Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2.Tadbirkorlik huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi  
Tadbirkorlik(Biznes)huquqi – tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi 
tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq munosabatlarni tartibga soluvchi va 
bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-
tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yigindisidan iboratdir.
Demak, tadbirkorlik huquqi o‘ziga xos muayyan munosabatlarni 
huquqiy tartibga soluvchi huquq sohasi-mi?
Tadbirkorlik huquqi ham boshqa huquq sohalari kabi: birinchidan
huquqning mustaqil sohasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmogi; 
uchinchidan, fan sohasi; to‘rtinchidan, o‘quv predmeti hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqi – huquq tarmogi sifatida tadbirkorlik 
subyektlarining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi huquq 
normalari yiindisidan iborat. Misol tariqasida, “Iqtisodiy faoliyat” termini 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
53-moddasida, 


22 
shuningdek. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 moddasida qo‘llanilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Tadbirkorlik|(biznes)huquqining 
predmetini tadbirkorlik ub’ektlarining tashkiliy-huquqiy, ishlab 
chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish, subyektning ichki 
tuzilmalari o‘rtasidagi, davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga 
umumiy rahbarligi bilan bogliq munosabatlar tashkil etadi.
Quyida Tadbirkorlik|(biznes) 
huquqining fuqarolik, ma’muriy, 
moliya, mehnat va boshqa huquq sohalari bilan farqini ko’rib chiqamiz.
Avvalo, fuqarolik huquqi fani mulkiy munosabatlarni hamda 
mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va 
mustahkamlashga 
qaratilgan, 
tadbirkorlik 
(biznes) 
huquqi 
esa 
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal, bozor 
sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish munosabatlarini tartibga 
solishga qaratilgan.
Tadbirkorlik 
huquqi 
subyektlar 
o‘rtasidagi 
tadbirkorlik 
munosabatlarini tartibga solsa, mehnat huquqi ish beruvchi bilan 
xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib 
qoidalarini, ish rejimini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan 
bogliq boshqa munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro 
faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish, bir biriga buysinish 
sohasidagi faoliyat bilan bogliq munosabatdir. Bunday munosabat itoat 
etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga o‘z direktivalari orqali 
ta’sir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan 
izohlanadi. Tadbirkorlik munosabatlarida esa ma’muriy buysinish 
faoliyatlari kam uchraydi.
Misol uchun, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlatning 
umumiy rahbarligi, ya’ni davlat nazorati, soliqlar bilan ta’sir etish, 
tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro ichki tuzilmalari o‘rtasidagi 
munosabatlar.
Moliya huquqining predmetini moliya byudjeti kirim-chiqimi 
(davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bogliq 
munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini 


23 
tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish 
kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi mustaqil fan tarmog`i sifatida boshqa 
huquqiy fanlardan o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu 
farqlarni eng avvalo Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko`rib chiqamiz. 
Chunki uzoq yillardan buyon olimlar o`rtasida bu ikki fanning farqi 
yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi Tadbirkorlik huquqi 
mustaqil fan tarmog`i emas, u Fuqarolik huquqining tarkibini tashkil etadi 
deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Tadbirkorlik huquqini alohida fan, deb 
qarash kerak deydi. Tadbirkorlik huquqini huquq sohasining bir tarmog`i 
deb hisoblashga uning Fuqarolik huquqi va boshqa turdosh bo`lgan 
huquqlardan farqi asos bo`ladi. Uning o`ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: ma’lumki Tadbirkorlik huquqi Fuqarolik huquqiga 
juda yaqin soha bo`lsada, u eng avvalo tushunchasi, predmeti, subyektlari 
orqali juda aniq farqlanadi.
Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko`raylik. Fuqarolik 
huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B. Zokirov 
shunday tarif beradi: “Fuqarolik huquqi” O`zbekiston Respublikasida 
amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda 
iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish davrida fuqarolar va boshqa 
subyektlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini tobora to`liqroq 
qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda 
bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga 
qaratilgan huquqiy normalar yig`indisidan iboratdir.
Ana shu tarifdan ham aniq ko`rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi 
subyektlar o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog`liq 
bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq 
sohasidir. Tadbirkorlik huquqi ham Respublikamizdagi huquq 
sohalaridan 
biri 
bo`lib, 
mamlakatimizning 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tib borishida, davlat va jamiyat, 
tadbirkorlik manfaatlarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik subyektlari 
o`rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi subyektlarga 
gorizontal) bo`ladigan tadbirkorlik munosabatlarni tartibga soluvchi, 


24 
bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini 
belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir.
Ushbu berilgan tariflarga ko`ra, fuqarolik huquqi normalari 
aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, tadbirkorlik huquqi 
qoidalari ham mulkiy xam nomulkiy munosabatlarga taalluqli.
Lekin 
fuqarolik 
huquqida 
munosabatlar 
shu 
munosabat 
ishtirokchilarining o`zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 
Tadbirkorlik huquqida subyektlar teng huquqli bo`lishi bilan birga idora 
etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosabatlarni 
ham tartibga solishga qaratiladi.
Demak, bu ikki fan bir biridan predmeti orqali ham tubdan 
farqlanadi. Jumladan, Fuqarolik huquqining predmeti taraflarning teng 
huquqliligiga asoslangan mulkiy munosabatlar bo`lsa, tadbirkorlik 
huquqida ham mulk bilan bog`liq munosabatlar salmoqli hissani tashkil 
etadi. Lekin mulkiy munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining teng 
huquqliligi bilan birgalikda biri ikkinchisiga itoat etishi, davlatning 
iqtisodga rahbarlik qilishi orqali ham kelib chiqadi. Fuqarolik huquqining 
subyektlari bo`lib barcha fuqarolar hisoblansa, tadbirkorlik huquqining 
subyekti faqat tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan fuqarolar 
bo`lishi mumkin. Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida tijoratchi 
yuridik shaxslar qatnashadi.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabatlari
asosan istemolchilarning moddiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan 
bo`lib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo`lmasa, Tadbirkorlik huquqi 
shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda 
qo`llaniladi.
Ana shu jihatlari bilan tadbirkorlik huquqi mehnat huquqiga ham 
juda yaqin bo`lib ko`rinadi. Ammo ular bir-biridan farqlanadi. 
Tadbirkorlik huquqi subyektlar o`rtasidagi tadbirkorlik munosabatlarini 
tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat 
shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini 
va shunga o`xshash mehnat shartnomasi bilan bog`liq boshqa 
munosabatlarni tartibga soladi.


25 
Tadbirkorlik huquqining Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki, 
Mamuriy huquqning predmeti mamuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati 
bilan yani hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bog`liq 
munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va 
mansabdor shaxslarga o`z direktivalari orqali tasir etish, boshqarish, idora 
etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Tadbirkorlik 
munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yo`q. Borlari ham 
bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora uzoqlashib, barham 
topib, iqtisodiy munosabatlarga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Shu 
sababli davlat iqtisodiyotga o`zining tegishli organlari orqali (soliq, 
imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy tasir etish usullari bilan 
rahbarlikni amalga oshiradi.
Tadbirkorlik huquqi Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. 
Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat 
daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog`liq 
munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini 
tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish 
kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi. Tabiiyki, 
tadbirkorlik faoliyati ham daromadlarni tashkil etish va ularni sarf 
qilishning alohida qoidalaridan holi kelib chiqmaydi. Shu sababli, 
tadbirkorlik subyektlarining pul mablag`larining bir qismi harakatda 
bo`lishini taminlash Tadbirkorlik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi.
Tadbirkorlik subyektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning 
budjetga kelib tushadigan davlat daromadi moliya huquqining predmetini 
tashkil etadi. Shuningdek, tadbirkorlik huquqi konstitusiyaviy huquq, 
ekologiya va qishloq xo`jaligi huquqi bilan bog`liq munosabatlarda ham 
o`ziga xos xususiyatlari orqali butunlay farqlanadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin