40
hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish
sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan
ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish
sohalari (sugurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy
ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lmagan boshqa
sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan
yigirma besh kishi bo‘lgan
kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o‘rindoshlik,
pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy
xarakterdagi boshqa
shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek
unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni
ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli)
yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p
bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga
kiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari
uchun qonunchilikda nazarda
tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu
moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlari
tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona
xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va
boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo‘llaniladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda
tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi
Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferenstiyalarning yagona
reestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona
portalidagi
Tadbirkorlik
subyektlari
uchun
imtiyozlar
va
preferenstiyalarning yagona reestrini shakllantirish hamda doimiy
ravishda yangilab borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
41
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha
yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda,
xodimlar sonini oshirib
yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan
imtiyozlar, preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi.
Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar
kollejlarining,
akademik
listeylarining
hamda
oliy
ta’lim
muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan
taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni
ko‘pi bilan 50 foiz oshadigan bo‘lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga
O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik
listeylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘qishni
tugallagan kunidan boshlab ko‘pi bilan uch yil o‘tgan bo‘lsa, yo‘l
qo‘yiladi; kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan
mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning
belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshadigan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: