Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


I BOB. TADBIRKORLIK(BIZNES) HUQUQI FANI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

I BOB. TADBIRKORLIK(BIZNES) HUQUQI FANI 
TUSHUNCHASI 
  
1. Tadbirkorlik(biznes) huquqi tushunchasi, predmeti va 
tamoyillari. 
2. Tadbirkorlik huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi. 
3. Tadbirkorlik(biznes) huquqining manbalari va uning turlari. 
4. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va 
tarkibiy qismlari. 
Tadbirkorlik(biznes)huquqi (inglizcha - enterprise, enterprising, 
Ruscha -predprinimatelstvo) – foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik 
shaxslarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir.
Sohibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlab 
va tadbirkorlarni uluglab, ularning nafaqat o‘zi balki jamiyat uchun ham 
katta nafi tegishini, inson doimo faol bo‘lishini ta’kidlab, o‘z tuzuklarida 
“Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va 
hushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan 
yaxshidir”, deb ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o‘zaro bogliq tushunchalar 
bo‘lib, bir birini to‘ldiradi. “Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u 
tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda 
olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik sohasida biznes 
foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, ushbu faoliyat bilan 
shuullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini 
mustahkamlashga, yalpi ichki mahsulotning ko‘payishiga, aholi 
faravonligining oshishiga xizmat qiladi. Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi 
birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u 
“mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.
Biznes (inglizcha – business; ruscha – delo, anterprenerstvo – ish, 
mashulot) – tavakkalchilik va o‘zining javobgarligi ostida xususiy yoki 
qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi 
foyda olish va o‘z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor 
iqtisodiy faoliyatdir.


11 
Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tudirib 
berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash va rabatlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi 
eng muhim yo‘nalishidir.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. Karimov qayd etganidek 
“...Soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza 
shakllantirilgani va muntazam takomillashtirilib borilayotgani, biznes 
uchun imtiyoz va preferentsiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va 
texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida 
davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganligini 
ta’kidlash lozim”.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq 
jarayonlar Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer 
kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”, 
Mulkchilik to‘grisidagi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy huquqiy bazasi to‘grisida”, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi 
(shirkat xo‘jaligi) to‘grisida”, “Fermer xo‘jaligi to‘grisida”, “Dehqon 
xo‘jaligi to‘grisida”gi va boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlri asosida 
tartibga solinadi. Ushbu huquqiy munosabatlarni tadbirkorlik huquqi 
modul fani o‘rganadi, u bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida 
muhim huquqiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida shakllanganiga xam 
o‘ttiz yil to‘ldi. O‘tgan davr moboynida Respublikamizda tadbirkorlik 
faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilib borilmoqda. Shu bilan 
birga, tadbirkorlik faoliyatining ilmiy-nazariy tushunchalari va huquqiy 
asoslari tobora rivojlanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan jamiyatni 
rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri, davlatning iqtisodiy 
salohiyatini tadbirkorlik asosida mustahkamlab, unda mulkdorlar sinfini 
tobora kengaytirishga qaratildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, tadbirkorlik 
tushunchasi uzoq tarixiy axamiyatga ega bo‘lib, uni Amir Temurning 
quyidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “ishbilarmon mardlik va shijoat 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin