Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Beshinchidan, tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi 
ishlarni davom ettirish maqsadida, oilaviy tadbirkorlik dasturlari 
doirasida respublikamiz tadbirkorlariga 2021 yilda 6 trillion so‘m 
imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, Hukumat tomonidan Jahon 
banki 
bilan 
birgalikda 
boshlangan 
qishloqlarda 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish dasturini kengaytirish uchun qo‘shimcha 100 million dollar 
yo‘naltirildi. Oltinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq 5 mingga 
yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni 
qisqartirildi hamda Tadbirkorlik kodeksi loyixasi ishlab chiqildi va keng 
omma muxokamasidan o‘tkazilib, ushbu kodeksni qabul qilish uchun 
Oliy Majlis qonunchilik palatasiga kiritildi.
Xususan, bundan 4 yil oldin tadbirkorlik subyektlarida tekshirishlar 
o‘tkazishga moratoriy e’lon qilgan edi, buning natijasida o‘tgan davrda 
tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga etdi. Shuning uchun 
moratoriy muddatini 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.
Bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni 
– takror aytaman (Prezident so‘zi) – zamonaviy texnologiyalar asosida 



ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida 
“yashirin 
iqtisodiyot”ni 
qisqartirishga 
qaratilgan 
mexanizmlar
3
joriy etilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlili hamda yil 
yakuniga qadar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari 
muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishida, Prezident 
mamlakatda jami 53 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, bu 
ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14 foiz oshganligi haqida ma’lumot 
e’lon qilindi
45
. Respublikada 2021 yilda yoshlarning biznes loyihalarini 
kreditlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trln so‘m va 550 mln 
dollar ajratilishi belgilandi
5
.
Respublikada tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquq va 
qonuniy manfaatlarini mustaxkamlash yo‘lida Prezident farmon va 
qarorlari muxim hisoblanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 25 avgustida “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf 
etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to‘grisida”gi PQ-1604-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan 
takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish 
choratadbirlari to‘grisida” 2019 yil 15-martdagi PF-5690-son farmoni, 
O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningAholini tadbirkorlikka jalb 
qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida” 2020 yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-
son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik 
subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning 
huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 
2022 yil 27-iyuldagi PF-178-sonli xujjatlar shular jumlasidandir.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-178-sonli 
farmoni asosida “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” 
portaliga aylantirildi. Mazkur portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari 
3
https://president.uz/uz/lists/view/4057
4
https://kun.uz/news/2021/08/03/yilning-1-yarmidagi-iqtisodiy-natijalar-tahlil-qilindi
5
йил 29 декабрдаги Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.



kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib 
boriladi.
2022 yil ikkinchi kvartaldan boshlab, “buzines.gov.uz” portaliga 
quyidagilar 
tomonidan 
murojaatlar 
kiritilishi 
mumkinligi 
belgilandi.Xususan, tadbirkorlar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Coll-
markaz” xizmati, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 
vakil (Vakil), hokim yordamchilari. Murojaatlar avtomatik yoki Vakil 
tomonidan vakolatli organlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun 
yo‘naltiriladi, vakolatli organlar murojaatlarni ko‘rib chiqib natijalari 
to‘grisida axborotni portalga kiritadi, Vakil murojaatlarni ko‘rib chiqish 
tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatadi hamda qonunbuzilish 
holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi.
Vakil har yili 1 mart oyigacha Prezidentga davlat organlari 
tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish 
to‘grisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik 
hisobot taqdim etadi.
Adliya vazirligiga 2022 yil 1 sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va 
chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu 
sohalardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda 
tutuvchi hujjat loyihasini Hukumatga kiritish vazifasi topshirildi.
So‘nggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish 
va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila 
— tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar 
doirasida jami 13 trln so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 
mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi.
Mazkur dasturlar hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan
shugullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan 
bandligini oshirish uchun turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, 
orttirilgan tajriba hamda xalqaro amaliyot kompleks va o‘zaro bir-birini 
to‘ldiruvchi kredit olish imkoniyatidan iborat bo‘lgan yaxlit tizimni 
shakllantirishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, ushbu farmonda aholini tadbirkorlikka jalb qilish 
tizimini takomillashtirish, kambagallikni qisqartirish va tadbirkorlikni 
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom 



ettirish maqsadida aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni 
tadbirkorlikka 
keng 
jalb 
qilish, 
mikromoliyalash 
tizimini 
takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab 
quvvatlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga joriy etish 
ko‘zda tutildi:
 
aholining tadbirkorlik bilan shugullanishga qiziqishi va 
manfaatdorligini oshirish;
 
aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etish, mazkur jarayonga 
xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim 
tashkilotlarini keng jalb qilish; 
 
tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
mikrokreditlash tizimini institustional jihatdan takomillashtirish va 
rivojlantirish;
 
aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy 
dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygun va 
muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqish;
 
tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan aholini va 
boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali ular 
faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan to‘laqonli tizimni 
yaratish;
 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit tizimni 
tashkil etish va yagona davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilishini 
va muvofiqlashtirib borilishini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilandi.
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan 
e’tibor, nafaqat hukumat doirasida balki keng omma oldida xususan, ilm-
fan namoyondalari o‘rtasida xam aloxida axamiyat kasb etib bormoqda. 
Xususan, Abdusalomov M.E, Azizov X.T, Anortoev I., Boboqulov S.B, 
Baratov M.X, Gulyamov S.S, Zokirov
I.B, Matkurbanov R.J, Nasriev I.I, Ibratov B, Oqyulov O, 
Rahmonqulov H.R, Rustamboev M.X., Ro‘zinazarov Sh.N., Ro‘ziev R.J., 
Shodmanov F.Yu, Karaxodjaeva D.M., Samarxodjaev B.B, Sindarov 
K.O, Topildiev V.R, Turebekov



T.M, Hamroev S.S, Egamberdiev E.E, Ergashev V.Yo., 
Z.O.Quvondiqov., R.T.Berdiyarov
6
va boshqalar
7
. Shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyatining fuqarolik huquqiy asoslari Hamdo‘stlik va 
xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan o‘rganilib borilmoqda. Jumladan, 
Mankovskiy I.A, Suxanov E.A, Jilinskiy S.E, Laptev V.V, Puginskiy B.I, 
Fokov A.P, Gorfikel V.Ya, Polyana G.B, Paraщuk S.A, Serebrovskiy V, 
Karapetov A.G, Prozorov V.F, Oleynik O.M, Zenin I.A, Oygenzixt V.A, 
Zalesskiy V.V, Rassola M.M, Grishaeva S.P, Gafarli M.S, Golovanov 
N.M, Ershova I.V, Ivanova T.M, Magaziner Ya.M, Malein N.S, V.V. 
Vitryanskiy va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan
8
.
Yuqorida nomi tilga olingan o‘zbek olimlari va boshqa xorijiy 
davlatlar olimlarining darslik, o‘quv qullanmalarida xamda ilmiy 
asarlarida bayon qilingan fikrlar, takliflar va tavsiyalar, mamlakatimizda 
tadbirkorlik huquqi fanining metodologiyasini xamda manbalarini yanada 
boyitishga xizmat qilmoqda.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin