20
davlatning ta’sir etishi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tenligi tamoyili fuqarolik
huquqiy munosabatlarda o‘z ifodasini belgilaydi. Buning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1-moddasida o‘z ifodasini topadi.
Lekin tadbirkorlik faoliyati subyektlarining vertikal munosabatlari tenglik
tamoyiliga asoslanmaydi, chunki bunda bir taraf ma’muriy organ sifatida
ishtirok etadi.
Ikkinchi tamoyil tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat
erkinligidir. Ushbu tamoyil Konstitutsiyamizning 53-moddasida o‘z
ifodasini topib unda, Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini, barcha
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Uchinchi
tamoyilning
mazmun-moxiyati
shundaki
bunda,
tadbirkorlik faoliyati subyektining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish,
uning mulkiy manfaati tushuniladi, ushbu manfaatning qonuniy asosini
Konstitutsiyamizning 54-moddasi tashkil qilib, unda
m
ulkdor
mulkiga
o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar,
yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Ushbu modda
tadbirkorga iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishda, xam huquq xam
majburiyat yuklaydi.
O‘zaro erkin raqobat, tamoyili. Ushbu tamoyil tadbirkorlik
faoliyatida muxim axamiyat
kasb etib, unda erkin bozor munosabatlarida
o‘zaro teng raqobat hukmron bo‘lishi talab etiladi. Tadbirkorlik
munosabatlarida raqobat huquqi O‘zbekiston Respublikasining Raqobat
to‘grisidagi 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son Qonuni, asosida himoya
qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar shu jumladan tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni
O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga
qarshi kurash organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organning asosiy vakolatlaridan biri
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi xamda xo ‘jalik yurituvchi
21
subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun
mavqeyi mavjudligini aniqlaydi.
Qonuniylik tamoyili, ushbu tamoyil tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishning dastlabki jarayonidan boshlanadi va uning butun faoliyati
davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan, keng qamrovli tamoyil
hisoblanadi. Qonuniylik tamoyiliga har bir
tadbirkorlik subyekti amal
qilishi lozim va ushbu tamoyilga barcha davlat va nodavlat idoralari o‘z
faoliyati davomida qat’iyan bo‘sunishlari shart hisoblanadi.
Davlatning ta’sir etish tamoyili, bunda davlat o‘z fuqarolari
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida, ushbu
subyektlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilishi shart
bo‘lgan tamoyil hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘plab
qabul qilinayotgan normative huquqiy hujjatlar mavjud. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining, 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonini keltirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: