Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv va sud sanatsiyasi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2-§. Sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv va sud sanatsiyasi
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari va sudgacha sanastiya 
qilish. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari - qarzdor yuridik 
shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishda 
quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi: kuzatuv; sud sanastiyasi; tashqi 
boshqaruv; tugatishga doir ish yuritish.


109 
Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi 
ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi: qarzni 
tarkibiy jihatdan o‘zgartirish; bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi 
to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-
taomili qo‘llaniladi.
Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar suddan tashqari 
bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanastiya qilishni, yoki qarzdorni 
ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) o‘z ichiga olishi 
mumkin.
Sudgacha sanastiya qilish - sudgacha sanastiya qilish to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilguniga qadar amalga oshiriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 5-moddasi birinchi 
qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga 
kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga 
(ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdor mol-mulkining 
egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning 
muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki 
egasining qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi arizasi 
sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan 
soglomlashtirishga qaratilgan choratadbirlar ko‘riladi. Qarzdorni 
moliyaviy jihatdan soglomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor 
bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan 
ham ko‘rilishi mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishga oid huquqiy munosabatlarning ob’ekti 
va subyektlari mavjud bo‘lib, ular sudgacha sanastiya qilishning ob’ekti 
qarzdor yuridik shaxs bo‘lishi va sudgacha sanastiya qilishning 
subyektlari 
sifatida 
qarzdor 
yuridik 
shaxsning 
muassislari 
(ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa 
shaxslar bo‘lishi mumkin.
Sudgacha 
sanastiya 
qilishning 
asosiy 
chora-tadbirlari 
quyidagilardan iborat:


110 
 
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki 
qisman sotib olish; ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot 
chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish; chetdan yuqori malakali 
mutaxassislarni jalb etish;
 
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish; qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda 
faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
 
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga 
to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash yoxud qarzlardan chegirma berish to‘grisida qarzdor va kreditorlar 
o‘rtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
 
soliqlar hamda yigimlarni to‘lashni va kreditlarni qaytarishni 
sudgacha sanastiya qilish muddatiga kechiktirish; qarzdor yuridik shaxsni 
qayta tashkil etish.
Sudgacha sanastiya qilish tartib-taomilida boshqa chora-tadbirlar 
ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan 
holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshirilishi 
mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan 
holda o‘tkazish tartibi qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Masalan, sudgacha sanastiya qilish qarzdorga davlat tomonidan 
yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat 
ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib 
qo‘yilib, so‘mlardagi va (yoki) valyutadagi sanastiya hisobvaragi 
ochiladi. Sanastiya hisobvaragidan foydalanish tartibi qonunchilikda 
belgilanadi.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan 
holda o‘tkazish muddati o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga 
joriy etiladi. Agarda davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha 
sanastiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlangan holda ushbu 
muddat bekor qilinishi mumkin.


111 
Kuzatuv institutining joriy etilishidan ko`zlangan maqsad, 
kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon-taroj 
qilinishini oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga 
oshirishdan iborat. Kuzatuv 78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy 
etish - to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganda kuzatuv 
tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani ish yuritishga 
qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etadi. Bundan ushbu Qonunga 
muvofiq qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-
taomili qo‘llanilishi kerak bo‘lgan hollar mustasno. To‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilgan taqdirda sudning arizani ish 
yuritishga qabul qilish to‘grisidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy 
etilganligi ko‘rsatiladi.
Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - kuzatuv tartib-
taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran: mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro 
hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, bundan ish haqi bo‘yicha, 
mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha 
qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sogliqqa 
etkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensastiya 
qilish to‘grisidagi, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar 
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro 
etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini 
ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi; qarzdor yuridik shaxs 
muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari 
(ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-
mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish 
taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qogozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa 
to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi.
Qarzdordan pul mablaglarini olish to‘grisidagi talablar qarzdorga 
talablar qo‘yishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan 
tartibiga rioya etilgan holda qo‘yilishi mumkin.


112 
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan 
e’tiboran, qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni 
bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama o‘zgartirishga, agar 
bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo‘lsa ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha 
kelishmovchiliklar 
bo‘lgan 
taqdirda, 
qarzdor 
kontragentining 
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘grisidagi talabi sud 
tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish doirasida ko‘rib 
chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish jarayonida 
qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar 
bajarilishining kechikishini bartaraf etishi mumkinligi to‘grisida dalillarni 
(fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa kreditor yoki uchinchi 
shaxs tomonidan majburiyatlarning ta’minlanishi shunday dalillar sifatida 
qabul qilinishi mumkin) taqdim etgan taqdirda, sud shartnomani 
o‘zgartirishni yoki bekor qilishni rad etishga haqli.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi sud 
sanastiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini yoki tashqi boshqaruv 
rejasini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, sud kreditorlar 
yigilishi o‘tkazilishini shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish 
to‘grisidagi talab ko‘rib chiqilguniga qadar kechiktirishga haqlidir.
Talablarni o‘zaro hal etishda qarzdorning pul majburiyatlarini 
qarama-qarshi muqobil talabni o‘zaro hal etish orqali tugatishga, bundan 
ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, 
faqat quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar: qarzdor va kreditorning pul 
majburiyatlari bo‘yicha talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan bo‘lsa; qarzdor va 
kreditorning pul majburiyatlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish 
yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan 
va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa 
yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi Qonunning 150 va 185-
moddalari qoidalari o‘zaro talablarni ko‘rib chiqishda inobatga 


113 
olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish to‘grisida ma’lum 
qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan 
e’tiboran kuchga kirgan, ya’ni majburiyatni bajarish muddati o‘tgan 
paytdan e’tiboran majburiyatlar, to‘lash uchun ariza tushgan-
tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qat’i nazar, 
tugatilgan deb hisoblanadi.
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni 
o‘zaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, 
agar: qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilgandan 
keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari bo‘yicha talablari (yoki qarzdorga 
nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga 
olib kelsa; qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari bo‘yicha 
talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilguniga qadar 
insofsizlik bilan olingan bo‘lsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs 
qarzdorda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan 
yoki bilishi kerak bo‘lgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan bo‘lsa, 
u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni isbotlash 
talab qilish huquqini sotib oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar 
majburiyatdagi shaxs o‘zgarganligi natijasida talablar qarama-qarshi 
talablarga aylangan bo‘lsa, ularning yuzaga kelish vaqti bunday o‘zgarish 
sanasidan ilgari bo‘lishi mumkin emas.
O‘zaro hisob-kitob orqali qarama-qarshi muqobil talab qilish 
to‘grisidagi ariza kreditor, qarzdor yoki tugatish boshqaruvchisi 
tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdorning qarama-qarshi muqobil talabini o‘zaro hal etish orqali 
pul majburiyatlarini tugatish to‘grisidagi nizolar ushbu Qonunning 60-
moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar 
o‘zaro hisob-kitoblarning shartlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ish qo‘zgatilguniga qadar olti oy ichida yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘zaro 
hisob-kitob yuzasidan faqat kreditorlarning insofsiz harakatlari sodir 
etilgan taqdirda nizolashish mumkin.
Agar qarzdorning talablari qiymatidan ancha past narx bo‘yicha 
olinganligi, 
shuningdek 
shaxsning 
majburiyatlari 
oqilona 
pul 
kompensastiyasisiz (shu jumladan qarzni o‘tkazish orqali) zimmaga 


114 
olinganligi oxir-oqibatda qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatilishiga sabab bo‘lsa, bu kreditorning insofsizligi 
dalili bo‘lishi mumkin.
Kuzatuv 
tartib-taomili 
jarayonida 
qarzdor 
huquqlarining 
cheklanishi - kuzatuv tartib-taomilining joriy etilishi qarzdorning 
rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi 
qismlarida belgilangan cheklovlar bilan o‘z vakolatlarini amalga 
oshirishni 
davom 
ettirayotgan 
boshqa 
boshqaruv 
organlarini 
chetlashtirish uchun asos bo‘lmaydi.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida qarzdorning boshqaruv 
organlari qo‘yidagilarni amalga oshirishga haqlidrlar:

ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu 
mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bogliq bitimlarni; 

yirik bitimlarni; 

zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va 
kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz 
kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-
mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogliq bitimlarni 
faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishi 
mumkin.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida qarzdorning boshqaruv 
organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas: qarzdorni qayta 
tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, ajratib chiqarish, bo‘lish, 
o‘zgartirish) va tugatish to‘grisidagi qaror; yuridik shaxslarni tuzish 
haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki to‘grisidagi qaror; 
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish to‘grisidagi qaror; 
dividendlar to‘lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning 
muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash to‘grisidagi qaror; 
qarzdor tomonidan obligastiyalar va boshqa emissiya qogozlarini 
joylashtirish to‘grisidagi qaror, bundan akstiyalar chiqarish haqidagi 
qaror mustasno; ilgari chiqarilgan akstiyalarni akstiyadorlardan sotib 
olish to‘grisidagi qaror.


115 
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchini 
tayinlash - muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki vakolatli davlat 
organi yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan 
nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
Sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘grisidagi ajrimida 
unga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi 
kerak xamda muvaqqat boshqaruvchiga to‘lanadigan haq miqdori 
kreditorlar yigilishining qarori asosida sud tomonidan o‘zgartirilishi 
mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish 
to‘grisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, muvaqqat 
boshqaruvchining uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘grisidagi 
iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda sud kreditorlar taklif etgan 
nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Agarda 
muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud 
muvaqqat 
boshqaruvchini 
vakolatli 
davlat 
organi 
yoki 
sud 
boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan 
tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi 
tayinlanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettiradi.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchining 
huquqlari - muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘grisida, shuningdek qarzdor 
tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan 
yoki ijro etilgan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning haqiqiy 
emasligi oqibatlarining qo‘llanilishi haqida sudga o‘z nomidan talablar 
qo‘yishga;
ushbu Qonunning 79-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv 
tartib-taomili davrida kreditorlarning talablarini bajarishga e’tirozlar 
bildirishga; 
kreditorlarning talablari bo‘yicha qarzdorning taqdim etilgan 
e’tirozlari asosliligini sudya tomonidan tekshirishda ishtirok etishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan 
qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan ushbu Qonunning 
81-moddasida nazarda tutilmagan bitimlarni muvaqqat boshqaruvchining 


116 
roziligisiz tuzishni taqiqlash to‘grisidagi, mol-mulkni saqlash uchun 
uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor 
qilish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga;
qarzdorning rahbarini vazifalarini bajarishdan chetlashtirish 
to‘grisida sudga iltimosnoma bilan murojaat etishga;
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni 
olishga va muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Boshqaruv organlari muvaqqat 
boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli 
har qanday axborotni taqdim etishlari shart.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchining 
majburiyatlari - muvaqqat boshqaruvchi:
 
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini 
ko‘rishi; 
 
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; qarzdorning 
kreditorlarini aniqlashi va kreditorlarning talablari reestrini yuritishi, 
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqida 
kreditorlarni xabardor qilishi;
 
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va 
(yoki) o‘z faoliyati to‘grisidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim 
etishi;
 
kreditorlarning birinchi yigilishini chaqirishi va o‘tkazishi 
shart, shuningdek, muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tartib-taomili tugagandan keyin, 
lekin sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda 
sudga o‘z faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli 
to‘grisidagi ma’lumotlarni hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash 
mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning 
birinchi yigilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 16moddasida nazarda 
tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili 
joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi o‘zi 
tayinlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida ommaviy axborot 


117 
vositalarida ushbu Qonunning 53moddasida nazarda tutilgan tartibda 
e’lon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini 
qo‘yadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha 
kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi 
to‘grisida sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv tartib-taomili joriy 
etilganligiga oid xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n kundan 
kechiktirmay xabardor qilishi shart. rahbariqarzdorning xodimlarini, 
muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini 
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi sud 
ajrimini olgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xabardor 
qilishi shart.
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan 
tashqari kreditorlarga kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligini xabar 
qilish kreditor tomonidan xabar olingan sanani belgilay olish imkoniyatini 
beradigan usulda xabar yuborish orqali amalga oshiriladi. Ish haqi 
bo‘yicha qarzni to‘lash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor 
qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigilishini chaqirish va o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladi. Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) 
xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigilishini chaqirish 
yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud ta’sis hujjatlariga muvofiq 
muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigilishini chaqirish 
huquqiga ega bo‘lgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili 
joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi 
xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
 
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), 
joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan 
taqdirda); 
 
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish 
to‘grisida ajrim chiqargan sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana 
va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishning tartib raqami;
 
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi, 
otasining ismi va uning pochta manzili;


118 
 
sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
ko‘rib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
 
xabarni jo‘natuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki 
qarzdor rahbarining) xohishiga ko‘ra boshqa axborot.
Qarzdrning moliyaviy ahvolini tahlil etish - qarzdorning moliyaviy 
ahvolini tahlil etish qarzdorning mol-mulki sud xarajatlarining, sud 
boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun 
etarliligini, shuningdek qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash 
mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu 
jumladan qarzdorning mol-mulki bo‘lsa, shu mol-mulkni inventarizastiya 
qilish natijalarini va mulk huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to‘lov 
qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘grisidagi 
takliflarni, to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartibtaomillarini joriy 
etish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi ma’lumotlarni tayyorlaydi.
Muvaqqat boshqaruvchi moliyaviy tahlil natijasida qarzdorning 
oliyaviy ahvoli to‘grisida quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi: 
to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganligi to‘grisida; agar 
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to‘lov qobiliyatini 
tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishning asoslari mavjudligi 
to‘grisida; agar doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, 
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi 
to‘grisida.
Qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Muvaqqat 
boshqaruvchi 
qarzdorning 
moliyaviy 
ahvolini 
aniqlash 
uchun 
ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etishi mumkin.
Kreditorlar talablarining miqdorini belgilash - kreditorlarning 
birinchi yigilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-
taomili joriy etilganligi to‘grisidagi axborot ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kreditorlar 
o‘z talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari 
kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki ushbu talablarningasosliligini 


119 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda sudga, qarzdorga va 
muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
Kreditorlarning aniqlangan deb e’tirof etish uchun asosga ega 
bo‘lgan talablariga nisbatan qarzdor o‘z e’tirozlarini sudga quyidagi 
hollarda yuborishga haqli, agar: kreditor tomonidan talabni aniqlangan 
deb hisoblash uchun asos sifatida taqdim etilgan sud hujjatini bekor 
qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini 
to‘xtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini o‘zgartiruvchi qonuniy 
kuchga kirgan sud hujjati mavjud bo‘lsa; kreditor tomonidan talabni 
aniqlangan deb e’tirof etish uchun asos sifatida taqdim etilgan hujjatni 
(qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar) bekor qiluvchi yoki 
o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi 
hujjat mavjud bo‘lsa; kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar 
jumlasiga kiritish dalili sifatida taqdim etilgan hujjat bo‘yicha qarzni 
to‘lash muddatlarini, tartibini va shartlarini o‘zgartirish to‘grisida qarzdor 
va kreditor o‘rtasida bitim tuzilgan bo‘lsa; qarzdor qarzni to‘liq yoki 
qisman to‘lagan bo‘lsa; talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning 
o‘zgarganligiga dalillar mavjud bo‘lsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq 
aniqlangan deb e’tirof etiladigan talablariga o‘z e’tirozlarini, agar 
muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish bo‘yicha 
harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy 
manfaatlarini buzadi va (yoki) asossiz deb hisoblash uchun etarli asoslar 
bo‘lsa, sudga yuborishga haqli.
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining 
kreditorlar 
talablariga e’tirozlari tegishli talablar olingan paytdan e’tiboran bir 
haftalik muddat ichida sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning 
talablari, agar ular ustidan e’tirozlar tushgan bo‘lsa, sud majlisida ko‘rib 
chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni 
kreditorlarning talablari reestriga kiritish yoki kiritishni rad etish 
to‘grisida sudning ajrimi chiqariladi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat 
boshqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda e’tirozlar taqdim 
etilmagan talabi kreditorlarning talablari reestriga kreditor tomonidan 
bildirilgan miqdorda kiritiladi.


120 
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan 
tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi 
lozim. Mazkur talablar to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-
taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
Kreditor muvaqqat boshqaruvchining yoki sudning o‘z talablarini 
kreditorlar talablari reestriga kiritishni rad etish to‘grisidagi qarori ustidan 
shikoyat berishi mumkin. Kreditorlarning birinchi yigilishini chaqirish - 
muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yigilishi o‘tkaziladigan 
sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor 
xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yigilishida 
ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni (organlarni) 
xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yigilishini o‘tkazish to‘grisida 
xabardor qilish ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
muvaqqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlarning 
birinchi yigilishi qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘grisidagi sud 
ajrimida sud majlisini o‘tkazishning belgilangan sanasiga kamida besh 
kun muddat qolganida o‘tkazilishi kerak.
Talablari ushbu Qonun 87-moddasining birinchi qismida nazarda 
tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reestriga 
kiritilgan kreditorlar kreditorlar birinchi yigilishining ovoz berish 
huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchilaridir. Kreditorlarning birinchi 
yigilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor 
mol-mulki egasining vakili, qarzdor xodimlarining vakili ovoz berish 
huquqisiz ishtirok etishi mumkin. Kreditorlar yigilishida mazkur 
shaxslarning yo‘qligi yigilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos 
bo‘lmaydi.
Kreditorlarning birinchi yigilishida ko‘riladigan masalalar -
kreditorlarning birinchi yigilishida quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar 
qabul qilinadi:
 
sud sanastiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy 
etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘grisida;
 
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘grisida;


121 
 
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarining soni va ularni saylash 
to‘grisida; sanastiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining 
yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qullash to‘grisida; 
 
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha.
Kreditorlar birinchi yigilishining sud sanastiyasi tartib-taomilini 
joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘grisidagi qarorida sud 
sanastiyasi tartibtaomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni 
to‘lashning ma’qullangan jadvali bo‘lishi kerak.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan 
sudga murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi 
yigilishi muvaqqat boshqaruvchini o‘z vazifalarini bajarishdan ozod 
qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar 
yigilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanastiya 
qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi 
mumkin.
Kreditorlar birinchi yigilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini 
joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash haqida sudga murojaat qilish to‘grisidagi qarorida tashqi 
boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi 
boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi 
kerak.
Kuzatuv tartib-taomilini tugatish - sud kreditorlarning birinchi 
yigilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi yoki sud sanastiyasini 
yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi 
yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ishni yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yigilishida to‘lovga qobiliyatsizlik 
tartib-taomillaridan birini qo‘llash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa 
yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida 
belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa, sud doimiy to‘lovga 
qobiliyatsizlik alomatlari bo‘lgan taqdirda, agar ushbu moddada 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va 


122 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi. 
Doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, 
sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish 
to‘grisidagi masalani kreditorlar yigilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim 
etilgan materiallarni qaytaradi.
Agar kreditorlarning birinchi yigilishi tomonidan qarzdorni bankrot 
deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma 
bilan sudga murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilingan bo‘lsa yoxud 
sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan bo‘lsa, sud qarzdor 
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, 
vakolatli 
davlat 
organining, 
shuningdek 
uchinchi 
shaxsning 
(shaxslarning) 
iltimosnomasiga 
binoan, 
arizachilar 
tomonidan 
qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq 
ta’minoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy 
etish to‘grisida ajrim chiqarishga haqli.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud 
tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish 
ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga 
to‘la hajmda yuklatiladi. Sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va 
tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanastiyasi yoxud tashqi 
boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan 
paytdan e’tiboran kuzatuv tartib-taomili tugatiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 9-bobi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining 
bankrot deb topilishi sababli sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etishga 
oid qonun talablarini belgilaydi. Ushbu jarayon o‘ziga xos tartibda 
birinchidan, sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi 
iltimosnoma kiritish orqali amalga oshiriladi.
Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari 
(ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi 
shaxs (shaxslar) sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga 
murojaat qilish to‘grisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi 
yigilishiga yoxud sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi 
iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.


123 
Qarzdorning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi 
iltimosnomasiga sud sanastiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan 
muddati va qarzni to‘lash jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud 
sanastiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin