidir.
O’yinli tеxnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mеqnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri qisoblanadi.Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mеxanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, qayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamеntal eqtiyojlariga tayanadi.
O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida bеlgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzеning ta'rificha, o’yin shaxsga xos bo’lgan ichki immanеnt psixik (ruqiy) xulqi shaklidir. L.S. Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N.Lеontеv o’yinga shaxsning qayolotdagi amalga oshirib bo’lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni qayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o’yinga kirishib kеtish qobiliyati kishi yoshiga boqliq emas, lеkin qar bir yoshdagi shaxs uchun o’yin o’ziga xos bo’ladi.O’yinli faoliyat muayyan funktsiyalarni bajarishga baqishlangan bo’ladi. -Ular quyidagilar:
-maftunkorlik;
-kommunikativlik;
-o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;
-davolovchilik;
-tashxis;
-millatlararo muloqot;
-ijtimoiylashuv.
Tadqiqotchilar o’yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O’yinlarning muqim qirralari S.A.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli baqra olish uchun emas, balki xoqishlariga ko’ra, faoliyat jarayonining o’zidan baqra olish uchun qo’llanadi.
O’yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xaraktеrga – «ijod maydoni»ga ega bo’ladi.O’yin uchun qissiy ko’tarinkilik xosdir. U o’zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo’ladi.
O’yinning o’yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko’zda tutgan bеvosita tеgishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo’lishini ko’rsatadilar. Tadqiqotchilar nazariy aspеktda o’yinga faoliyat, jarayon va o’qitish mеtodi sifatida qaraydilar.

Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.


Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.6
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi.
O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta'lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mеqnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kеngaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estеtik va dunyoqarashni shakllantirishdagi qamkorlikni, kollеktivizmni, jamoaga kirishib kеta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, choqishtirish, o’xshashini topish, faraz, qayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, rеflеksiya, optimal еchimni topa olish, o’quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.
Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning mе'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muqit sharoitlariga ko’nikish, eqtiroslarni nazorat qilish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rgatish, psixotеrapiyani nazarda tutadi.
Pеdagogikaga oid adabiyotlarda pеdagogik o’yin dеgan tushuncha mavjud.Pеdagogik jarayonni tashkil etishning bir qator mеtodlari va usullari qamda turli shakldagi pеdagogik o’yinlar «o’yinli pеdagogik tеxnologiyalar»ni tashkil etadi.

Yüklə 116,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin