Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MULKIY



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

5.BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MULKIY 
ASOSLARI 
  
1.Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida
2.Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish. 
3.Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida 
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari. 
4.Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki ob’ektlari. 
 
Mamlakatimiz 
Konstitutsiyasida 
belgilanganidek, 
“Bozor 
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining 
negizini 
xilma-xil 
shakllardagi 
mulk 
tashkil 
etadi. 
Davlat 
iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”. (O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi)
Tadbirkorlikning iqtisodiy manbalari xususiy mulk va ommaviy 
(davlat) mulk shakllaridan tashkil topadi.
Fuqarolik kodeksining 167-moddasida O‘zbekiston iqtisodiyoti 
negizini xususiy va ommaviy mulk shakllari tashkil etishligi belgilangan.
Xususiy mulk OzR FKning 16-BOBi, 207-211-moddalarida 
mustaxkamlangan. Izox (212-218 moddalarda uy joyga nisbatan xususiy 
mulk huquqlari keltirilgan). FKning 207-moddasida xususiy mulk huquqi 
shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi tushuntirilgan.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati 
cheklanmaydi.


191 
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari 
va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va 
davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk 
huquqining subyektlari hisoblanadilar.
Xususiy mulk huquqining ob’ektlari qonun bilan man etilgan ayrim 
ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi 
mumkin.
Fuqarolarning mulki “shaxsiy” mulk shakldan iborat deyilsa-da, 
lekin ushbu mulk davlat korxonalarida, jamoat tashkilotlarida mehnat 
qilish natijasida olingan daromadlar hisobiga tashkil topishi, iste’mol 
xarakteriga ega bo‘lishi va fuqaroning shaxsiy moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim edi.
Shaxsiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
iqtisodiy jihatdan yetarli bo‘lsada, huquqiy jihatdan mumkin emas edi.
Asosiy ishlab chiqarish qurol-vositalarining faqat davlatga tegishli 
bo‘lishi, ular umumxalq mulki deb hisoblangan bo‘lsada, aslida mulkning 
egasi shaxsan kim ekanligi, kim unga javobgar bo‘lishi noaniq bo‘lishi 
mulkka nisbatan xo‘jasizlik, beparvorlik, jamiyatda umumiy dangasalik 
va beamlik kayfiyatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu holat esa 
fuqarolarda mehnatga nisbatan qiziqish, tadbirkorlik faoliyati uchun 
kerak bo‘lgan tashabbuskorlik hissiyotlarini tarbiyalashga imkon 
bermadi.
Shuningdek, mulk shakllari O‘zbekiston Respublikasining 
“Mulkchilik to‘risida”gi Qonunida xam belgilangan. Unda, xususiy mulk, 
aralash mulk, shirkat(jamoa)mulki va boshqa davlatlar hamda xalqaro 
tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulkidan iborat ekanligi 
mustaxkamlangan.
Davlat mulkining jamiyatda egallagan yetakchilik o‘rni qonun-
qoidalar mohiyatini ham o‘ziga xos ravishda belgilab berardi. Masalan, 
davlat mulkining tarkib topishi, uni muhofaza qilish va unga asosan 
vujudga keladigan barcha turdagi munosabatlarni tartibga solishga oid 
qoidalar kolxoz-kooperativ va ayniqsa fuqaroning shaxsiy mulkiga 
nisbatan tubdan farq qilar va ancha ustun turardi.


192 
Amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga amal 
qilingan holda, mulkning o‘tmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga 
bo‘linishiga asoslanib shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga 
tegishli bo‘lishiga qarab o‘rnatilgan tengsizlikka barham berildi. 
Mulkning kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, teng ravishda 
rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi va ularni bab-
baravar huquqiy muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutildi.
Iqtisodni tashkil qiluvchi asosiy masala bo‘lishi mulk masalasining 
bunday ijobiy hal qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
tashabbuskorlik hissiyotlarining kamol topishi, ishlab chiqarishda, 
xo‘jalik sohasida tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda fuqarolar 
hamda tashkilotlar, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslarning birgalikda bab-
baravar manfaatdor bo‘lishi, ular o‘rtasida umumiy mol-mulkning 
vujudga kelishi va ushbu mulkdan hamkorlikda unumli foydalanish va 
samarali natijalarga erishish imkoniyatlarini yaratib berdi.
Xususiy mulk bozor munosabatlarining asosiy iqtisodiy manbaidir. 
Xususiy mulk tashkil topmasdan turib, bozor munosabatlari haqidagi har 
qanday fikrlar xom xayoldir. Xususiy mulk va uning asosida vujudga 
keladigan munosabatlar bizning qonunchilik faoliyatimizda yangilikdir.
Endi ular faqat shaxsiy moddiy va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash 
uchun emas, balki xususiy mulk asosida turli tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirishga va ishlab chiqarish jarayonida faqat o‘z mehnati emas, 
balki yollanma mehnatni jalb qilish va uning uchun kerak bo‘lgan qurol-
vositalarga ega bo‘lish, ularni ijaraga berish yo‘li bilan qo‘shimcha 
daromadlar olish kabi huquqlardan foydalanishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun iqtisodiy manba 
sifatida xususiy mulk bilan bir qatorda ommaviy (davlat) mulk ham 
qatnashadi. Ommaviy mulk tushunchasi davlatning barcha fuqarolariga 
va shuning bilan birga har bir fuqarosiga tegishli bo‘lgan mulk ma’nosini 
beradi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin