68
Shunday qilib, Qonunning 7-moddasida yuridik shaxs tashkil
etmasdan
tadbirkorlik
subyektlarining
shakllari
quyidagicha
mustahkamlangan:
-
er-xotinning umumiy mol-mulki
negizida ular tomonidan
amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
-
ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan
foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun
o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish
majburiyatini olgan oddiy shirkat;
-
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini
yuritish.
Shu o‘rinda ushbu mavzu bo‘yicha bilimlarni yanada
mustaxkamlash maqsadida qo‘yidagi savollarga e’tibor qaratsak.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday tashkil etiladi?
O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi?
Uyda o‘tirgan holda tadbirkor bo‘lish mumkinmi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qanday soliqlar undiriladi?
Yakka tartibdagi faoliyat turini tashkil qilish va tadbirkorlardan
olinadigan soliq to‘lovlari haqida mutaxassisning ta'kidlashicha, yakka
tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat
xizmatlari agentligi markazlaridan biriga
borish orqali yoki elektron
shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Bugungi kunda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun
ortiqcha hech qanday hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini
yarim soat yoki uzoi bilan bir soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib
tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin.
Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun joylarda
tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazida, ish haqi bazaviy hisoblash
miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi,
agar tadbirkor
elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash
miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi kabi tartiblar joriy
etildi.
Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million
69
so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.
Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan,
biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar,
tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga
o‘tkaziladi.
Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1
milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik
shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib,
Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi
tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi
tadbirkorlar uchun
alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.
Bugungi kunda YaTT lar uchun qanday imtiyozlar mavjud:
YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida
soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan
YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.
Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shuullansa (ya'ni
bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun
alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy
hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq
to‘lashi belgilangan.
YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha
ishchi
yollash imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan
shuullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan
shuullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021 yildan boshlab kiritilgan
o‘zgarishlarga asosan yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida
yollangan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
soligi (daromadning 12 foizi miqdorida) undiriladi. Ma'lumot uchun,
hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shuullanishi mumkin.
2011 yil 6 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi
tadbirkorlar shugullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.
Avvalroq, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini
olish maqsadida davlat organlari tomonidan
tadbirkorlarni nazorat
70
qilishning aniq 4 xil shakllari mavjudligi, bundan tashqari tadbirkorlik
faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari
ro‘yxati shakllantirilishi ma'lum qilingandi.
Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha yagona Tadbirkorlik
kodeksi ishlab chiqilishi va kodeksda tadbirkorlikka
oid litsenziyalash,
ruxsatnoma berish, yer ajratishga doir masalalar ham aniq tartibda
belgilanishi haqida ma'lumot berilgandi.
Dostları ilə paylaş: