sohibi bo‘lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab
12
tadbirsiz loqayd kishilardan afzaldir”
9
. Shuningdek, tadbirkor-
biznesmenlik faoliyati asosan XVII asrda paydo bo‘lib, ko‘pincha
“mulkdor” degan tushuncha bilan tenglashtirilgan. Xususan, A. Smit
biznesmenni foyda olish uchun biror bir tijorat goyasini amalga oshirish
maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, deb ta’riflaydi
10
.
Tadbirkorlik huquqiga oid tushunchalar va goyalar xorijiy
iqtisodchi olimlar tomonidan ham tadqiq etilgan. Xususan, Angliyalik
iqtisodchi olim F. Xayk tadbirkorlik asosida biror bir iqtisodiy imkoniyat
natijasida o‘z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish
tushuntiradi
11
. Tezpur universiteti Professori S.Xanka bu sohaga tarixan
nazar solib, Hindiston davlatining hozirgi kunda ogir va engil sanoatida
yirik tadbirkorlik faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo‘lib kelayotgan
korxonalardan Tata, Birla, Modi, Dalmia va boshqalarni keltirib o‘tib,
ushbu subyektlar dastlabki faoliyatini eng kichik biznesdan boshlab yirik
tadbirkorlarga aylantirilganligini ta’kidlaydi
12
.
Yuridik lugatlarda tadbirkorlik faoliyati tushunchasi mustaqil o‘z
mulki asosida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib,
o‘z mulkidan mahsulot sotishdan, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan,
uzluksiz doimiy ravishda daromad oluvchi hamda davlat ro‘yxatidan
qonuniy tartibda o‘tgan faoliyat tan olinishi belgilangan
13
. Tadbirkorlik
faoliyatining huquqiy asoslari Konstitustiyamizning 36, 53, 54 va 55-
moddalarida mustaxkamlab qo‘yildi.
Tadbirkorlik faoliyatiga ilk bor qonuniy tushuncha “Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida’gi O‘zR qonunning 3-
moddasida berildi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) -
tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat
14
.
9
Темур тузуклари. Тошкент, Нашриёт-матбаа бирлашмаси. – 1991. -57 б.
10
Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68.
11
Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. – М.: Колос.
12
Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005.
-
15 р
13
Большой юридический словар. 3-ое изд. Под ред. Проф.А.Я.Сухарева – М. Инфра, 2006 – С.579-
580.
14
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000, 5-6 сон. 140-модда.
13
Fuqaro (jismoniy shaxs) ning tadbirkorlik faoliyati bilan
shugullanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 24-
moddasida mustaxkamlangan bo‘lib, unda, fuqaro yakka tadbirkor
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik
faoliyati bilan shugullanishga haqlidiri.
Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasiga oid
dastlabki ilmiy tadqiqotlar, Respublikamizda tadbirkorlik huquqi faninng
asoschilaridan biri hisoblangan olim B. Ibratov tomonidan olib borildi. U
tadbirkorning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil
qilish, undan foydalanish, novatorlik goyalarini amalga oshirishdan iborat
ekanligini asoslab, tadbirkorning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga
olib keluvchi an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki, uni inson faoliyatining
shu sohadagi funkstiyasi bo‘lib, uning jamiyatdagi tutgan o‘rni va ijtimoiy
ahamiyatiga e’tiborni qaratish lozimligini tushuntirdi. Shuningdek,
tadbirkor bozor iqtisodiyotining alohida bo‘ginlarida takror ishlab
chiqarish borasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy,
huquqiy va boshqa xo‘jalik munosabatlarining majmuidir
15
, degan ta’rifni
ilgari surdi.
Demak, tadbirkorlik faoliyati deganda, har qanday mulkdor
tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki asosida yoki o‘zga
shaxsning mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tavakkalchilik
asosida tadbirkorlikni amalga oshirishga, undan cheklanmagan miqdorda
daromad (foyda) olishga, yangilik yaratuvchi, o‘z mulkiy javobgarligi
hamda mustaqil ish yurita oladigan tashabbuskor jismoniy yoki yuridik
shaxs tushuniladi.
Tadbirkorlik faoliyati bevosita xususiy mulkka asoslanib,
taraflarning huquqiy jihatdan tengligiga amal qiladigan mustaqil faoliyat
hisoblanadi. Xususiy mulk fuqarolik huquqining asosiy ob’ektlaridan biri
bo‘lib, ushbu mulk fuqarolik oborotida erkin muomalada bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar, fuqarolik huquqiy
munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida, ular o‘z mulkidan
15
Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б.
14
qonunda belgilangan tartibda cheklanmagan miqdorda foyda yoki
daromad olishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi har bir shaxsda iqtisodiy,
fuqarolik huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishi, aqli raso, o‘z
mulki asosida majburiyatlar yuzasidan butun mol-mulki bilan javob
berishligi talab qilinadi. Shu bilan birga ushbu faoliyatni boshlovchida
ishbilarmonlik, boshqaruvchilik, qatiy fikrlilik, bozor qoidalarini
tushunadigan, o‘z faoliyati asosida davomli foyda oladigan, ish
muomalasi odobi talablariga amal qiladigan shaxsni tushunish lozim.
Respublikamizning ayrim olimlari tadbirkorlik faoliyatining
umumiy tushunchalarini qo‘yidagicha izoxlaydilar. Xususan, B.A.
Erkaev va G.I.Karimovalar – tadbirkorlik so‘zining lugaviy ma’nosini
tahlil qilib, predprinimatelstvo - enterprise - foyda olish maqsadida
fuqarolar va korxonalarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyat
yuritishini tushuntiradi
16
. Prof. B. Ibratov, tadbirkorlik – biznesmenlik
faoliyati asosan XVIII asrda paydo bo‘lib, u ko‘pincha “mulkdor” degan
ma’noga ega ekanligini ta’kidlaydi. B. Ibratov tadbirkorlik tushunchasiga
faylasuf olim A. Smitning fikrlarini quvvatlab, tadbirkorni ya’ni
biznesmenni foyda olish uchun biron-bir tijorat goyasini amalga oshirish
maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, degan fikrni ilgari
suradi
17
.
Prof. O. Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday
mulkdorning tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo‘lib, unda
shaxs o‘z harakatini o‘z xohish - istagini mustaqil holda amalga
oshirishini va u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o‘z
xohish istagini va o‘z harakatini mustaqil belgilab, harakat qiluvchi shaxs
deb tushuntiradi
18
. Prof.S.Boboqulov esa bozor munosabatlari sharoitida
tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy
kuch deb ta’kidlaydi
19
.
16
Эркаев Б.А., Каримова Г.И. Бозор иқтисодиёти-изохли луғат. – Тошкент: Шарқ. 1997.
17
Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б.
18
Оқюлов О. Понятие и основные признаки предпринимательской деятельности. //Хозяство и
право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75.
19
Бобоқулов С. Иқтисодий ислоҳотлар жараёнида ижара муносабатларини ривожлантириш ва
такомиллаштиришнинг фуқаролик-ҳуқуқий муаммолари: юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б.
15
Yuqorida keltirilgan ilmiy fikrlar asosida, biz tadbirkorlik va
tadbirkorlik faoliyati deganda, har qanday mulkdorning o‘z xoxish istagi
bilan qonun hujjatlar asosida tadbirkorni mustaqil iqtisodiy faoliyat
yuritishni, o‘z faoliyati natijasidan cheklanmagan foyda olishni, o‘z
faoliyatini tavakkalchilik va tashabbuskorlikka asoslanib ish ko‘ruvchi
shaxs sifatida anglab, uni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi asosiy
faoliyat deb tushunish mumkin.
Tadbirkorlik huquqi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishining ikki muhim jihatini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |