Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-Bob. TADBIRKORLIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3-Bob. TADBIRKORLIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR 
FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISHNING 
HUQUQIY ASOSLARI 
1. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini qayta tashkil etish 
tushunchasi va uni amalga oshirish usullari.
2. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini tugatish tartibi va 
asoslari. 
1. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini qayta tashkil 
etish tushunchasi va uni amalga oshirish usullari. 
Uumumiy qoidaga ko‘ra, yuridik shaxsning faoliyati qayta tashkil 
etish yoki tugatish natijasida bekor bo‘ladi.
Qayta tashkil etish, ilgari mavjud bo‘lgan korxonaning bekor 
qilinishi va yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik faoliyatini davom 
ettirilishi demakdir. Korxona, u yoki bu ma’noda boshqa huquq va 
majburiyatlar oluvchisi (yangi huquq subyekti), yangi yuridik shaxs 
tomonidan amalga oshiriladi. Tugatishdan farqli o‘laroq, qayta tashkil 
etishda mulk saqlanadi, tadbirkorlik va mulkiy huquq va majburiyatlar 
ham mavjudligini yo‘qotmaydi. Ishlab chiqarish bo‘linmalari ham yo 
qisqargan, yoki yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta 
tashkil etish har doim huquqiy vorislik bilan bog‘liq, ya’ni mulkiy va 
boshqa huquq (majburiyat)larning bekor qilingan (turini o‘zgartirgan) bir 
huquq subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga 
o‘tadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, unga mulk huquqi 
asosida tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga 
o‘tadi. Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shundan 
iborat bo‘ladi. 
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari 
uning faoliyatini davom ettiradi. SHu bilan bog‘liq ravishda oxir oqibatda 
barcha huquq va majburiyatlar to‘liq o‘tishi lozim. Ular qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxsning universal huquqiy vorisi, topshirish hujjati, 
xuddi shuningdek, taqsimlash balansida qayd qilingan yoki qilinmagan 
bo‘lsa ham, uning barcha huquq va majburiyatlarining vorisi bo‘lib 
qoladi. 


76 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasida 
qayta tashkil qilishning beshta shakli berilgan. Unga ko‘ra, 
- qo‘shib yuborish (ikki va undan ortiq yuridik shaxslar bir shaxsga 
aylanadi);

qo‘shib olish (bir yoki bir necha yuridik shaxslar boshqasiga 
qo‘shiladi); 

bo‘lish (yuridik shaxs o‘z faoliyatini to‘xtatib, ikki va undan 
ortiq yuridik shaxslarga bo‘linadi);

ajratib chiqarish (yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha 
yuridik shaxslar ajraladi, bunda avvalgi yuridik shaxs ham mavjud bo‘lib 
qolaveradi);

o‘zgartirish (bir tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs 
boshqa shakldagi yuridik shaxsga o‘zgaradi). 
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish umumiy qoidalarga asosan 
ixtiyoriy ravishda – uning ta’sischilarining (qatnashchilarining) yoki 
ta’sis etilgan hujjatlar bilan vakolatga ega bo‘lgan yuridik shaxs organi, 
masalan a’zolarning umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshirilishi
mumkin. Qo‘shib olish, qo‘shib yuborish yoki o‘zgartirish shakllaridagi 
ixtiyoriy qayta tashkil etish qonunda belgilanganidek, davlat 
organlarining oldindan olingan roziligi asosida amalga oshiriladi. 
Masalan, bunday rozilikni tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 
keltirib chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ustidan nazorat qiluvchi 
monopoliyaga qarshi davlat organidan ham olish talab qilinadi. Ba’zan 
yuridik shaxsni qayta tashkil etishda uning xohish-irodasidan chetga 
chiqilishi mumkin. Bu to‘g‘ridan-to‘gri qonunda belgilangan holatlarda, 
yuridik shaxsni qayta tashkil etishning uning tarkibidan bir yoki bir nechta 
yuridik shaxslarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish turlari vakolatli davlat 
organlari yoki sud qarori bilan majburiy amalga oshiriladi.
Qayta tashkil qilishning barcha sanab o‘tilgan shakllarini ikki 
guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga, taqsimlash balansi bilan rasmiylashtiriluvchi 
bo‘lish va ajratib chiqarish shakli kiradi.
Ikkinchi guruhga, topshirish hujjati bilan rasmiylashtiriluvchi 
qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va o‘zgarish shakllarini kiritish mumkin. 


