Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4.Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va 
tarkibiy qismlari. 
Tadbirkorlik (biznes) huuquqiy munosabatlar tushunchasi.
Malumki ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga 
solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. O`z navbatida 
huquqiy munosabat o`zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan 
bog`liq bo`lgan shaxslar o`rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik 
faktlar asosidagi aloqa hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar deganda, tadbirkorlik (biznes) 
faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tijorat hamda 
notijorat tusdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 


27 
borasida tadbirkorlik yurituvchi subyektlar ishtirokida yuzaga keladigan 
va tadbirkorlik huquqiy normalari bilan tartibga solib turiladigan 
munosabatlar 
tushuniladi. 
Tadbirkorlik 
huquqiy 
munosabatlar 
birinchidan, 
ijtimoiy 
tusdagi 
munosabat, 
ikkinchidan, 
bunday 
munosabatlar tadbirkorlik yurituvchi subyektlarning o`zaro huquqlar va 
yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalari, uchinchidan, bunday 
munosabatlar irodaviy bo`lsa, to`rtinchidan, tadbirkorlik huquqi 
normalarida davlat irodasi va manfaatlari aks ettirilganligi uchun davlat 
ularning bajarilishini nazorat qiladi va qo`riqlaydi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchilari aksariyat hollarda 
o`zlariga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etishda 
muayyan mustaqillikka ega bo`lib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli 
shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik huquqiy munosabatda 
qatnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar 
odatda sudga ariza yoxud davo ariza taqdim qilish yo`li bilan himoya 
qilinadi.
Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari o`ziga xos 
subyektiga, obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv 
huquq va majburiyatlariga ega. Gap tadbirkorlik huquqi to`g`risida ketar 
ekan, iqtisodiy muomala ishtirokchilarining o`zaro huquqiy aloqadorligi 
ma’no va mazmunini aniq belgilash maqsadida lozim darajada 
tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning barcha yuqoridagi kabi muhim 
toifalarini (kategoriyalarini) chuqur tadqiq etish fan oldida turgan muhim 
vazifalardan sanaladi. Haqiqatan, tadbirkorlik huquqiy munosabatlar 
tabiati xilma-xil hisoblanganligi uchun ham, uning tushunchasi va 
vujudga kelishi haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli-tumandir.
Tadbirkorlik huquqi korxona va tashkilotlar o`rtasida vujudga 
keladigan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va amalga 
oshirishda, 
ularning 
bo`linmalari 
o`rtasida 
vujudga 
keladigan 
munosabatlarni 
tartibga 
soladi. 
Bu 
munosabatlar 
tadbirkorlik 
munosabatlari bo`lib, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish 
jarayonida vujudga keladi, lekin ishlab chiqarish jarayonida nafaqat 
xo`jalik, balki shu bilan birga mehnat munosabatlari yoki fuqarolarning 
tobora oshib borayotgan moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan 


28 
boshqa munosabatlar ham vujudga keladi. Takidlash joizki, tadbirkorlik 
huquqining predmetini ishlab chiqarish munosabatlarining hammasi 
emas, balki faqat bir qismi, u ham bo`lsa tadbirkorlik munosabatlari 
tashkil etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati turli 
mulkchilikka asoslangan subyektlar o`rtasida yuzaga kelmoqda. Bu 
sohada vujudga keladigan tadbirkorlik munosabatlari o`z ichiga nafaqat 
mulkiy yoki shaxsiy munosabatlarni, balki korxona va tashkilotlarni, 
ularning bo`linmalari faoliyatini tashkil etish, boshqarishdek muhim 
jihatlarni ham qamrab oladi. Bu esa, tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishda vujudga keladigan gorizontal tadbirkorlik munosabatlari bilan 
birga uni boshqarishda yuzaga keladigan vertikal tadbirkorlik 
munosabatlariga 
ham 
taalluqli 
bo`ladi. 
Tadbirkorlik 
huquqiy 
munosabatlar elementlari shu munosabat subyektlari, obyektlari va uning 
mazmunidan iborat bo`ladi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning subyektlari bo`lib ana shu 
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik shaxs 
huquqiga ega bo`lgan korxona va tashkilotlar, shuningdek ularning 
bo`linmalari hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarining subyektlari xususida ayrim
olimlarning fikrlari mavjud. Professor V.V. Laptev, tadbirkorlik 
faoliyati ishtirokchilari korxonalar, tashkilotlar, ishlab chiqarish 
birlashmalari va boshqa tadbirkorlik organlari tashkil qiladi. Ular bir 
vaqtning o`zida tadbirkorlik huquqining subyektlari va tadbirkorlik 
munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib ham hisoblanadi. V.V. Laptev 
80-yillardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ana shu fikrini aytgan. 
Bugungi kunda esa bozor munosabatlari tadbirkorlik huquqiy 
munosabatlarni ham va uning subyektlarini ham kengaytirib yubordi. 
Shunga ko`ra, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning subyektlari 
qatoriga barcha turdagi korxonalar, jumladan fuqarolarning xususiy 
mulkiga asoslangan (jamoa, oila) korxonalar, ishlab chiqarish 
kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari, masuliyati cheklangan jamiyat, 
o`zga tadbirkorlik jamiyatlari yoki shirkatlari, shuningdek dehqon 
xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari va boshqalar kiradi. Tadbirkorlik huquqiy 


29 
munosabatlarning subyektlari faqat shular bilan cheklanib qolmaydi, 
balki bozor munosabatlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borar 
ekan, bu jarayon tadbirkorlarning o`zga tarzdagi guruhlarining yuzaga 
kelishiga va ularning fuqarolik muomalasiga yanada ko`proq jalb 
etilishiga olib keladi. Tadbirkorlik munosabatlarining yana bir muhim 
subyekti mavjudki, u ham bo`lsa yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to`g`risida»gi 2012 yil 2 mayda qabul qilingan qonunda1 o`z 
aksini topgan.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin