5-§. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari
Yuqoridagi qonunning 227-moddasi yakka tartibdagi tadbirkorning
to‘lovga qobiliyatsizligi belgilangan. Qonunga ko‘ra, agar ushbu bobda
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yakka tartibdagi
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bogliq munosabatlarga
nisbatan mazkur Qonunning 1, 2, 4 va 5-boblari qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu bobning qoidalari avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib
chiqadigan majburiyatlar munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkor
179
maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi
munosabatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari va uni to‘lovga
qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi ariza - agar tegishli majburiyatlar va
(yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarilmasa hamda qarzdor
yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talablar bazaviy hisoblash
miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini
qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha o‘z
majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz ekanligining alomatlari bo‘ladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb
toppish to‘grisidagi ariza sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor,
kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli
organlar tomonidan berilishi mumkin, bundan hayotga yoki sogliqqa
etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish haqidagi
talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar bildiradigan
kreditorlar mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb
topish tartib-taomili amalga oshirilayotganda kreditorlar hayotiga yoki
sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish
to‘grisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar
yuzasidan o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning
talablari,
agar
ular
to‘lovga
qobiliyatsizlik
tartibtaomili
qo‘llanilayotganda taqdim etilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni yuritish
tamomlanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzlarni to‘lash
rejasi - qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz deb
topish haqidagi arizasiga qarzlarni to‘lash rejasi ilova qilinishi mumkin
bo‘lib, rejaning ko‘chirma nusxasi kreditorlarga va to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga
yuboriladi. Kreditorlarning e’tirozlari bo‘lmagan taqdirda, sud qarzlarni
to‘lash rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa to‘lovga qobiliyatsizlik
180
to‘grisidagi ishni yuritishni ko‘pi bilan ikki oy muddatga to‘xtatib turish
uchun asos bo‘ladi.
Qarzlarni to‘lash rejasi: qarzni to‘lash manbalarini; rejani amalga
oshirish muddatini; qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun
har oyda qoldiriladigan summalar miqdorlarini; kreditorlarning talablarini
qanoatlantirish uchun har oyda yuborish nazarda tutilgan summalar
miqdorlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan
shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra ushbu moddaning
ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda qarzlarni to‘lash rejasini
o‘zgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini, qarzdorga
yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan
summalar miqdorlarini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni to‘lash rejasini
bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari to‘liq hajmda
qanoatlantirilgan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritish tugatilishi lozim. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish
massasiga kiritilmaydigan mol-mulklari, qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulklari
tugatish massasiga kiritilmaydi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning hamda to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning
asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan nolikvid bo‘lgan
mol-mulkini
yoxud
realizastiya
qilinishidan
olingan
daromad
kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga jiddiy ta’sir etmaydigan mol-
mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ushbu modda ikkinchi
qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-
mulkining umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik
baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-mulkning ro‘yxati sud
tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat
berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor
bitimlarining haqiqiy emasligi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni
181
to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi ariza sudga berilganidan
keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z molmulkini boshqa
shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqacha usulda berish
bilan bogliq bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Kreditorning talabiga ko‘ra sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydigan
bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkini qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki
undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish
tariqasida qo‘llaydi.
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqish, sud qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi arizani
qabul qilish bilan bir vaqtda uning mol-mulkini xatlaydi, bundan
qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk
mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari
bajarilishining asoslangan kafilligi yoki kafolatlangan boshqa ta’minoti
uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan taqdirda, sud mazkur
qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra uning mol-mulkini (molmulkining bir
qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin. Sud qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga
erishilishi uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib
chiqishni qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga ko‘ra ko‘pi
bilan bir oyga kechiktirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan fuqaroga nisbatan meros
ochilganligi to‘grisida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud yakka
tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni
yuritishni meros taqdiri haqidagi masala hal etilguniga qadar to‘xtatib
turishga haqli. Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor ushbu moddaning
ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari
qanoatlantirilganligi dalillarini taqdim etmagan va belgilangan muddatda
kelishuv bitimi tuzilmagan bo‘lsa, sud qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash
haqida qaror qabul qiladi.
182
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish oqibatlari,
sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qaror qabul qilingan
paytdan e’tiboran: qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddatlari
boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoykalar (jarima,
penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar
bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv bekor qilinadi,
bundan alimentlar undirish haqidagi talablarga oid, shuningdek hayotiga
yoki sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘grisidagi talablarga
oid ijro hujjatlari mustasno.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorni barcha ma’lum
bo‘lgan kreditorlarga kreditorlar tomonidan talablar taqdim etiladigan
muddatni ko‘rsatgan holda yuboradi, bu muddat bir oydan oshmasligi
kerak. Sudning ushbu qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb
topish to‘grisidagi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ushbu
tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini
amalga oshirish uchun unga berilgan listenziyalarning amal qilishi
tugatiladi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb
topish haqidagi qarorning ko‘chirma nusxasini ushbu shaxsni yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organga va listenziyalovchi
organga yuboradi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan
qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan qarzdor jismoniy
shaxsni bankrot deb topish chogida qo‘llanilmaydi. Sudning bankrot deb
topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorini
bajarish, sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori hamda
183
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasi
qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun davlat
ijrochisiga yuboriladi.
Ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kiritilmaydigan mol-
mulkdan tashqari quyidagilar sotilishi lozim: qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning barcha mol-mulki; yakka tartibdagi tadbirkor maqomini
yo‘qotgan qarzdor jismoniyshaxsning o‘zining avvalgi tadbirkorlik
faoliyati natijasida olingan mol-mulki.
Bunda jismoniy shaxs mol-mulkining uning avvalgi tadbirkorlik
faoliyatida olingan mol-mulk jumlasiga taalluqliligi yoki avvalgi
tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq emasligi sud tomonidan belgilanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mulkini yoki qimmatli
ko‘char mol-mulkini doimiy boshqarish zarur bo‘lganda sud mazkur
maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga
to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu holda qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragidagi va bank
plastik kartalaridagi pul mablaglarining qoldigi, mol-mulkni sotishdan
tushgan pul mablaglari, shuningdek naqd pul mablaglari qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘grisida qaror qabul qilgan
sudning depozit hisobvaragiga kiritiladi. Kreditorlarning talablarini
ko‘rib chiqish - sud kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni ushbu
Qonun 233-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda
ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud kreditorlarning
talablarini qanoatlantirish tartibi va miqdori haqida ajrim chiqaradi.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibi - kreditorlarning
talablarini qanoatlantirishdan oldin sudning depozit hisobvaragiga
kiritilgan pul mablaglari hisobidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ishni ko‘rib chiqish va sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni
to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi qarorini bajarish bilan bogliq
xarajatlarning o‘rni qoplanadi, fuqarolarning hayotiga yoki sogligiga
etkazilgan zararlarni qoplash haqidagi talablari qonunchilikka muvofiq
qanoatlantiriladi.
184
Kreditorlarning talablari quyidagi navbatda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar undirish haqidagi talablar, shuningdek,
mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq
to‘lashga oid hisob-kitoblarni nazarda tutadigan talablar; ikkinchi
navbatda soliqlar va yigimlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov
bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan molmulkni (garov
narsasini) sotishdan tushgan summa etarli bo‘lmaganligi oqibatida
qoplanmay qolgan qarzga oid qismi va kreditorlarning garov bilan
ta’minlanmagan talablari; uchinchi navbatda — boshqa kreditorlar bilan
hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Har bir navbat talablari oldingi
navbatdagi talablarto‘liq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Agar sudning depozit hisobvaragida mablaglar etarli bo‘lmasa, bu
mablaglar tegishli navbatdagi kreditorlar o‘rtasida ular talablarining
summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod etish,
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir
ish yuritish tartib-
taomili tamomlanganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod
etiladi, bundan quyidagilar mustasno: kreditorlarning hayotiga yoki
sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘grisidagi talablari;
alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga
ega boshqa talablar; sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot
deb topish to‘grisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan
yoki qisman qanoatlantirilgan talablar; qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda
bildirilmagan talablar; qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa
talablar. Bajarilishdan ozod etilmagan talablar o‘z kuchini saqlab qoladi
va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga
qobiliyatsizligi
tartib-taomili amomlanganidan keyin tegishincha to‘liq hajmda yoki
ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |