Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

hozirgi bosqichidagi o‘ta muhim masala – xususiylashtirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish va ana shular asosida xususiy korxonalarni tuzishga 
keng sharoit tugdirib berishdan iborat”. 


57 
 Xususiy korxonalarning vujudga kelish tartibi O‘zRning “Xususiy 
korxona to‘grisida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi qonun asosida amalga 
oshirladi. Ushbu qonunning 3-moddasida xususiy korxona mulkdor 
yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi 
tashkilot xususiy korxona deb huquqiy ta’rif berildi. Xususiy korxona 
tadbirkorlik subyektlarining tashkiliyhuquqiy shakli hisoblanadi. 
Yuqoridagi qonunning 11-moddasida, xususiy korxonani davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan 
boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Sh. Ro‘zinazarov, kichik korxonalar ham tadbirkorlik faoliyatining 
subyekti sifatida o‘ziga xos yuridik maqomga egadir. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, ikkita holatni bir-biridan farqlash lozim, birinchidan, kichik 
korxona fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli bo‘lsa, 
ikkinchidan, ushbu subyektga mulk huquqining ob’ekti sifatida qarash 
mumkin, deb ta’kidlaydi.
Demak, xususiy korxonaning boshqa tadbirkorlik subyektlari 
shakllaridan farqli jixatlari shundaki, unda xususiy korxona mulkdor 
yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan 
tijoratchi tashkilotdir.
I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “…biz xususiy tadbirkorlikning 
manfaatlarini himoya qiluvchi qonun va tartiblarga hokimiyatning 
jamiiki bo‘ginlari tomonidan ogishmay amal qiladigan qatiy va majburiy 
muhitni vujudga keltirishimiz shart, kichik va o‘rta korxonalarning turli 
shakllari tez va keng rivojlanishi uchun yo‘l ochishimiz lozim”.  
2019 yil 1 iyul holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan 
tashqari) 371,9 mingtani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va 
mikrofirmalar 309,7 mingta). O‘tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘sishi 21,4 %ni (jumladan, kichik 
korxona va mikrofirmalar 25,0%) tashkil etdi. Faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalar va tashkilotlarning eng yuqori o‘sishi Navoiy (35,1%), 
Samarqand (28,9%), Buxoro (27,0 %), Xorazm (22,9%), Fargona 
(22,7%), Jizzax (22,2%), Qashqadaryo (20,4%) viloyatlarida va Toshkent 
shahrida (20,7%) kuzatildi.


58 
Tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibda tashkil etishning tashkiliy-
huquqiy asoslari 2012 yil 2 mayida qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘grisida” gi qonunning 7-moddasida berilgan. 
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda 
jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi 
tadbirkorlik faoliyatining er -xotinning umumiy mol-mulki negizida, ular 
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, 
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga 
oshirilishi mumkinligi mustahkamlandi.
Huquqshunos G. Aliev, tadbirkorlik faoliyatini yuritishning 
tashkiliy-huquqiy shaklini xususiy tadbirkor sifatida tanlab, uni yuridik 
shaxs tashkil etib yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi xususiy 
tadbirkorlik (yakka tartibdagi tadbirkorlik) ga ajratib ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan qonun talablari va olimlarning fikrlaridan shuni 
tushunish mumkinki, demak, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi 
jismoniy shaxs, o‘zining mol-mulki va iqtisodiy sarmoyasiga qarab, 
tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zi belgilash 
huquqiga egadir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining fuqarolik huquqi subyekti 
sifatida tadbirkorik munosabatlarida ishtirok etishi, ularning tegishli 
tartibda tashkiliyhuquqiy shaklini to‘gri belgilab olishi muhim 
bosqichlardan biri hisoblanadi. B. Ibratov tadbirkorlik faoliyati quyidagi 
shakllarda tashkil etilishi mumkinligini qayd qilgan.
1.Yakka tartibdagi tadbirkorlik.
2.Yuridik shaxs tashkil etgan kichik va o‘rta tadbirkorlik.
3.Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi 
tadbirkorlik faoliyati.
Bugungi kunda esa, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishningoilaviy 
shakli xam qonun asosida mustaxkamlandi.
Tadbirkorlik faoliyatini dexqon xo‘jaligi shaklida tashkil etish 
asoslari, O‘zRning “Dehqon xo‘jaligi to‘grisida” gi yangi tahrirdagi 
qonunida belgilangan. Unga asosan, dehqon xo‘jaligini tashkil etish 
tartibi ixtiyoriylik asosida, xo‘jalik boshligining qishloq xo‘jaligi 
kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq 


