Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tushunchasi va



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tushunchasi va 
usullari  
Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tartib taomillari 
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘grisida”gi qonunning 6-bobi yakunlovchi qoidalaridagi 49-moddasida, 
tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) 
asoslari belgilangan. Unga ko‘ra, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik 
faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) 
yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs 
organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi 
organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida o‘shatilayotgan 
xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. Jismoniy shaxs bo‘lgan 
tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sud 
qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) 
haqidagi yozuv ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli davlat reestriga 
kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) 
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Respublikamizda 
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davrida turli mulk 
shakllarining mavjudligi xo‘jalik yuritishning hamxar xil ko‘rinishlarini 
vujudga keltirib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga alohida e’tibor 
berishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, tadbirkorlik s ubektlarining 
samarasiz faoliyat yuritishi davlat va jamiyat manfaatlariga sezilarli zarar 
keltiradi. Har qanday davlat va jamiyat o‘z hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan xo‘jalik subektlarining yaxshi ishlashi tarafdoridir.


66 
To‘gri, bunday holat albatta achinarli, lekin undan qutilib 
bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yuridik shaxsni tugatish masalasi 
haqiqatdan dolzarb mavzu bo‘lib bormoqda. Ushbu vaziyatga 
mamlakatimizda to‘ri baho berilib, qonunda belgilangan tartib asosida hal 
qilish uchun maxsus qonun meyorlari va chora tadbirlar ishlab chiqilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalari yuridik 
shaxslarni tugatishning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini to‘liq 
mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat bo‘lsa, shu singari 
mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan qishloq xo‘jalik 
korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda esa yuridik shaxsni 
tugatishda mazkur sohaning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib 
huquq normalari belgilangan.
Tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tuzish asosida tashkil qilgan 
subyektlarni tugatishning umumiy tartib taomillari O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan xamda yuridik shaxslarni 
tugatilishining ikki xil usuli ko‘rsatilgan.
Birinchisi ixtiyoriy usul bo‘lib, u quyidagi asoslarga ko‘ra amalga 
oshiriladi:
muassislar (ishtirokchilari) yoki tasis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq;
yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi bilan; uni 
tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan;
yuridik shaxsni tashkil etish choida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l 
qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud 
yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganda;
muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomonidan 
tashkilotni tugatish uchun etarli bo‘lgan boshqa sabablarni tan olishi 
bilan.
Ikkinchisi-majburiy usulda sud qarori bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra 
tugatish amalga oshiriladi:
faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirish; 
qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga oshirgan yoki 
qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo‘pol ravishda buzish 
holatlarida;


67 
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning 
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq 
kirib kelishi o‘z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli 6 oy mobaynida (savdo 
vositachilik korxonasi esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari 
bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bogliq moliya-xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirilmagan, (dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan 
mustasno) va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan etiboran bir 
yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda 
shakllantirilmagan taqdirda ham uning tugatilishiga olib kelishi haqidagi 
norma Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yildi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin