3
KIRISH
Darhaqiqat,
Prezidentimiz Sh. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek,
barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak: tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – fuqarolar, xalqimiz farovonligini
oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning
pirovard maqsadidir”
1
.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish va uning
huquqiy asoslarini yanada mustaxkamlash maqsadida Prezidentimizning
bevosita
tashabbusi bilan O‘zbekiston respublikasida
Tadbirkorlik
kodeksini qabul qilish, “
Kichik va o‘rta biznes to‘grisida”gi
qonun
loyihasi tayyorlash, lisenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini qayta
ko‘rib chiqishni, tadbirkorlarga ruxsatnomalar berish sonini 2-3 baravarga
kamaytirishni, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti a’zolariga
„
jinoiy uyushma“ degan ayblov qo‘yib, ularga ogir jazo tayinlash kabi
allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilishni,
buning
oqibatida respublikamizda o‘z faoliyatini yuritayotgan yuzlab
tadbirkorlar
qanchadan-qancha
aziyat
chekib,
moddiy
zarar
ko‘rayotganliklari va boshqa shunga o‘xshash muammolarni tezda
bartaraf etish yo‘llarini ta’kidladilar.
Mazkur muammolarni qisqa
muddatlarda bartaraf etish maqsadida Prezidentimiz respublika Oliy sudi,
Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman,
Savdo-sanoat palatasi hamda
Adliya vazirligiga 2020 yil 1 aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha
tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozimligi kabi asosiy
ustuvor vazifalarni belgilab berdilar
2
.
Mamlakatimiz Prezidenti Respublikada tadbirkorlik va kichik
biznesni rivojlantirish bo‘yicha yanada qulay sharoitlar yaratish haqidagi
o‘z fikrlarini davom ettirib, “
Bir narsani alohida ta’kidlash kerak, ya’ni
pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar
davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz
tadbirkorlarga elkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz
1
https://yuz.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-
mamlakatiga-aylanmoqda
2
https://www.gazeta.uz/uz/2020/01/24/president-speech/
4
shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy
mulk daxlsizligini ta’minlash – barcha darajadagi davlat organlarining
asosiy vazifasi bo‘lishi lozim” dedi
.
Yuqorida ta’kidlangan vazifalarning ijrosini ta’minlash natijasida
respublikamizda bugungi kungacha qo‘yidagilar amalga oshirildi.
Birinchidan, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun
ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni
olish imkoniyati yaratildi.
Ikkinchidan, tadbirkorlarga
yanada qulaylik
yaratish maqsadida 105 ta listenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilindi,
115 tasi bo‘yicha tartib-qoidalar soddalashtirildi.
Uchinchidan,
Pandemiya sharoitida aylanma mablag tanqisligiga duch kelgan
tadbirkorlarimiz “
oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni
davom ettirish natijasida, turizm, transport
va umumiy ovqatlanish
sohalariga berilgan imtiyozlar uzaytirildi.
To‘rtinchidan, 20 mingga yaqin
tadbirkorning 400 milliard so‘mlik yer va mol-mulk soligini to‘lash
muddatini yana bir yilga uzaytirildi. Bundan tashqari, 1 milliard
so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga etkazildi.
Dostları ilə paylaş: