399
ulardagi hodimlarning o`rtacha soni 10 nafardan oshmagan
korxonalar kiradi.
15.
Chakana savdoda kichik korxonalar - O`zbekiston Respublikasi
Qonunlariga ko`ra turkumiga odatda hisobot davrida ulardagi
xodimlarning o`rtacha soni 10 nafardan oshmagan korxonalar kiradi.
16.
Tadbirkorni mulkiy javobgarlikka tortish asosi - agar tadbirkor
qonunda man qilingan faoliyat bilan shuullansa.
17.
Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish – tadbirkorlik faoliyati subyekti
tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganda ular faoliyati sud orqali
to`xtatiladi.
18.
Jismoniy shaxs – bu mamlakatning huquqli bo`lish qobiliyatiga ega
bo`lgan fuqarosidir.
19.
Yuridik shaxs – bu o`z mulki, balansi, muhri, nomi, ta`sischilari,
ustaviga ega bo`lgan korxona.
20.
Tadbirkor maqomi – tadbirkolik maqomini olish uchun asos
korxonaning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi
haqidagi qaror
hisoblanadi.
21.
Tadbirkorlik litsenziyasi - tadbirkorlik faoliyatiga litsenziya berishi
mumkin bo‘lgan organlar - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya Vazirligi
va Markaziy bank.
22.
Tadbirkorlik faoliyatida maxsus litsenziya – tadbirkorlik
faoliyatining qimmatbaho metallari va noyob er osti metallari bilan
bogliq faoliyatga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
litsenziya beradi.
23.
Korxona – bu yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil xo`jalik
yurituvchi sub`ekt, mehnat jamoasi.
24.
Korxona turi - mulk shakllariga qarab korxonalar xususiy korxona,
jamoa
korxonalar, davlat korxonalari, aralash korxonalar kabi
turlarga bo`linadi.
25.
Korxona shakllari - ish ko`lamiga qarab korxonalar yirik
korxonalar, o`rta korxonalar, kichik korxonalar shakllariga bo`linadi.
400
26.
Faoliyat sohasi va ixtisoslashuviga qarab korxonalar - qishloq
xo`jaligi korxonalari, sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, xizmat
ko`rsatish korxonalari kabi turlarga bo`linadi.
27.
Konsern – bu korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab
chiqaradigan mahsulotlari turlarining kengayishi, yangilanib turishi
asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporatsiya.
28.
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni
maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasi
29.
Sindikat – bu monopolistik birlashmaning bir shakli bo`lib, bir
tarmoq korxonalarning birlashmasi.
30.
Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan
mustaqil
xo`jalik yurituvchi sub`ekt, kooperatsiyaning birlamchi bo`ini.
31.
Shirkat, firma - bir necha sohalarning mulkini birlashtirishga
asoslangan korxona tushuniladi.
32.
Tadbirkorlik shakllari - yakka tartibdagi tadbirkorlik, xususiy
tadbirkorlik,
jamoa tadbirkorligi, aralash tadbirkorlik.
33.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik - bu shunday faoliyatki uning egasi
butun daromad va tavakkalchilikni to`la o`z zimmasiga oluvchi bir
shaxsdir.
34.
Xususiy tadbirkorlik – xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda
faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda
faoliyat ko`rsatuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi
yordamida olib boradi.
35.
Kichik firmalar - kooperatsiyalashgan va ixtisoslashgan qismlar va
detallar ishlab chiqarish asosida faoliyat ko`rsatadi.
36.
Aksiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining
birlashuvi bo`lib u aksiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi.
37.
Mas`uliyati cheklangan shirkatning mas`uliyati cheklanmagan
Dostları ilə paylaş: