3-§. Tashqi boshqaruv tartib-taomili
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 108-moddasi
talablarida tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish tartibi belgilangan.
Unga muvofiq, agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy
imkoniyati aniqlansa, tashqi boshqaruv tartibtaomili kreditorlar
yigilishining iltimosnomasi, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi
bo‘lgan qarzdor bo‘yicha esa vakolatli davlat organining arizasi asosida
sud tomonidan joriy etiladi.
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi
darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan
muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili, agar ushbu Qonunda boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha
muddatga joriy etiladi. Tashqi boshqaruv tartib-taomili uchun belgilangan
muddat ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar
doirasida kreditorlar yigilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat
organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra sud
tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanastiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining jami
muddati o‘ttiz oydan oshmasligi kerak. Agar sud sanastiyasi tartib-taomili
joriy etilgan sanadan to sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish
to‘grisidagi masalani ko‘rib chiqish kuniga qadar o‘n sakkiz oydan ortiq
vaqt o‘tgan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
139
Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - tashqi
boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran: qarzdorning
rahbari o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini
boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi
boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini
tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘grisida buyruq
chiqarishi shart; qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi.
Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari
vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, bundan ushbu Qonunga
muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) o‘tadigan vakolatlar mustasno.
Qarzdorning boshqaruv organlari va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning
ilgarigi tartib-taomilida tayinlangan sud boshqaruvchisi, tashqi
boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida
qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va
shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va
boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi
shart; kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan
chora-tadbirlar bekor qilinadi; qarzdorning mol-mulkini xatlash va
qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish
borasidagi vakolatlarining boshqacha tarzdagi cheklovlari faqat to‘lovga
qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida qo‘llanilishi mumkin; to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish jarayonida vujudga kelgan barcha turdagi
joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar
bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib turiladi va tashqi boshqaruv
tartibtaomili jarayonining muddati yakunlanganidan keyin to‘lanadi.
Bunday holda sud tashqi boshqaruvchining hisoboti tasdiqlangan hamda
qarzdorga nisbatan qo‘zgatilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritishni tugatish haqida qaror chiqargan sanadan e’tiboran ushbu soliq
qarzlari olti oy davomida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yigimlari
yuzasidan kreditorlar talablarining qanoatlantirilishiga nisbatan moratoriy
joriy etiladi, bundan ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan
hollar mustasno.
140
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar qarzdorning
majburiyatlar bajarilishi ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan
foydalanishdan mazkur tartib-taomil joriy etilganidan keyin olingan
hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini
bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
Tashqi
boshqaruv
tartib-taomili
tugaganidan
keyin
pul
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlarga
qarzdor to‘lashi shart bo‘lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek
etkazilgan zararning summalari tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy
etish paytidagi mavjud miqdorlarda to‘lash uchun taqdim etilishi
mumkin. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy-
kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi
boshqaruv tartibtaomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan
pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yigimlarga nisbatan tatbiq
etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud
sanastiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul
majburiyatlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar yuzasidan moratoriyning
amal qilish muddati ichida:
undiruv so‘zsiz (aksteptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro
hujjatlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha undiruvga yo‘l qo‘yilmaydi; pul
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha majburiyat
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka
(jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar
hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va
(yoki) sud sanastiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan
pul majburiyatlari va (yoki) to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki)
soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlar talablarining summasiga
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda
tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir
navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan
sanadan e’tiboran va sud tomonidan shu navbat talablari bo‘yicha
141
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan
sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar
hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz
summasini to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanishi lozim.
Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani
bajarishdan To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 119-
moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida etkazilgan zararlarning
o‘rnini qoplash haqidagi talablariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan
qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy
etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlarga
hamda yigimlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga
hamda mualliflik shartnomalari asosida haq to‘lashga doir talablariga,
shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogligiga zarar
etkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ana shu fuqaroning talablariga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorning
iltimosnomasiga
asosan
sud
qarzdorning
majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida mazkur kreditorning
foydasiga qaysi pul majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk berilgan bo‘lsa,
o‘sha pul majburiyatlarini moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish
to‘grisida, agar mol-mulk tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
Talablari qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorning
iltimosnomasiga asosan quyidagi hollarda sud mazkur mol-mulkni
moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish to‘grisida ajrim chiqarishi
mumkin, agar:
qarzdorning
mol-mulki bilan
ta’minlangan kreditorning
yoki kreditorlarning talablari miqdori garov narsasi qiymatidan oshib
ketgan bo‘lsa; garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatini pasayib ketishdan
himoya qilish mavjud bo‘lmasa; tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish
qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarga daxl qilmasa;
142
garovga qo‘yilgan mol-mulkni tez buziladigan mahsulot sifatida saqlab
qolish uchun choralar ko‘rish talab etilsa; sud sanastiyasining rejasi yoki
tashqi boshqaruv rejasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan bo‘lsa.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi - tashqi
boshqaruv tartib-taomilini joriy qilish haqida sudga iltimosnoma bilan
murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilgan kreditorlarning yigilishi
tashqi boshqaruvchilikka nomzodni ma’qullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishiga har
qanday kreditor tomonidan yoki vakolatli davlat organi tomonidan taklif
etilishi mumkin.
Kreditorlarning yigilishi tomonidan qaror qabul qilishning To‘lovga
qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan
tartibiga muvofiq kreditorlarning eng ko‘p ovozini olgan shaxsning
nomzodi sudga taklif etiladi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini kreditorlar yigilishining tashqi
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga
murojaat qilish to‘grisidagi qarori mavjud bo‘lmagan holda joriy
etayotgan bo‘lsa, kreditorlarning yigilishi tashqi boshqaruvchilikka
nomzodni sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim
chiqargan paytdan e’tiboran uch haftalik muddat ichida ko‘rib chiqishga,
ma’qullashga va sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishi
tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, sud vakolatli davlat organi
tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini
tayinlaydi. Tashqi boshqaruvchini tayinlash - tashqi boshqaruvchi tashqi
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan
tayinlanadi. Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy
etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmasa, sud tashqi
boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan
e’tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘grisida sud ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘grisidagi sudning ajrimi darhol ijro
etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi)
mumkin. Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish -
143
tashqi boshqaruvchi o‘z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud
tomonidan ozod etilishi mumkin: o‘z arizasiga binoan; zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan
taqdirda kreditorlar yigilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar
yigilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi
nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak; vakolatli davlat organining
arizasi asosida; ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tashqi
boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan
taqdirda.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham
o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin. Tashqi boshqaruvchini
o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘grisidagi ajrim darhol ijro etilishi
kerak va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday
ajrimning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi. Tashqi boshqaruvchining
huquqlari - tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari vakolatlarini amalga
oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli: kreditorlarning yigilishini
hamda kreditorlar qo‘mitasini chaqirishga; To‘lovga qobiliyatsizlik
to’grisidagi Qonunning 118-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni
hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etishga; qarzdor
nomidan kelishuv bitimi tuzishga; ushbu Qonunning 26-moddasiga
muvofiq haq olishga; agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan
kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vazifalarini
amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning
mablaglaridan haq to‘lagan holda shartnoma asosida ishga jalb qilishga;
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘grisida sudga
ariza berishga; To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 63 — 65-
moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini haqiqiy
emas deb topish haqida sudga ariza berishga; qarzdorning to‘lov
qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklaridan, moliya tashkilotlaridan
qarz olishga, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan
manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan moliyaviy yordam
olishga; qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni qarzdorning
144
rahbaridan, ta’sischilaridan va (yoki) davlat organlaridan so‘rab olishga;
o‘z huquq va majburiyatlarining amalga oshirilishini ta’minlash uchun
davlat xizmatlaridan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatiladigan
xizmatlardan oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanish;
qarzdorning shartnomalarini bajarish ushbu Qonunning 119-moddasida
belgilangan tartibda rad etilishini ma’lum qilishga.
Tashqi boshqaruvchi o‘z huquqlari va majburiyatlarini amalga
oshirayotganda qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikka
muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladigan shaxslarga nisbatan ular qarzdorni
to‘lovga qobiliyatsizlikka olib borganligi munosabati bilan talablar
qo‘yishga haqlidir. Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari - tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini qabul qilib olishi va uni inventarizastiyadan
o‘tkazishi; qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini
qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralar ko‘rishi; tashqi
boshqaruvni o‘tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun
maxsus hisobvaraq ochishi; tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va
kreditorlarning yigilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi; moliyaviy,
buxgalteriya va statistika hisobini yuritishi hamda hisobdorlikni
ta’minlashi; kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan
e’tirozlar bildirishi; qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reestrini yuritishi; kreditorlarning yigilishiga
tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida
hisobotlar taqdim etishi; kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning
moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘grisidagi axborotni o‘n kunlik
muddatda taqdim etishi; tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi
haqida kreditorlar yigilishiga va kreditorlar qo‘mitasiga, shuningdek, agar
qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo‘lsa,
vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Kreditorlarning talablari -
kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini tashqi boshqaruv tartib-
145
taomili amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli.
Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning joylashgan eri va
(yoki) elektron pochta manzili bo‘yicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu
moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb e’tirof etiladigan
talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi
hujjatlar ilova qilingan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini
ko‘rib chiqadi va tegishli talab olinganidan keyin uni ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha kreditorlarning talablari reestriga uzogi bilan ikki hafta
ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi ko‘rib chiqish
natijalari to‘grisida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan
paytdan e’tiboran uzogi bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Kreditor kreditorlarning talablarini tashqi boshqaruvchi tomonidan
ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan e’tirozlarini to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishni ko‘rayotgan sudga bu natijalardan xabardor bo‘lgan
paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan
muddatda e’tirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi
tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qanoatlantirish
navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
Kreditor mustaqil ravishda qarzdordan talab qilish huquqini notarial
tartibda boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Bunda talab qilish
huquqini sotib olgan shaxs talabini o‘n kun muddat ichida kreditorlar
reestriga kiritish uchun qarzdorning tashqi boshqaruvchisiga murojaat
qilishi kerak.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish - kreditorlarning tashqi
boshqaruvchi tomonidan aniqlangan o‘z talablari miqdori, tarkibi va
ularni qanoatlantirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 116-
moddasida belgilangan muddatlarda berilgan e’tirozlari sud tomonidan
mazkur e’tirozlar olingan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay
ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud
ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan
146
e’tirozlar asosli deb topilgan bo‘lsa, kreditorlarning shu talablari miqdori,
tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud
chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish doirasida kreditorlarning
e’tirozlarini ko‘rib chiqish chogida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud
hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan
talablarini ko‘rib chiqishda preyudistial kuchga ega bo‘ladi.
Qarzdor xodimlari vakilining mehnatga haq to‘lash va mehnat
shartnomasi bo‘yicha ishlovchi shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi
to‘lash bo‘yicha qarzning miqdori va tarkibi haqidagi e’tirozlari ham
ushbu moddada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish - qarzdor mol-mulkining
egasi yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning
mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi
boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas,
bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda
tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar
yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan tuziladi. Balans
qiymati qarzdorning ko‘chmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi
aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘progini tashkil etadigan
boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlar
jumlasiga kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki
kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lsa, bunday bitimlar
manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e’tirof etiladi.
Qarzdorning shartnomalarini bajarishni rad etish - sudning tashqi
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi ajrimi qarzdor to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzgan
shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun
asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini
147
davom ettirish uchun muhim bo‘lgan shartnomalarning bajarilishi tashqi
boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi, bundan ushbu Qonunda
nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda qarzdor tuzgan shartnomalarni
qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganligi
munosabati bilan bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish
bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi - qarzdorning iste’molga,
shu jumladan mehnatga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlarining
ko‘payishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat
kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan
qabul qilinishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Tashqi boshqaruv rejasi - tashqi boshqaruvchi sud tomonidan
tayinlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv
rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigilishiga taqdim
etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisidagi masalani ko‘rib
chiqish chogida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari
ishtirok etadi.
Kreditorlar yigilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash
haqidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi
kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb
hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va tashqi boshqaruv
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga
teng tovon olishga haqlidir.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi
boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisidagi qarorni qabul qilmasa,
shuningdek ovoz berish chogida guruhlardan biridagi kreditorlarning
zarur miqdordagi ovozlari to‘planmasa, sudga qarzdorni bankrot deb
topish va tugatish to‘grisida ish yuritishni boshlash to‘grisidagi
iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
148
Kreditorlar yigilishining tashqi boshqaruv rejasiga o‘zgartishlar
kiritish to‘grisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari
tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz
bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-
tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish
xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzdorning to‘lov
qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning to‘lov qobiliyati ushbu Qonunning 5-moddasida
belgilangan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan va
(yoki) kreditorlar tomonidan bildirilgan talablardan voz kechilgan
taqdirda tiklangan deb e’tirof etiladi.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan
kreditorlar o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagilarni
tekshirish uchun ekspertlarni jalb etishi mumkin: tashqi boshqaruv
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor qarzdor
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga
teng tovon olish huquqiga ega bo‘lishini; tashqi boshqaruv rejasining
muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini; qarzdorning mol-
mulki bilan ta’minlangan kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan
ustunlik huquqini.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdor talabini kamaytirish yoki
hisobdan chiqarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bu ushbu Qonunning 100-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar
qo‘mitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayoni
haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xo‘jalik
faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi kerak, bundan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilganidan keyin yuzaga kelgan pul
majburiyatlarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yigimlar
149
bo‘yicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning molmulkini sotib
oluvchiga o‘tadigan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruv rejasini ko‘rib chiqish - tashqi boshqaruv rejasi
kreditorlarning yigilishida ko‘rib chiqiladi, yigilish tashqi boshqaruv
tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay
tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi
zaruratga qarab barcha kreditorlarga kreditorlar yigilishi o‘tkaziladigan
sana, vaqt va joy haqida xabar qiladi hamda mazkur yigilish
o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv
rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kreditorlarning
yigilishida
tashqi
boshqaruvchi,
qarzdor
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining
vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan
ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish - kreditorlarning
yigilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisida qaror qabul qilgan
va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati
belgilangan dastlabki muddatdan ortiq bo‘lgan taqdirda, agar tashqi
boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning
tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning to‘lov qobiliyati
tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun etarli asoslar mavjud bo‘lsa,
sud tashqi boshqaruvning tartib-taomili muddatini uzaytirish haqida ajrim
chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muddat To‘lovga qobiliyatsizlik
to’grisidagi Qonunning 108 moddasida belgilangan muddatlardan oshib
ketmasligi kerak.
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari - tashqi
boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan
quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin: ishlab chiqarishni
qayta ixtisoslashtirish; norentabel ishlab chiqarishlarni yopish; debitorlik
qarzlarini undirish; qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish; qarzdorning
majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish; qarzdorning
qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish; qarzdorning korxonasini
(biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish; tijorat banklaridan, moliya
150
institutlaridan qarz olish, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom
ettirishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan mablaglar jalb etish;
akstiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) kreditorlik
qarzdorligi hisobiga ko‘paytirish (qarzdorlikni akstiyaga ayirboshlash)
to‘grisidagi qaror akstiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok
etayotgan, ovoz beruvchi akstiyalarning egalari bo‘lgan akstiyadorlarning
to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik) ovozi bilan
qabul qilinadi; qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini
tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-
tadbirlardan tashqari vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan
sud ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning
faoliyat ko‘rsatmayotgan ob’ektlarini konservastiya qilish to‘grisida ajrim
chiqarishi mumkin.
Qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish
-kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida tashqi boshqaruv
rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida
sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganida
qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan
barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan er uchastkalari, binolari,
inshootlari, uskunalari, inventari, xom ashyosi, mahsuloti, talab qilish
huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi
vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari), uning
tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mutlaq
huquqlar o‘zga shaxslarga o‘tkaziladi, bundan boshqa shaxslarga
topshirilishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar mustasno.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda
qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan
o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq
to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
151
Agar qarzdorning hisobvaragidagi pul mablagi uning mol-mulkini
baholash uchun etarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi bu haqda
kreditorlarni xabardor qilishi kerak. Bunday holda qarzdorning mol-
mulkini baholash bo‘yicha xarajatlar kreditorlar tomonidan amalga
oshiriladi va ushbu xarajatlar qarzdor korxona molmulkining sotilishi
natijasida qarzdorning hisobvaragiga kelib tushgan mablaglar hisobidan,
ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda
navbatdan tashqari qoplanadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda
ishtirok etuvchi shaxslar qarzdorning mol-mulkini baholash haqidagi
hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni talab qilishi
mumkin.
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yigilishining
roziligi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash
sharti bilan mulkiy majmua sifatida realizastiya qilishga, basharti xaridor
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etsa, haqli
bo‘ladi.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda korxona
(biznes)sotilayotgan paytda amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari
o‘z kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa
korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotib oluvchi ixtiyoriga
o‘tadi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish, agar ushbu
moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron onlayn-
aukstion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazish vositasida amalga
oshiriladi. Elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosini
o‘tkazish shartlari kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi
tomonidan belgilanadi.
Agar korxona (biznes) tarkibida muomalada bo‘lishi cheklangan
mol-mulk bo‘lsa, korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish
qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa
ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida elektron
onlayn-aukstion shaklidagi yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
152
Elektron
onlayn-aukstion
shaklidagi
kimoshdi
savdosiga
qo‘yiladigan korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishning
boshlangich narxi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, korxonaning molmulkini baholovchi tashkilot
o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda kreditorlar yigilishi yoki
kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish
shartlarida korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan
tushgan pul mablaglarining tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati
tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin qarzdor tomonidan olinishi nazarda
tutilishi kerak.
Mulkiy majmua sifatida sotilayotgan korxonaning (biznesning)
oldi-sotdi shartnomasi elektron onlayn kimoshdi savdosi golibi bilan
tashqi boshqaruvchi o‘rtasida elektron onlayn-aukstion shaklidagi
kimoshdi savdosi yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan
kechiktirmay tuziladi. Elektron onlaynaukstion shaklidagi kimoshdi
savdosida golib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi
kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari
to‘grisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma
shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Elektron onlayn-aukstion shaklidagi
kimoshdi savdosida golib chiqqan shaxs elektron onlayn-aukstion
shaklidagi
kimoshdi
savdosi
bayonnomasini
yoki
oldi-sotdi
shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda o‘zi to‘lagan zakalatdan
mahrum bo‘ladi. Zakalat summasi elektron onlaynaukstion shaklidagi
kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni o‘tkazishga ketgan
chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdorning aktivlari tarkibiga
kiritiladi.
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida
nazarda tutilgan shartlar asosida mulkiy majmua sifatida sotilmagan
bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, kreditorlar yigilishi qaroriga binoan korxonani
(biznesni) mulkiy majmua sifatida ommaviy oferta savdosiga qo‘yishi va
ommaviy axborot vositasida ommaviy oferta to‘grisidagi taklif e’lon
qilingach, kamida o‘n besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni
153
taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi
shartnomasini tuzishi mumkin.
Ommaviy oferta savdosiga qo‘yish haqidagi qaror kreditorlarning
uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb
hisoblanadi, ofertaga taklif etilgan korxonani (biznesni) mulkiy majmua
sifatida sotishdagi boshlangich narx esa ilgarigi elektron onlayn-aukstion
shaklidagi kimoshdi savdosida belgilangan boshlangich narxdan kam
bo‘lmasligi kerak.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan
summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda
qanoatlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hollarda, to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish tashqi boshqaruvchining
arizasiga binoan sud tomonidan tugatilishi lozim.
Agar korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan
tushgan summa kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirish uchun
etarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni
taklif qiladi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, sud tashqi
boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan
mablaglar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda
tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida tashqi boshqaruvchi
kreditorlar yigilishining roziligi bilan qarzdorning arzonbaho va tez
ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo hamda tayyor
mahsulot qoldiqlarini elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi
savdosi o‘tkazmagan holda, oldi-sotdi shartnomalari asosida to‘gridan-
to‘gri sotishga haqlidir.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan mablaglar
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 149, 150 va 185-
moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi. Qarzdorning
talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish - qarzdorning
talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, agar tashqi
boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, talab
154
qilish
huquqlarini
tashqi
boshqaruvchi
tomonidan
kreditorlar
yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan elektron onlayn-
aukstion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini
elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan
muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lsa yoki talab
qilish huquqlari elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosida
sotilmagan bo‘lsa, kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi talab
qilish huquqlarini sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini
belgilaydi.
Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki
uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi - qarzdorning muassislari
(ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv
tartib-taomili tugagunga qadar istalgan vaqtda kreditorlarning talablari
reestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la
qanoatlantirishga haqli.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar
bo‘yicha majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan
bajarilishiga, basharti bunday bajarish kreditorlarning talablari reestriga
muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qanoatlantirsa, yo‘l
qo‘yiladi.
Kreditorning o‘zi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlarini
buzganligi, xuddi shuningdek ijroni ta’minlashdan boshqacha tarzda bosh
tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga
muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganda,
pul mablaglari qarzdor joylashgan erdagi (uning yashash joyidagi)
notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
Qarzdorning qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish - qarzdorning
to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor
akstiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish
imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qo‘shimcha akstiyalarni
joylashtirish yo‘li bilan ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish
155
imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan
qarzdorning akstiyadorlari umumiy yigilishining iltimosnomasiga
binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv
tartib-taomili tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan
bo‘lsa, kiritilishi mumkin.
Qarzdor akstiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini)
uning qo‘shimcha akstiyalarini chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirish
to‘grisidagi qaror kreditorlar yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar
qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) uning qo‘shimcha
akstiyalarini joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish haqidagi masalani hal
qilishda e’lon qilingan akstiyalarning qarzdorning ustavida belgilangan
miqdorini ko‘paytirishga oid qismiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
zarur bo‘lsa, u holda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda
tutilgan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ustav
fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘grisida qaror qabul qilinishi
mumkin bo‘ladi.
Qarzdorning qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish asosan ularning
haqini faqat pul mablaglari bilan to‘lagan holda, ochiq obuna bo‘yicha
amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning akstiyadorlari qarzdorning
joylashtiriladigan akstiyalarini akstiyadorlik jamiyatining o‘zlariga
tegishli akstiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning
to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli
huquqqa ega bo‘ladi.
Tashkil
etilayotgan
jamiyatlar
ustav
fondlarining
(ustav
kapitallarining) miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi
tashkilot tomonidan qarzdor molmulki egasi yoki qarzdorning tegishli
bitimlarni tuzish to‘grisida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan
vakolat berilgan boshqaruv organi takliflari hisobga olingan holda
aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
Qarzdor aktivlarining o‘rni almashtirilayotganda bu haqda qaror
qabul qilinguniga qadar amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari, ish
beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan
akstiyadorlik jamiyatiga yoki akstiyadorlik jamiyatlariga o‘tkazilgan
holda, o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini
156
amalga oshirishga doir listenziyalari qonunchilikda belgilangan tartibda
qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Mol-mulkning
baholash
qiymati
kreditorlar
talablarining
summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, qarzdorning mol-mulki asosida
tashkil etilgan akstiyadorlik jamiyati yoki akstiyadorlik jamiyatlarining
akstiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va fond birjasida
sotiladi.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan akstiyadorlik
jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining akstiyalarini sotish barcha
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablaglari
to‘planishini ta’minlashi kerak.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan akstiyadorlik
jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining akstiyalarini fond
birjasida sotish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil
etilgan akstiyadorlik jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining
akstiyalarini
fond
birjasida
sotish
nazarda
tutilishi
mumkin.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonunning 149 va 150-
moddalarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti - tashqi boshqaruvchi tashqi
boshqaruv tartib-taomili muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni
muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lganda kreditorlar
yigilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning)
talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reestriga muvofiq
barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli pul
mablaglari to‘plangan taqdirda kreditorlar yigilishi ko‘rib chiqishi uchun
hisobot taqdim etishi shart. Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yigilishi
tomonidan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan muayyan
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul
qilingan bo‘lsa, sudga hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya
balansi; pul mablaglarining harakati to‘grisidagi hisobot; qarzdorning
moliyaviy natijalari haqidagi hisobot; qarzdorning pul majburiyatlari va
157
(yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini
qanoatlantirishga qaratilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh pul mablaglari bor-
yo‘qligi to‘grisidagi ma’lumotlar; qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti
hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari
haqidagi ma’lumotlar; qarzdorning kreditorlik qarzini to‘lash imkoniyati
to‘grisidagi boshqa ma’lumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reestri
ilova qilingan bo‘lishi kerak. Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish
bilan bir vaqtda kreditorlar yigilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi
boshqaruv tartib-taomilini tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob
qilishga o‘tish to‘grisidagi; kelishuv bitimi tuzish haqidagi; tashqi
boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish to‘grisidagi; tashqi
boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat
etish haqidagi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruv tartib-taomili
muddati tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay yoki tashqi
boshqaruv tartibtaomilini muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar
yuzaga kelganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar
yigilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning)
talabiga binoan kreditorlar yigilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan
kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yigilishi tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga tashqi boshqaruvchining
hisobotini ko‘rib chiqish bo‘yicha kreditorlar yigilishi o‘tkazilishi
to‘grisida ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabar
berishi shart.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruv tartib-
taomilining muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida yoki
kreditorlar yigilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida o‘n
kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan
tanishish imkoniyatini berishi shart.
158
Kreditorlar yigilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga
haqli: qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan
hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv
tartib-taomilini tugatish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat
etish haqidagi; kelishuv bitimi tuzish to‘grisidagi; tashqi boshqaruv tartib-
taomilining muddatini uzaytirish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga
murojaat etish haqidagi; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir
ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat
etish haqidagi.
Tashqi boshqaruvchi hisobotining sud tomonidan tasdiqlanishi
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigilishi tomonidan ko‘rib chiqilgan
hisoboti va kreditorlar yigilishining bayonnomasi kreditorlar yigilishi
o‘tkazilgan sanadan keyin ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi
tomonidan sudga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reestri
va kreditorlar yigilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz
berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi
kerak. Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari
sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Sud majlisi o‘tkaziladigan sana,
vaqt va joy to‘grisida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan
kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir
bo‘lmasligi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rishga monelik
qilmaydi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti quyidagi hollarda sud tomonidan
tasdiqlanishi lozim, agar:
kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari
reestriga muvofiq qanoatlantirilgan bo‘lsa;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan
hisob-kitoblarga o‘tilishi munosabati bilan kreditorlar yigilishi tashqi
boshqaruv tartibtaomilini tugatish to‘grisida qaror qabul qilgan bo‘lsa;
kreditorlar
yigilishi
tomonidan
muayyan
navbatdagi
kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan
bo‘lsa;
159
tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan
hisob-kitoblarni boshlash to‘grisida iltimosnoma bergan bo‘lsa;
kreditorlar bilan qarzdor o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan
bo‘lsa;
tashqi
boshqaruv
tartib-taomili
muddatini
uzaytirish
to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqida kreditorlar
yigilishi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish kreditorlar bilan
hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti
kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga ko‘ra sud tomonidan ko‘rib
chiqilganidan keyin tugatiladi.
Agar sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-
kitoblar amalga oshirilmagan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.
Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash
to‘grisida ajrim chiqarish oqibatlari - sud tomonidan muayyan navbatdagi
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘grisida ajrim chiqarilishi
kreditorlarning talablari reestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-
kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni
boshlash to‘grisidagi ajrimida quyidagilar belgilanadi:
talablari qanoatlantirilishi boshlanadigan kreditorlarning
talablarini qanoatlantirish navbati;
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash
navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran ikki oydan
oshmasligi shart bo‘lgan muddati;
bunday navbatdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim
chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qanoatlantirilishi lozim
bo‘lgan talablari sud tomonidan aniqlangan taqdirda, sud kreditorlarning
talablarini qanoatlantirish tartibini o‘zgartirish to‘grisida ajrim
chiqarishga haqli.
160
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar sud
tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-
kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, kreditor
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash
to‘grisidagi ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran to uning talablari
tegishincha to‘la yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga
qadar to‘lanmagan summaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining
327moddasida
nazarda
tutilgan
miqdorda
foizlar
hisoblanishini talab qilishga haqli.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish tugatilganligi
yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilganligi tashqi boshqaruvchining
vakolatlari tugashiga olib keladi. Agar tashqi boshqaruv tartib-taomili
kelishuv bitimini tuzish yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi
bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylanguniga
(tayinlanguniga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom
ettirib turadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash)
to‘grisidagi masalani ko‘rib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv
organini o‘z tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor
mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Agar sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir
ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilingan hamda tugatish
boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi
tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirguniga qadar o‘z vazifasini
bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish
boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran uch ish kunidan
kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.
Dostları ilə paylaş: |