Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi
tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan
tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga
oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan
mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida,
shuningdek molmulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l
qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)
uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga
haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan
shugullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bitimlar
tuzayotganida,
yakka
tartibdagi
tadbirkor
sifatida
harakat
42
qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o‘zidan aniq
anglashilmasa, ko‘rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi
yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari bo‘yicha zimmasidagi
javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda
shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga
haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi
haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan
biri erxotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan
hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi
o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning
(xotinning) roziligi talab qilinadi.
Yuqoridagi qonuning 7-moddasi jismoniy shaxslarning yuridik
shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish shakllarini belgilaydi. Unga muvofiq, jismoniy shaxslar yuridik
shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy
tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga
oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari
bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyatini oilaviy shaklida tashkil
etishlari mumkin. Ushbu shaklni amalga oshirilishi, oddiy shirkat va
dehqon xo‘jaligi tuzilishi, faoliyat ko‘rsatishi hamda faoliyatining
tugatilishi bilan bogliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Oilaviy
tadbirkorlikni
amalga
oshirish
O‘zbekiston
Respublikasining Oilaviy tadbirkorlik to‘grisida 26.04.2012 yildagi
O‘RQ-327-son Qonunida belgilangan tartibda, oilaviy tadbirkorlik oila
a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida
daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik
faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga
asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil
43
etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan
holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy
shakli oilaviy korxonadir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik
shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch
nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi
tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin
qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini),
akaukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini
yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining
ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli. 3-modda.
Oilaviy tadbirkorlikning yuridik shaxs tashkil etgan shakli oilaviy
korxona hisoblanadi. Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan
tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va
realizastiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan
umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har
birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik
subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy
mehnatiga asoslanadi.
Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda
amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-
mulkka ega bo‘lishi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni
olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda
da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha
qonunga
muvofiq
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan
javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki etarli
bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli
mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
44
Oilaviy korxona
qonunchilikka
muvofiq xodimlarni yollashni
amalga oshirishi mumkin. (O‘zR MKning 2-§, 77-moddasi. Ishga qabul
qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. (77-moddaning birinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-239-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 52-son, 554-modda)
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta
maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sogligiga
hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim
olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida
bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan
birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma
roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. (77moddaning ikkinchi
qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi
O‘RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 52-son,
554-modda)
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu
Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan
holda amalga oshiriladi.
Oilaviy
korxona
ishtirokchilarining
va
uning
yollanma
xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining
qonunchilikda
belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin
emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki
kishidan oz bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona” degan
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma
nomi uning qisqartirilgan nomini va “Oilaviy korxona” degan so‘zlarni
yoki “OK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Oilaviy korxona ishtirokchilari sifatida oila boshligi, uning xotini
(eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan
boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari),
tugishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari
(xotinlari) hamda bolalari, toga va amaki hamda amma va xolalari)
45
oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Faqat muomalaga
layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Davlat
organlarining
mansabdor
shaxslari,
shuningdek
qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi taqiqlangan
boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy
korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.
Oilaviy korxona boshligi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro
munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligi ish ko‘radi.
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligi bo‘lishi
mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish
muomalasida o‘z nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Oilaviy korxona boshligi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan yoki uzoq vaqt bo‘lmagan taqdirda, u o‘z vazifasini vaqtincha
bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan
kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga
bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish zarurati to‘grisida shunday deydi: keyingi yillarda...
Dostları ilə paylaş: |