77 
Ushbu hujjatlar bilan yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquq 
va majburiyatlarining hajmi aniqlanadi. 
Yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish jarayonida “taqsimlash 
balansi” va “topshirish hujjati”ning ahamiyati juda katta, chunki u qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘zidan oldingisiga nisbatan bo‘lgan 
munosabatlarida, xususan berilgan molmulkka egalik huquqining tarkibi 
va hajmiga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Taqsimlash 
balansi va topshirish hujjati, kimga, ayni qaysi huquq va majburiyatlar 
o‘tishi kerakligini aniq belgilab berishi zarur. Bu hujjatlarda qayta tashkil 
qilingan yuridik shaxs majburiyatlarining butun majmuini, shu bilan bir 
qatorda bajarish muddati kelmagan, qayta tashkil qilingan shaxs 
bahslashayotgan majburiyatlarni ham kiritish, qayd etish kerak.
Taqsimlash balansi va topshirish hujjati qayta tashkil qilish haqida 
qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan albatta tasdiqlanib, tegishli 
hujjatlar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun havola qilinadi. Bular 
qayta tashkil qilingan shaxsning ta’sischilari, yoki uni yaxshi biladigan 
(o‘z xohishi bilan qayta tashkil qilishda), yoki vakolatli davlat organi 
(qonunda ko‘zda tutilgan, majburiy tashkil qilish hollarida) bo‘lishi 
mumkin. Ushbu qoidalarga rioya qilinishi qayta tashkil etilayotgan 
yuridik shaxsning huquqiy munosabatlariga to‘la aniqlik kiritib, yuridik 
shaxsni qayta tashkil qilish jarayonida kreditorlarining manfaatlarini 
ko‘zda tutib, ularning talablarni yo‘qolib ketmasligi uchun o‘rnatilgan. 
Taqsimlash balansi bo‘yicha mol-mulkka kelib qo‘shilishi (aktiv) 
yoki undan chiqib ketishi (passiv) mumkin bo‘lgan qismlari, shuningdek 
joriy yilda yuridik shaxsdan topshirgunga qadar bo‘lgan muddat 
davomida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlar ham hisobga olingan 
holda topshiriladi. Asosiy va oborotdagi mablag‘lar ularni topshirish 
haqida qaysi chorakda qaror qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha chorakning 
moliyaviy rejasi ko‘rsatilgan miqdorda topshiriladi. Topshirish haqida 
qaror qabul qilingandan keyin ularni o‘zgartirish mumkin emas. Qaror 
qabul qilingandan keyin o‘zlashtirilgan asosiy va oborotdagi mablag‘lar 
ularni qabul qilib oluvchi tarafga qaytarib berilishi lozim. 
Topshiriladigan mol-mulk inventarizatsiya qilinadi va bu topshirish 
hujjatida yoki taqsimlash balansida ko‘rsatib qo‘yiladi. 


78 
Qayta tashkil qilish vaqtida qayta tashkil qilinayotgan korxonaga 
ega bo‘lgan debitor va kreditorlik qarzlarining butun miqdori (shu 
jumladan, sotib oluvchi va ta’minotchilarning ish haqi bo‘yicha qarzlari, 
hisob beruvchi shaxslardan, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha), taqsimlash balansi yoki 
topshirish hujjatiga muvofiq, uning huquqiy vorislariga o‘tadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil qiluvchi 
fuqarolik huquq va majburiyatlar yuridik faktlar asosida vujudga keladi. 
Ushbu huquq va majburiyatlarni nafaqat vujudga kelishi, shuningdek 
ularning o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi ham qonun va boshqa huquqiy 
hujjatlarga asosan yuridik faktlar bilan bog‘liqdir. Fuqarolik Kodeksining 
8-moddasida amaliyotda uchrab turadigan yuridik faktlar inobatga 
olingan holda, fuqarolik huquq va burchlarning vujudga keltirish asoslari 
berilgan.
Qayta tashkil etish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan huquq va 
majburiyatlarning yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs(huquqiy 
voris)ga o‘tishi masalasi mukammal o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, huquqiy munosabatlar ularning 
vujudga kelishidan boshlanib, uning bekor qilinishi bilan tugaydi. Mana 
shu chegara oralig‘ida huquqiy munosabatlar yuzaga keladi, harakatda 
bo‘ladi. Bu harakat davomida huquqiy munosabatlar mazmun jihatdan 
o‘zgarsada, o‘zining ayrim xususiyatlarini saqlab qolgan holda mavjud 
bo‘ladi va davom etadi.
Huquqiy munosabatlarda majburiyatga ega bo‘lgan subyektlarning 
o‘zgarishi kreditor almashganda (huquq subyekti), qarzdor almashinuvida 
(fuqarolik huquqiy majburiyatlar subyekti) ro‘y beradi, shuningdek 
subyektning ikki yoqlama majburiyatlarda ishtirok etishi, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida ham kreditor ham karzdor bo‘lishi mumkin. Demak, 
huquqiy munosabat doirasida yuridik shaxslarning vujudga kelishi yoki 
bekor bo‘lishigina emas balki, mavjud davr oralig‘ida tarkib jihatdan 
yuzaga keladigan o‘zgarishlarni (qayta tashkil etish) ham hisobga olishga 
to‘gri keladi. 
Fuqarolik 
huquqi 
nazariyasida 
asosiy 
e’tibor 
huquqiy 
munosabatlarning paydo bo‘lishi va bekor bo‘lishiga qaratilib, huquqiy 


79 
munosabatlarning o‘zgarishi hamda qayta tashkil etish to‘g‘risida, 
ayniqsa huquqiy vorislik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan masalalar kam 
tadqiq qilingan muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy vorislik bu 
subyektiv huquqning bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o‘tishidir. Huquq 
beruvchidan huquqiy voris (subyekt)ga subyektiv huquqning berilishi 
natijasida huquqiy munosabatlarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Ta’kidlash lozimki, huquqning bir shaxsdan boshqa shaxsga 
o‘tishida, dastlabki huquq subyektning huquq va majburiyatlari hamda 
unga nisbatan qo‘yilgan talablar bilan birgalikda o‘tadi. SHuning uchun, 
huquqiy vorislik ko‘lamini qo‘llash keng va ko‘p qirralidir. Huquqiy 
munosabatlar subyekti tarkibini o‘zgartirishda har doim huquq bir 
shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o‘tadi. Bunda eski va yangi huquqiy 
munosabatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Huquqiy vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil etishda kelib chiqadi, 
qayta tashkil etishda yuridik shaxs o‘zining huquqiy vorislari timsolida 
mavjud bo‘ladi va harakat qiladi. Bu qayta tashkil etilgan yuridik shaxs 
kreditorlari uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. 
Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, huquqiy vorislik kelib chiqqan 
holatda fuqarolik-huquqiy tartibga solishning vazifalari qo‘yidagi 
zaruratlardan kelib chiqadi: 
1) Barcha huquq va majburiyatlarni to‘liq yuklash, qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxs faoliyatini, uning huquqiy vorisiga o‘tishi; 
2) Bu majburiyatlarni va ular buzilganligi uchun javobgarlikni 
qayta tashkil etilgan yuridik shaxs huquqiy vorislariga, uning faoliyati 
qanday bo‘lingan bo‘lsa, shunday aniqlikda bo‘lib berish; 
3) Kreditorlarga 
qayta 
tashkil 
etilgan 
yuridik 
shaxs 
majburiyatlari oldida majburiyatli va javobgar bo‘lgan uning huquqiy 
vorislarini topishni engillashtirish. Bunday tadbirlar zoya ketgan taqdirda, 
barcha huquqiy vorislarga nisbatan solidar javobgarlikni qo‘llash lozim. 
Huquqning ijtimoiy ahamiyati ham shundan iborat, ya’ni fuqarolik 
muomalasida barqarorlik bo‘lishi zurur. Bunday sifatlarga faqat 
mustahkam qonunchilik tufayligina erishish mumkin bo‘ladi. Bu esa 
tegishli ravishda huquqiy munosabatlar subyektlarining mustaqilligini, 
qayta tashkil etish holatida tomonlarning o‘zgarishi, korxonaga huquq va 


80 
majburiyatlarning o‘tishi bilan ular faoliyatini davom ettirishi huquqiy 
vorislik bilan aniqlashtiriladi. (O‘zR FKning 50-moddasi) Fuqarolik 
kodeksining 82moddasiga ko‘ra dastlabki xuquq subyektiga tegishli 
bo‘lgan “fuqarolik huquqlarining ob’ektlari erkin suratda boshqa 
shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, 
yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar 
ular muomaladan chiqarilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 
o‘tishi mumkin”. 
Yuridik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, huquqiy vorislik umumiy 
(universal) va qisman (singulyar) turlarga ajratiladi. Universal huquqiy 
vorislikda ma’lum huquq va majburiyatlarning jami o‘tadi. Masalan, bir 
necha yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda, yangi tashkil bo‘lgan 
yuridik shaxsga universal vorislik tartibida oldingilarning barcha huquq 
va majburiyatlari o‘tadi. Universal huquqiy vorislikning predmetini 
huquqni qabul qilib oluvchi (yangi huquq subyekti)ga o‘tadigan huquq va 
majburiyatlar yig‘indisi tashkil qiladi. 
Huquqiy vorislik o‘z ichiga muayyan huquq va majburiyatlarni 
qamrab oladi. Huquqiy vorisga ma’lum huquq va majburiyatlar 
majmuasini berish bilan birga ma’lum shaxsda mavjud bo‘lgan huquq va 
majburiyatlar yig‘indisining o‘tishi, ya’ni universal huquqiy vorislik 
muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra singulyar 
(qisman) huquqiy vorislik, ya’ni huquq va majburiyatlar bir qismining 
huquqiy vorisligidan farq qiladi. 
Universal huquqiy vorislikda shaxs huquq va majburiyatlari 
yig‘indisi sifatida, unga tegishli bo‘lgan molmulk huquqiy vorisga yoki 
huquqiy vorislarga to‘liq ravishda o‘tadi. Ya’ni, mol mulk bir korxonadan 
ikkinchisiga o‘tganda mulk bilan birga qayta tashkil etilgan korxona 
zimmasidagi huquq va majburiyatlar yuklanadi. Ayni shunday holatlar 
universal huquqiy vorislik holatlariga taalluqli bo‘lib, bunda huquq 
subyektivligining to‘liq vorisligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Fuqarolik kodeksining 51-moddasini quyidagicha tartibda ham 
sharhlash mumkin: ya’ni, yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida 
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning mulkka oid huquq va 
majburiyatlarini o‘tish vaqti uning muassislari yoki qayta tashkil etish 


81 
to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tomondan topshirish hujjati va 
taqsimlash balansida imzolangan va tasdiqlangan sana hisoblanadi. 
Topshirish hujjati bilan taqsimlash balansini ular yuridik tabiati va 
mazmuniga ko‘ra korxonaning ustavi va nizomiga tenglashtirish mumkin.
SHuning uchun qayta tashkil etishda topshirish hujjati yoki taqsimlash 
balansi tuzilgunga qadar inventarizatsiya dalolatnomasi, buxgalteriya 
balansi, mustaqil auditorning korxona tarkibi va mol-mulki to‘g‘risidagi 
xulosasini, shuningdek kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati, 
miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritilgan 
barcha qarz (majburiyat)lar ro‘yxatini tomonlar tuzgan va ko‘rib chiqqan 
bo‘lishi kerak.
Lekin taqsimlash balansi va topshirish hujjatini nizosiz hujjat deb 
bo‘lmaydi. Bunday holatlar yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar 
sud tartibida hal etiladi.
Ko‘rib chiqilayotgan qayta tashkil etish va huquqiy vorislik 
to‘g‘risidagi normalar tushunchalari vaqtga va mazmuniga chambarchas 
bog‘liqlikda tahlil qilinishi lozim. Birinchidan, hech kim topshirish hujjati 
va 
taqsimlash 
balansini 
tasdiqlovchi 
yuridik 
shaxs 
muassisi 
(ishtirokchisi)ning qayta tashkil etish haqidagi qarorini o‘zgartirish yoki 
bekor qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtigacha cheklab 
qo‘ya olmaydi. Muassisning bu huquqi qonunga zid bo‘lmaydi va qayta 
tashkil etishning huquqiy tabiatiga to‘liq to‘gri keladi; ikkinchidan, agar 
topshirish hujjati va taqsimlash balansida yuridik shaxsning 
majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar bo‘lmasa, 
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad 
etilishi mumkin. Shunday qilib, Fuqarolik kodeksida huquqiy vorislik 
ob’ektini aniqlashda qonun chiqaruvchini yondashishiga e’tiborni 
qaratish kerak.
Qayta tashkil etilgan korxona huquqiy vorislari universal huquqiy 
voris bo‘ladilar, bu haqda topshirish hujjati va taqsimlash balansida qayd 
etilgan yoki etilmagan bo‘lsada, ular huquq va majburiyatlarni o‘z 
zimmalariga oladilar. Demak, vorislik huquqining mazmunini mol-
mulkni topshirish hujjati va uni taqsimlash balansi tashkil etadi. 


82 
Har bir huquqiy voris mulkdor yoki tadbirkorlik yuritish, operativ 
boshqarish tarzida o‘tuvchi molmulk tarkibi (mulkiy huquq va 
majburiyatlar), mulkdor yoki ular tomonidan vakil etilgan organ 
tomonidan belgilanib, taqsimlash balansi va topshirish hujjati orqali 
aniqlashtiriladi. Xuddi shunday tartibda mulkiy huquqlarning o‘tish payti 
belgilanadi. Berilayotgan molmulk tarkibiga kiruvchi alohida ob’ektlar 
yuzasidan kelib chiqqan nizolar, mulkdorlar tomonidan mazkur hujjatlar 
asosida hal etiladi. 
Singulyar tartibda vorislarga huquqning belgilangan ma’lum qismi 
o‘tishi mumkin. Singulyar vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil qilishda 
istisno sifatida qo‘llanishi mumkin. 
Huquqiy munosabatlarda ishtirokchilarning almashinishi, ayniqsa 
majburiyatda shaxslarning o‘zgarishi, protsessual huquqiy vorislikka yoki 
boshqa protsessual oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar sudda 
tadbirkorlik nizolarini hal qilishda bir tomonning o‘rniga boshqa 
tomonning protsessda ishtirok etishi lozim bo‘lsa, ya’ni nizolashayotgan 
tarafni aniqlab javobgarlik choralarini qo‘llashda protsessual huquqiy 
vorislik muhim o‘rin tutadi. 
Amaldagi qonunchilikka, xususan, O‘zbekiston Respublikasi 
IPKning 46-moddasiga muvofiq, protsessual huquqiy vorislik 
taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy 
munosabatdan chiqib ketgan hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil 
etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, 
qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va 
majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni 
uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. 
Huquqiy vorislik iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday 
bosqichida amalga oshirilishi mumkin. 
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida sud ajrim 
chiqaradi. 
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan 
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. 


83 
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin iqtisodiy sud 
ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zidan 
davom ettiriladi. 
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga 
oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan 
shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham 
shu darajada majburiy bo‘ladi. 
Ta’kidlash lozimki, huquqiy vorislik uchun u protsessga 
kirishgunga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorislarga 
o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, 
protsessdagi huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir.
Fuqarolik kodeksining 52-moddasida “yuridik shaxs qayta tashkil 
etilganida kreditorlar huquqlarining kafolatlari”ga alohida e’tibor 
berilgan. Chunki yuridik shaxs bo‘lingach, yoki ajralib chiqqach ular 
mulkiy jihatdan zaif bo‘lgan vorisga tushib qolishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. Qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish kreditorlar sonining 
ko‘payishiga olib keladi. Bu esa kreditorlarga xavf soladi, qarzdor mulki 
ko‘paymasligi, balki qarz ustiga qarz qo‘shilishi mumkin. SHu sababli 
ham qonun qayta tashkil qilish to‘grisida qaror qabul qilgan shaxslar va 
organlardan bu haqda barcha kreditorlarni yozma ravishda xabardor 
qilishlarini talab qiladi. 
O‘zgartirish natijasida tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirilishi 
yuridik shaxs qatnashchilari (ishtirokchilari)ga o‘z kreditorlari oldidagi 
qo‘shimcha mas’uliyatining barham berilishiga olib kelishi mumkin. 
Hozirgi davrda halq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlar jarayonida qayta 
tashkil etishning o‘zgartirish shaklini amaliyotda keng qo‘llanilayotgani 
fikrimizning asosli ekanligidan dalolatdir.
Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, yuridik shaxsning tashkiliy-
huquqiy shaklini o‘zgartirishda, yuridik shaxslarni qayta tashkil etishning 
bo‘linish (ajralib chiqish) va qo‘shib olish (qo‘shib yuborish) kabi 
shakllarida uchragandek, yuridik shaxsning soni ortib yoki kamaymasada, 
ushbu yuridik shaxs huquqiy holati (tashkiliy-huquqiy shakli) da mavjud 
o‘zgartirishlar sodir bo‘ladi. Bunda mulk shakllari ham o‘zgartirilishi 
mumkin. 


84 
Yuridik shaxs qayta tashkil etilsa, qaror qabul qilgan yuridik shaxs 
muassislari (ishtirokchilari) yoki organ qayta tashkil etilayotgan yuridik 
shaxsning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari 
shart ekanligi Fuqarolik kodeksining 52-moddasi 1-bandida o‘z ifodasini 
topgan. Bu qoidalar qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxs 
kreditorlarining manfaatlarini huquqiy kafolatlaydi. Bundan ma’lum 
bo‘ladiki, yuridik shaxs mustaqil tarzda mulk tarkibi mutanosibligi va 
mexanizmini aniqlashtirishi, shuningdek tegishli ma’lumotlarni 
topshirish hujjati yoki taqsimlash balansida aniq aks ettirishi lozim. 
Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning xabar berishi, o‘z 
o‘rnida kreditorga shu yuridik shaxsning qarzdor bo‘lishiga olib kelgan 
majburiyatlarini bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni hamda 
zararni to‘lashni talab qilishga imkon beradi. Lekin shunday holatlar ham 
uchrab turadiki, bir yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning 
zimmasidagi majburiyatlari uchun mas’ul bo‘lgan shaxs topilmasligi 
mumkin. Bunda kreditor qayta tashkil etishning ma’lum bir omillar bilan 
emas, tegishli talablarni aniq sabablar bilan asoslashi darkor. Shuningdek, 
qayta tashkil etish natijasida belgilangan faoliyat turi bilan shug‘ullanish 
huquqiga ruxsat ololmasligi munosabati bilan qarzdor tomonidan 
majburiyat bajarish imkoniyati bo‘lmaslik holatlari ham bo‘lishi mumkin. 
Kreditorlarning talablari xuddi shu yuridik shaxsning qayta tashkil 
etilishiga nisbatan qo‘llanib, qayta tashkil etishni olib borish faktiga 
asoslanadi. Shunday ekan, qayta tashkil etishni tomonlarning talabini 
qondirish paytigacha amalga oshirilmasligi yoki uni rad etilishiga olib 
kelishi mumkin (xususan, sud tartibi).
Yuridik shaxs kreditorlari tegishli arizasining muddati haqida 
gapirar ekanmiz, aytib o‘tilgan kreditor talablari taqsimlash balansi 
(topshirish hujjati) tasdiqlanishi vaqtigacha ko‘rib chiqish uchun so‘zsiz 
qabul qilinishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida bunday holatlar 
uchun quyidagicha qoida belgilangan. Agar taqsimlash balansi qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini (huquq va 
majburiyatlar olgan yuridik shaxs)ni aniqlash imkonini bermasa, 
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qaytadan tashkil etilgan yuridik 


85 
shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyati bo‘yicha solidar javobgar 
bo‘ladilar. 
Haqiqatdan ham, ba’zida yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, 
ayniqsa ketma-ket ikki-uchga bo‘linishida, mazkur qarz universal 
huquqiy vorislarning qaysi biriga o‘tganligini aniqlash qiyin kechadi. 
Mazkur holat bo‘yicha Fuqarolik kodeksining 251-moddasida 
belgilangan qoida qo‘llaniladi. Agar ulushli majburiyatda bir necha 
kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonunda yoki 
shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmasa, har bir kreditor 
majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga 
haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart. 
Qayta tashkil etish jarayonida vujudga kelgan yuridik shaxsning o‘z 
kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgarligini 
belgilovchi qoidalar Fuqarolik kodeksining 252, 253, 254, 255-
moddalarida ham o‘z aksini topgan. 
Agar kreditor bu qoidalardan foydalanmasa, qayta tashkil qilingan 
yuridik shaxs o‘rniga boshqa, ya’ni topshirish hujjati yoki taqsimlash 
balansiga ko‘ra aniqlangan huquqiy voris yangi yuridik shaxsga o‘tib 
qoladi. Shu sababli yuqoridagi hujjatlarning tegishli shaxs va organlar 
tomonidan tasdiqlanganidan keyin ular yangi paydo bo‘lgan yuridik 
shaxsning ta’sis hujjatlariga qo‘shib davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga 
taqdim qilinadi. Bu hujjatlar taqdim etilmasa yoki hujjatlarda qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxs huquq va majburiyatlariga nisbatan huquqiy 
vorislikka oid qoidalar aks etmagan bo‘lsa, yangidan vujudga kelgan 
yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi. Bu ham 
kreditorlar manfaatini himoya qiluvchi qoidalardan biri sanaladi.
Yuridik shaxsni qayta tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan 
ta’sischi yoki organ, bu haqda uning kreditorlarini yozma ravishda 
xabardor etishlari kerak. Bu bildirishnomani olgan har bir kreditor, qayta 
tashkil qilingan yuridik shaxs qarzdor bo‘lgan majburiyatlarini 
bajarilishini talab qilishga, shuningdek, majburiyatlarni muddatidan ilgari 
bajarish tufayli yuzaga kelgan zararni undirish huquqiga egadir. Ayniqsa, 
yuridik shaxsni qayta tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan 


86 
organning majburiyatini belgilash zarur. U soliq organlariga bu haqda 10 
kun ichida xabar qilishi kerak.
Agarda soliq organi, bildirishga qaramasdan qayta tashkil qilish 
muddati tugaguncha va taqsimlash balansi (topshirish hujjati) tuzilguncha 
qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning to‘lanmay qolgan qarzlarini 
aniqlamas ekan, keyinchalik yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta 
tashkil qilingan yuridik shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan va yangi yuridik 
shaxs tashkil qilingandan keyin aniqlangan soliq qonunlarini buzganligi 
uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bunday hollarda yangi yuridik shaxsdan 
soliq qiymatigina undirib olinadi. 
Masalan, agar yuridik shaxsning molmulki, uning qayta tashkil 
etilishi natijasida boshqasiga o‘tayotgan bo‘lsa, topshirish hujjati va 
taqsimlash balansida boshqa kreditorlar odidagi majburiyatlarni 
bajarilishi singari soliq to‘lash majburiyati ham bayon qilinishi kerak. 
Bunda soliq to‘lash majburiyatini huquqiy vorislik ob’ekti deyish 
mumkin. U qonun kuchi bilan vujudga keladi va qayta tashkil etish 
paytida mavjud bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, korxona mulkdori 
almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgargan 
hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi haqidagi 
qoidalar belgilangan. Bunda “korxona mulkdori almashganda, xuddi 
shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan, 
birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat 
munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi”. ( O‘zR. 
MKning 98-modda 1 -qism.)
Korxona egasi almashganda, ya’ni korxona qayta tashkil etilganda 
xodimning roziligi bilan bo‘lgan munosabat davom etadi. Ish beruvchi 
tomonidan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi ish o‘rinlarining 
qisqarishi natijasida amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyotda korxona mulkdori almashganda, korxona qayta tashkil 
etilganda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida har xil kelishmovchiliklar 
paydo bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1015-moddasida “hayot va sog‘liqqa etkazilgan zarar uchun belgilangan 
tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda, 


87 
tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasiga 
yuklanishi hamda zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabnoma ham 
unga taqdim etilishi” mustahkamlangan. Amaliyotda “qayta tashkil etish” 
tushunchasini faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik yurituvchi 
subyektlarga nisbatan qo‘llay olmaymiz. Masalan, Fuqarolik kodeksining 
67-moddasi mazmuniga muvofiq, asosiy tadbirkorlik jamiyati va shirkati 
sho‘ba tadbirkorlik jamiyatining ustav fondida unga nisbatan ustunlik 
mavqeiga ega bo‘ladi. Vaholanki, sho‘ba jamiyati yuridik shaxs 
hisoblansada, o‘zi mustaqil qarorlar qabul qila olmasligi uchun qayta 
tashkil etish taomilini qo‘llab bo‘lmaydi.
Shuningdek, korxona tarkibida bir yoki bir necha tarkibiy 
bo‘linmalarning barpo etish yo‘li bilan yangi korxona tashkil etilmaydi, 
chunki qayta tashkil etish jarayonining subyekti yuridik shaxs huquqiga 
ega bo‘lgan korxona sanaladi.
Xususiy tadbirkor jismoniy shaxs ham qayta tashkil etilmaydi. 
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda tadbirkorlik faoliyati tugatish 
yo‘li bilan to‘xtatiladi.
Korxonani qayta tashkil etishdan uning predmet va faoliyatini 
o‘zgartirishni farqlash zarur. Bunda u korxona mulkdori (ta’sischisi) 
tomonidan mavjud bo‘lgan yuridik shaxsi doirasida amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlik jamiyati Ustav fondining o‘zgarishi korxonaning qayta 
tashkil etilishini anglatmaydi. 
Bugungi kunda yangi qonuning 5-moddasiga o‘zgartirish kiritildi 
va aksionerlik jamiyatining shakllari tugatildi. 2014 yil 6 may, O’RQ-
370-son. Ushbu Qonun «Xalq so’zi» gazetasining 2014 yil 7 maydagi 88 
(6018)-sonida e’lon qilingan. 
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘grisida fikr 
yuritgan huquqshunos olimlar har qanday vaziyatda bo‘lmasin, yuridik 
shaxs faoliyatini bekor qilishga olib keluvchi bu ikki tartib haqida so‘z 
yuritadigan bo‘lsalar, albatta ularning har birini alohida eslab o‘tadilar. 
Demak, bu ikki yuridik fakt yuridik shaxsning faoliyat yuritishiga u yoki 
bu darajada ta’sir etishi tufayli bir-biri bilan bogliq jihatlarga ega. 
Qayta tashkil etish institutini tadbirkorlik yuritish amaliyotida 
qo‘llash yordamida: birinchidan, fuqarolik muomalasining barqarorligi 


88 
saqlanib qoladi; ikkinchidan barcha huquq va majburiyatlar majmuining 
huquqiy vorisligi ta’minlanadi; uchinchidan, shartnomaviy va 
tadbirkorlik aloqalari erkinligi ta’min etiladi; to‘rtinchidan, kreditorlar 
huquqlari maksimal darajada kafolatlanadi; beshinchidan, qo‘shimcha 
soliq to‘lash zarurati yo‘qoladi; oltinchidan, vaqtinchalik xarajatlar 
qisqaradi; ettinchidan, ayniqsa qayta tashkil etishning o‘zgartirish 
shaklini qo‘llash samarasining yuqoriligi shundaki unda ishlab chiqarish 
kapitali, moddiy vositalar, asosiy va oborotdagi fondlar to‘liq saqlanib 
qoladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin