Nazorat savollari:
1. Tadbirkorlik subyektini qayta tashkil etish usullarini sanab o‘ting.
2. Tadbirkorlik subyektini qayta tashkil etish tartibi nimalardan
iborat?
3. Tadbirkorlik subyektini tugatish asoslariga nimalar kiradi?
4. Tadbirkorlik subyekti qachondan boshlab tugatilgan hisoblanadi?
101
4 BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BANKROTLIGI
1.
Bankrotlik tushunchasi va uning normativ huquqiy asoslari.
2.
Sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv va sud sanatsiyasi.
3.
Tashqi boshqaruv.
4.
Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash, uni
hal etish.
5.
Qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotligi
xususiyatlari.
6.
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari.
7.
Bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar
1. Bankrotlik tushunchasi va uning normativ huquqiy asoslari
Bankrotlik, (ital. — singan kursi), sinish — fuqaro, korxona, firma
yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha
qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-
mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar) ga haq toʻlash
yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi,
shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni
taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning
yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini
qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. Iqtisodiy
inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib
ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida
B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan
eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga
kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib
beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi.
Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya
tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi
(soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor
iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga
102
sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi
va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb
eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini
qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va
jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi
OʻzRning 1994-yil 5-mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida"
Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti
mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga
nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.
Professor I.G. Kukukinaning fikricha, toʻlovga layoqatsizlik - bu
“...tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qarz
majburiyatlarini bajara olmaydigan va mustaqil ravishda toʻlov
qobiliyatini tiklay olmaydigan moliyaviy ahvoli. Agar tashkilot teskari
ta'sirga ega bo‘lsa, unda qaytarib bo‘lmaydigan to‘lovga layoqatsizlik
yuzaga keladi". V. G. Zolotogorovning taʼkidlashicha, “... toʻlovga
layoqatsizlik (bankrotlik) - bu qarzning toʻlovga layoqatsizligi, yuridik
yoki jismoniy shaxsning mablagʻlar yetishmasligi sababli oʻz qarz
majburiyatlarini toʻlashdan bosh tortishi. Bu kreditorlarning talablarini
qoplash uchun mol-mulkni sotish bilan birga faoliyatning yopilishiga yoki
majburiy tugatishga olib keladi”. Eng aniq ta'rifni professor N. A.
Breslavtseva bergan. U “...bankrotlik - bu kreditorlar va qarzdor o‘rtasida
yuzaga kelgan ziddiyatni hal qilishning tsivilizatsiyalangan shakli bo‘lib,
ma'lum darajada ikkalasining manfaatlariga rioya qilishga imkon beradi,
chunki bankrotlik protsedurasi tugagandan so‘ng, sobiq qarzdor.
majburiyatlardan ozod qilinadi va yana tadbirkorlik qilish imkoniyatiga
ega bo‘ladi va kreditor o‘z navbatida sarflangan mablaglarning bir
qismini oladi»
30
.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi
tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni
tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12-apreldagi yangi
taxrirdagi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida” gi O‘RQ–763-son Qonuni
30
Solovieva, A. A. Yuridik shaxslarning to'lovga layoqatsizligi (bankrotligi) tushunchasi va belgilari / A.
A. Solovieva. - Matn: to'g'ridan-to'g'ri // Yosh olim. - 2018. - No 50 (236). — S. 282-284. — URL:
https://moluch.ru/archive/236/54844/ (kirish sanasi: 30.08.2022).
103
asosida, va O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy prosessual kodeksi
talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Qonun 14 bob va 249
moddadan iborat. Qonunning oxirgi bobi – 2023 yil 1 yanvardan kuchga
kiradi. Ushbu qonunning 3-moddasida
31
bankrot deb, sudning qaroriga
asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga
doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan
qarzdor tushunchasi berilgan.
Qonun yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka
tartibdagi
tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi
munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari davlat muassasalariga va
boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan
matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga
oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.
Ushbu qonun quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi: bankrot,
to‘lovga qobiliyatsizlik, qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish,
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, kelishuv bitimi, kreditorlar, bir turdagi
kreditorlar va boshqalar.
Qonun bilan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari hamda to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqadigan organ belgilangan.
Bunday ish sud tomonidan sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan
shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat
ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki)
yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan Iqtisodiy
prostessual kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Yuqoridagi qonunning normalari quyidagilarni belgilaydi:
to‘lovga
qobiliyatsizlik
to‘grisidagi
ishni
yuritish
ishtirokchilarining, kreditorlar yigilishining, jamoat birlashmalarining,
sud boshqaruvchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
to‘lovga
qobiliyatsizlik
tartib-taomillari;
to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi; to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qarzdor rahbarining va boshqa
31
“To’lovga qobiliyatsizlik to’grisida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2022 yildagi
O‘RQ-763-son
104
shaxslarning javobgarligi; kelishuv bitimini tuzish tartibi; qarzdor yuridik
shaxslarning ayrim toifalari to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos
xususiyatlari;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi.
Mazkur qonunning 7-moddasiga ko‘ra, qarzdor pul majburiyatlarini
bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish
huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.
Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini
ko‘rsatishi mumkin.
Qarzdor soliqlar va yigimlar bo‘yicha majburiyatlarini
bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish
huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan yoki pul
majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan
yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlar
bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega
bo‘ladi.
Qarzdor bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ushbu qonunning 8-
moddasiga asosan sudga murojaat qilishga xamda mazkur qonunning 5-
moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda
qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza
bilan sudga murojaat etishga haqliligi belgilangan. Agar ushbu Qonunda
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs o‘z
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki molmulki egasining qarori
yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori
asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Bankrotlik holatiga tushgan tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining
to‘lovga qobiliyatsizlik ekanini qonuniy asoslash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining itisodiy sudiga murojaat qilishga haqlidir.
105
Iqtisodiy prostessual kodeksga asosan iqtisodiy sudlar buyruq
tartibidagi, da’vo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni ko‘rib
chiqish tartibini belgilaydi. Iqtisodiy sudlar agarda
O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar (1-modda
Dostları ilə paylaş: |