59 
xo‘jalik 
korxonalari, 
muassasalari 
va 
tashkilotlarning 
ish 
boshqaruvchisiga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan 
tashkil etiladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi dehqon 
xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi masalani umumiy majlis 
muhokamasiga kiritadi. Boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlarida dehqon xo‘jaligini tashkil etish 
to‘grisidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori 
boshqaruv organi, ish beruvchisi (ma’muriyati) tomonidan qabul qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining 
yoki boshqa qishloq xo‘jalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori 
boshqaruv organining, ish beruvchisining (ma’muriyatning) qarori 
asosida er uchastkalarini berish masalalarini ko‘rish bo‘yicha tuman 
komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda tuman hokimi dehqon 
xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi qarorini qabul qiladi. Tuman 
hokimining dehqon xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi qarori tumanning 
moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat bo‘lib 
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlik 
dehqon-fermer xo‘jaligi hamda xususiy korxona shaklida tashkil etiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tadbirkor 
sifatida yuqorida qayd qilganimizdek FKda hamda “Dehqon xo‘jaligi 
to‘grisida” gi O‘zR qonunning 5-moddasiga muvofiq, dehqon xo‘jaligini 
tashkil etish tartibi, dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda u 
davlat ro‘yxatiga olinganidan va unga belgilangan tartibda er uchastkasi 
berilganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. Shuningdek, dehqon 
xo‘jaligi yuqorida qayd qilingan Nizomga muvofiq belgilangan tartibda 
davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligini tashkil etish 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 
“Fermer xo‘jaligi to‘grisida” gi O‘zR qonunining 5-moddasida 
belgilangan tartibda fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlariga muvofiq 
tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat 
resurslari bo‘lmagan erlarda va hududlarda tashkil etiladi. Bugungi kunda 
fermer xo‘jaligi tender tanlovi asosida tashkil etilmoqda. Fikrimizcha, 
yuqorida qayd qilingan qonunning 5-moddasiga qo‘shimcha qilib uni 


60 
“Fermer xo‘jaligi tender asosida, aksariyat hollarda ortiqcha mehnat 
resurslari bo‘lmagan erlarda va hududlarda tashkil etiladi” tahrirda berish 
kerak deb hisoblaymiz. Bunga asos bugungi kunda fermer xo‘jaligi tanlov 
asosida o‘tkazilishi ko‘plab qonun osti hujjatlarida belgilangan. Bunday 
o‘zgartirish kiritish esa qonunlarni unifikastiyalashga olib keladi.
Huquqshunos olim I. Anortoev davlat organlari hamda o‘z-o‘zini 
boshqarish organlarining joylarda fermerlar faoliyatiga aralashish 
holatlari hali ham davom etmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida 
vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar 
juda ko‘p. Ularni aksariyat qismini qonunosti hujjatlari va vazirliklarning 
me’yoriy hujjatlari tashkil etadi. Bu holat fermerlar tomonidan 
hujjatlarning o‘rganilishini murakkablashtiradi, oqibatda fermer uchun 
bajarilishi qiyin, ammo shart bo‘lgan vazifa yuzaga keladi. Ta’kidlash 
lozimki, ayrim hollarda bu hujjatlarda o‘zaro mutanosiblikning yo‘qligi 
ko‘zga tashlanadi. Shularni hisobga olib, fermerlikni rivojlantirishga 
qaratilgan istiqbolli strategiyadan ogishmaslik, mavjud qonunchilikni 
yanada izchil takomillashtira borish zarur. Buning uchun respublika 
iqtisodiyotiga oid qonunchilikni, xususan fermer xo‘jaligi faoliyatiga 
daxldor qonunlarni liberallashtirish lozim bo‘ladi degan asosli fikrlarni 
ta’kidlaydilar. Ushbu qayd qilingan muammolarning asosiy yechimi 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida” gi 2012 yil 2 
mayidagi Qonuni asosida hal qilinishi lozim. Bundan tashqari tadbirkorlik 
faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarni yanada takomillashtirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish 
va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish 
tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘grisidagi”, shuningdek, “Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy 
resurslar 
va 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasidan 
foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirish to‘grisida” 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-
son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va 
tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘grisida” 
2019 yil 13 avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq Vazirlar 


61 
Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda quyidagi hujjatlar 
tasdiqlandi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 
huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 
to‘grisidagi nizom hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamgarmasi to‘grisidagi nizom.
G. Aliev yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati shakllarining bir-
biriga o‘xshash tomonlari bilan bir qatorda, o‘ziga xos xususiyatlari ham 
mavjuddir. Bu xususiyatlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati 
ob’ektlari va subyektlarini aniqlash, ushbu tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarining yakka tartibdagi tadbirkorlik mol-mulkiga egalik qilish, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini tahlil qilish natijasida 
aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi.
Demak, tadbirkorlik faoliyatining asosiy negizida mulk va unga 
nisbatan huquqlarni amalga oshirish tushuniladi. Shu o‘rinda uning o‘ziga 
xos mazmunini ifodalashda uning mulkiy mustaqilligi, tadbirkorlik 
faoliyati bilan bogliq munosabatlarda o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk 
bilan javobgar bo‘lishi hamda qonunda belgilangan tartibda 
cheklanmagan miqdorda daromad yoki foyda olishligi ushbu faoliyatning 
asosiy xususiyatlari mazmunini tashkil qiladi. Shuningdek, tadbirkorlik 
faoliyatining samarali faoliyat yuritishi uchun eng avvalo ularning 
faoliyat turiga qarab tashkiliy - iqtisodiy shakllarini belgilab olish muhim 
hisoblanadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini xususiy mulk asosida 
quyidagi shakllarda tashkil etish mumkin:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; - 
- oddiy shirkat;
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida 
amalga oshirilishi;
- tadbirkorlik faoliyatining korporativ shaklida tashkil etish.
Tadbirkorlik faoliyatining turlari haqida I. Kan tadbirkorlik 
faoliyatini davlat tomonidan va xususiy tadbirkorlik asosida tashkil 
etiladigan turlarga ajratadi.


62 
Shu o‘rinda Germaniya Federativ respublikasining mas’uliyati 
cheklangan shirkatlar to‘grisidagi qonunida shirkat ta’sis shartnomasining 
mazmuni quyidagicha belgilangan: firma nomi va shirkat joylashgan joy; 
faoliyat predmeti; asosiy kapital miqdori; har bir ishtirokchining asosiy 
kapitaldagi qo‘shgan hissasi.
Ushbu 
ta’sis 
shartnomasida 
belgilangan 
ma’lumotlar 
qonunchiligimizda ya’ni O‘zRning “Mas’uliyati cheklangan hamda 
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘grisida”gi qonunning 12-
moddasida ta’sis shartnomasida emas, balki ushbu qonunning 13-
moddasida, ya’ni jamiyat ustav fondida belgilangan. Demak, fuqarolar 
tadbirkorlik faoliyatining kichik biznes shaklini tuzish keng yo‘lga 
qo‘yilishi talab qilinadi, bunga sabab ushbu tadbirkorlik tuzilmalari kam 
mablag talab qilinadigan eng qulay shakllardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zRning “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘grisida” gi qonunning 13-moddasida, tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi 
tomonidan “bir darcha” prinstipi bo‘yicha va, qoida tariqasida, xabardor 
qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik 
faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish 
maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga 
qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga 
haqli emas.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi 
mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur 
organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan 
qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan 
o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik 
tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun 
kompensastiya to‘laydi.
M.Abdusalomov, Sh. Ro‘zinazarovlarning fikricha, fuqarolik 
huquqi nazariyasida yuridik shaxslarni tashkil etish usullari bo‘yicha 


63 
yagona bir fikr yo‘qligini e’tirof etib, ularni yuridik shaxslarni tashkiliy-
huquqiy asoslariga qarab quyidagi uch usulga ajratadi; - buyruq tartibida 
(davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning yuridik shaxslari) tashkil 
etish; - oddiy ta’sis etish tartibida (xususiy korxonalar, xususiy 
tadbirkorlar) vujudga keltirish; - o‘zaro kelishuv tartibida(aksionerlik 
jamiyatlari, ma’suliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli 
jamiyatlar, qo‘shma korxonalar va x.z) tuzgan ma’qul.
Buyruq tartibida ya’ni farmoyish berish orqali davlat va munistipal 
korxonalar ta’sis etiladi. Bunda korxona mulk egasining yoki shunga 
vakolatli bo‘lgan organning qarori bilan mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan 
mulkini operativ boshqaruv, xo‘jalik yuritish yoki akstiyadorlik jamiyati 
shakllarida ta’sis etishi mumkin.
Oddiy ta’sis etish bu fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish istagi bilan tadbirkorlik faoliyatining biror bir turini tanlab yakka 
tartibda yoki xususiy korxona shaklida tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirmoqchi bo‘lgan shaxs tushuniladi. O‘zaro kelishuv tartibida 
mulkdorlarning o‘z mulklarini birlashtirish orqali tadbirkorlik 
tuzilmalarida ishtirokchi yoki sherikchilik asosida taraflarning kelishuvi 
va xohish irodasi bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida 
tuzilgan yuridik shaxsni tushunish mumkin.
O‘zRFKning 49-moddasi 5-qismida, qo‘shib olish shaklida qayta 
tashkil etish holatlarini istisno qilganda, yangitdan vujudga kelgan yuridik 
shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs 
qayta tashkil etilgan hisoblanishi belgilangan.
Demak, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda ayrim tadbirkorlik 
subyektlarining masalan, fermer xo‘jaligi raisining vafot etishi 
munosabati bilan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra fermer xo‘jaligini qo‘shib 
yuborish holatlarida ularning faoliyatini qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish 
shart emas. Chunki, yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida, 
bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari 
topshirish hujjatiga muvofiq unga o‘tadi.
Huquqshunos olim I. Romankova tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishga asosiy sabab, iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar 
hisoblansa, ular mazmunini tovar pul munosabatlari tashkil etish, 


64 
ikkinchidan esa ularning huquqiy rivojlanishiga yaratilayotgan shart-
sharoitlar tashkil qiladi. Xususiy tadbirkorlik faoliyati o‘zining haqiqiy 
o‘rnini xo‘jalik yuritish tizimida mulkka nisbatan munosabatning 
o‘zgarishi bilan vujudga keladi. A. Brizgalin esa korxonani tashkil 
etishning umumiy uch asosiy tashkiliy-huquqiy shaklini ta’kidlaydi:
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan korxona, bunga 
fuqarolarning yakka tadbirkorlik faoliyatini va dehqon xo‘jaligini kiritadi;
-tijorat tashkilotlari bunga, yuridik shaxslar, yakka tartibda, oilaviy
xususiy korxonalar, shirkatlar (to‘liq, aralash, mas’uliyati 
cheklangan, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar va x.z) kiradi;
-ishlab-chiqarish kooperativlari, ijara va jamoa korxonalari, 
akstiyadorlik jamiyatlari (ochiq va yopiq turdagi), jamoat tashkilotlari, 
korxonaning xo‘jalik birlashmalari (konsternlar, assostiastiyalar va x.z) 
davlat, mahalliy va (sho‘’ba) korxonalaridan iborat bo‘lishligi qayd 
qilinadi.
Prof.O. Oqyulov tadbirkorlik faoliyati erkinligi, fuqaro yoki tijorat 
yuridik shaxsga qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat sohasi 
bo‘lsa, tadbirkorlikni amalga oshirish imkonini beradi - deb ta’kidlaydi.
Xulosa qilganda, ushbu tashkiliy-huquqiy shakllarning mazmunida 
o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, bular tadbirkorlik faoliyatining 
dastlabki jarayonini oydinlashtiradi. Ushbu jarayon o‘ziga xos murakkab 
jarayondan iborat bo‘lib, birinchidan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil 
etish bilan bogliq munosabatlar bo‘lsa, ikkinchidan tadbirkorlikning 
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogliq munosabatlarini belgilab 
olish hisoblanadi.
Respublikamizda barcha tadbirkorlik faoliyati sube’ktlarining 
asosiy huquqiy kafolati sifatida Konstitutsiyamizning 53-moddasini 
keltirish mumkin. Xususan, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi 
mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha 
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar 
muhofaza etilishini kafolatlaydi”.


65 
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari xususiy mulkining boshqa 
mulk shakllari bilan bir qatorda davlat himoyasida bo‘lishi, mulkdor 
mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf 
etishi, er, erosti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa 
tabiiy zaxiralarning umummilliy boylik bo‘lishi kabi normalar 
Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismida belgilangan.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin