2
UDK: 347:334.72
BBK: 67.99(5Uz)3
Kuvandikov, Zokir Oblakulovich.
Tadbirkorlik huquqi. Z.O. Kuvandikov. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
SamDU nashri, - 2023. – 420 bet.
O‘quv qo‘llanmada tadbirkorlik huquqining predmeti, nazariy-huquqiy va
qonuniy tushunchasi, tadbirkorlik huquqining o‘ziga xos belgilari va xususiyatlari,
tadbirkorlik huquqining manbalari, tadbirkorlik faoliyatining turlari, ularning
umumiy xarakteristikasi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy
asoslari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlari, tadbirkorlik faoliyatida shartnomaviy munosabatlar, tadbirkorlik
faoliyati subyektlarining fuqarolik huquqiy javobgarlik asoslari xamda ayrim
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tadbirkorlik huquqi soxasidagi manbalari
keltirilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada bugungi kunda dunyoda kechayotgan
globallashuv va iqtisodiy inqiroz sharoitlarida O‘zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga doir
masalalar yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmadan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari yuridik ta’lim
yo‘nalishi va boshqa Oliy ta’lim muassasalarining iqtisod va biznes yunalishlari
bo‘yicha taxsil olayotgan talabalar va o‘quvchilar uchun hamda tadbirkorlik huquqi
soxasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilar shuningdek
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoki ushbu faoliyatni yuritayotgan jismoniy va
yuridik shaxslarga foydalanish uchun tavsiya etiladi.