Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Ishlab chiqarish kooperativlari. Ishlab chiqarish kooperativlari 
fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasidan tashkil topadi (FKning 69-
moddasi). Ular birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini 


210 
olib borish uchun o‘z xohishlari bilan ushbu birlashmaga a’zo bo‘ladilar. 
Birlashma fuqarolarning o‘zlari shaxsan ishtirok etishi va ularning mulkiy 
badallarini qo‘shish, ya’ni birlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Qonunda 
va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida 
a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi 
mumkin. Kooperativning majburiyatlari bo‘yicha uning a’zolari qonunda 
va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar 
(qo‘shimcha), ya’ni ular kooperativning javobgarlikdan qutilishi uchun 
to‘lashi kerak bo‘lgan mablaining (mulkining) etishmay qolgan qismi 
miqdorida javob beradilar.
Kooperativ a’zolarining umumiy majlisida tasdiqlangan 
ustav 
kooperativning ta’sis hujjati hisoblanadi. FKning 43-moddasidagi 
ma’lumotlardan tashqari kooperativ a’zolarining qo‘shadigan badallari, 
badallarning tarkibiy qismi, miqdorlari va badal qo‘shishga oid 
majburiyatlarini buzganlik uchun ularning javobgarligi, kooperativ 
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashish tartibi va uning xarakteri, 
shuningdek o‘z mehnati bilan qatnashish haqidagi majburiyatlarini 
buzganlik uchun ularning (a’zolarining) javobgarligi, kooperativ 
daromadlari va ko‘rgan zararlarini taqsimlash tartibi, kooperativ qarzlari 
bo‘yicha subsidiar javobgarlikning shartlari va miqdori, kooperativ 
boshqaruv organlarining tarkibi va uning vakolat doirasi, qaror qabul 
qilish tartibi, kooperativ a’zolarining barchasi yoki bir qismi ovoz berishi 
zarur bo‘lgan masalalar haqida ma’lumotlar kooperativ ustavida nazarda 
tutilgan bo‘lishi lozim.
FKning 69-moddasida tijoratchi sifatida faqat ishlab chiqarish 
kooperativlariga 
taalluqli 
qoidalar 
nazarda 
tutiladi. 
Matlubot 
kooperativlarining huquq layoqati FKning 73-moddasi bilan tijoratchi 
bo‘lmagan tashkilotlar sifatida belgilanadi.
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘ziga xos belgilari bilan boshqa 
tijorat tashkilotlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish kooperativi 
fuqarolarning unga a’zo bo‘lishiga va uning faoliyatida shaxsan o‘z 
mehnati bilan ishtirok etishiga asoslanadi. Xo‘jalik shirkatlari va 
jamiyatlarida ishtirokchilarning shirkat yoki jamiyat faoliyatida shaxsan 
o‘z mehnatlari bilan qatnashishlari talab qilinmaydi. Ishlab chiqarish 


211 
kooperativida qatnashuvchilarning shu kooperativ faoliyatida shaxsan 
ishtirok etishi ular o‘rtasidagi aloqaning qanchalik yaqin ekanligidan 
dalolat beradi. Ishlab chiqarish kooperativiga o‘rindoshlik sharti bilan 
davlat korxonalari va tashkilotlarida ishlovchilar ham a’zo bo‘lish 
huquqiga ega.
Ishlab chiqarish kooperativlarining faoliyatida yuridik shaxslarning 
ishtirok etishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda kooperativning ustavida 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning xizmatchilari kooperativ 
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashishlari mumkin. Agar 
kooperativning a’zolari faqat yuridik shaxslardan tashkil topadigan 
bo‘lsa, ularning faoliyati birlashmalar va ittifoqlarga oid qoidalarga 
asosan tartibga solinadi (FKning 77-moddasi).
Ishlab chiqarish kooperativi kooperativ a’zolarining mulk bilan 
qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida vujudga keladi. Ayni 
paytda qonun a’zolarning kooperativ majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga 
tegishli mol-mulk bilan subsidiar javobgar bo‘lishini nazarda tutadi. Bu 
ham ishlab chiqarish kooperativiga xos xususiyatlardan iborat. Chunki 
ko‘pchilik jamiyatlarning, jumladan mas’uliyati cheklangan jamiyat va 
aktsiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari 
bo‘yicha ustav fondiga (kapitaliga) qo‘shgan hissalari yoki aktsiyaning 
qiymati, miqdori doirasida javobgar bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Shu bilan bitta shaxsdan tashkil topadigan xo‘jalik jamiyatlaridan farq 
qiladi. Uning ta’sis hujjati faqat ustavdan iborat bo‘lib, ta’sis 
shartnomasini tuzish talab qilinmaydi. Ustav kooperativ joylashgan erda 
mahalliy hokimiyat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ustav ro‘yxatdan 
o‘tkazilishi bilan ishlab chiqarish kooperativi tuzilgan deb hisoblanadi.
Kooperativning mol-mulki uning iqtisodiy negizi bo‘lib xizmat 
qiladi.
Kooperativning mol-mulki uning ustaviga muvofiq a’zolarining 
paylariga bo‘lingan bo‘ladi. Pay sifatida pul summasi, moddiy ob’ektlar 
(asbob-uskunalar), shuningdek mulkiy huquq o‘tkazilishi mumkin. 
Kooperativ a’zolari ustav fondining bir qismini uning bo‘linmas mulki 
sifatida tan olishlari mumkin. Mulkning ushbu qismidan faqat ustavda 


212 
belgilangan maxsus maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi va 
a’zolar kooperativdan chiqib ketishganida ham ushbu qism bo‘linmaydi, 
chiqib ketadigan a’zoning ulushi ajratilmaydi. Bo‘linmas mol-mulk 
fondini tashkil qilish tartibi ustavda nazarda tutilgan bo‘lib, bu haqdagi 
qaror kooperativning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul 
qilingan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘z mol-mulki 
bilan 
bozor 
munosabatlarida mustaqil ravishda ishtirok etadi. Mol-mulkni tasarruf 
etish huquqi faqat kooperativning o‘ziga tegishli bo‘lib, bu huquqni 
kooperativ umumiy majlisining qaroriga asosan, kooperativning ijro 
etuvchi organlari, tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.
Kooperativga taalluqli bo‘lgan ushbu qoida dispozitiv xarakterga 
ega. Kooperativ ustavida daromadni taqsimlash faqat a’zolarning 
qo‘shgan mehnatlariga mutanosib ravishda emas, balki ular qo‘shgan 
paylarining miqdoriga qarab ham amalga oshirilishi nazarda tutilgan 
bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativi o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga 
tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklari bilan javob beradi. Uning mol-mulki 
kamlik qilgan taqdirda, kooperativ a’zolari o‘z mol-mulklari bilan 
qonunda va kooperativ ustavida belgilangan miqdorda va tartibda 
subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish kooperativining oliy organi a’zolikka asoslangan 
barcha tashkilotlarda bo‘lganidek, uning umumiy majlisi hisoblanadi. 
Umumiy majlis kooperativning faoliyati bilan bogliq barcha masalalarni 
muhokama qilish vakolatiga ega. Lekin ba’zi muhim masalalar faqat 
umumiy majlisning vakolatiga tegishli ekanligi uning ustavida nazarda 
tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalani hal qilishda umumiy majlis 
a’zolarining har biri, uning mol-mulkdagi hissasidan qati nazar, bitta 
ovozga ega. Shu bilan ham xo‘jalik shirkatlari jamiyatlardan farq qiladi, 
ularda masalani hal qilihda ishtirokchilarning ustav fondidagi hissasi va 
aktsiyalarning soni hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
“Fermer xo‘jaligi to‘risida”gi Qonun fermer xo‘jaligi tushunchasi, 
uni tashkil etish shartlari, tartibi, davlat ro‘yxatiga olish, uning ustavi va 
ustavining mazmuni, xo‘jalikni yuritish uchun er uchastkasini berish va 


213 
undan foydalanish tartibi va uning huquq layoqatini tashkil qiluvchi 
boshqa qoidalar nazarda tutiladi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq 
fermer xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomini oladi. Shu bilan uning 
tushunchasi va huquqiy maqomi yuridik shaxsga xos bo‘lgan umumiy 
belgilar (FKning 39-modda) bilan ifodalanadi. Fermer xo‘jaligi ijaraga 
berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar 
ishlab chiqarishi bilan shuullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi 
subyekt hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligining boshlii shu xo‘jalikning muassisi – fermer 
hisoblanadi. Boshqa yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar bilan 
munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ana shu xo‘jalik boshlii ish olib 
boradi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlii tomonidan 
belgilanadi. Pul, qimmatli qogozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk 
yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav 
fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Agar fermer xo‘jaligining 
ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xo‘jaligining boshlii o‘z oila 
a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-
mulkni fermer xo‘jaligiga topshirayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning 
barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish 
fermer xo‘jaligi boshliining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga 
o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi 
uning balansidagi barcha mol-mulkka nisbatan mulk huquqiga ega 
bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki, agar uning xodimlarining 
o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, uning xodimlariga umumiy birgalikdagi mulk sifatida 
tegishli bo‘ladi. Demak, fermer xo‘jaligining mol-mulki umumiy ulushli 
yoki umumiy birgalikdagi mulk huquqidan iborat bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki pul va moddiy manbalar, tovarlarni 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (foyda), qimmatli qogozlardan 
kelgan daromadlar, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil 


214 
topishi mumkin. Xo‘jalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-
mulkni yaratish, ko‘paytirish, sotib olish, ijaraga yoki vaqtincha 
foydalanishga olish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish xo‘jalik xodimlarining o‘zaro kelishuvi asosida 
fermer xo‘jaligining boshlii tomonidan amalga oshiriladi. Fermer 
xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi 
mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shuullanishi 
mumkin. Uning xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa 
organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining 
aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar ularning ayriqonuniy harakatlari 
(harakatsizligi) natijasida fermer xo‘jaligiga zarar etkazilgan bo‘lsa, 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarar qoplanishi kerak (FKning 
12, 15-moddalari).
Fermer xo‘jaligini tugatishning o‘rnatilgan hollardan farqli o‘laroq, 
o‘ziga xos xususiyatlari FKning 53-moddasida bayon etilgan. Unga ko‘ra, 
fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: 
 
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz 
kechilganida; 
 
fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda (bu barcha yuridik 
shaxslarga taalluqli bo‘lgan umumiy qoida);
 
fermer xo‘jaligining boshlii vafot etib, xo‘jalik faoliyatini 
davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa;
 
yerni ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor 
qilinganda; 
 
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun er uchastkasi olib 
qo‘yilganda; yer to‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda;
 
fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan belgilangan maqsadda 
foydalanmaganda; 
 
shu bilan birga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish amalga oshirilmagan taqdirda.
Fermer xo‘jaligini tugatish uning boshliining qaroriga binoan, 
shuningdek sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. 


215 
Tugatilgan fermer xo‘jaligining huquq va burchlari huquqiy vorislik 
tartibida boshqa shaxsga o‘tmaydi. Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari 
bo‘yicha o‘z mol-mulki bilan javob beradi. Fermer xo‘jaligining mol-
mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha 
xo‘jalikning boshlii o‘ziga tegishli mol-mulk bilan subsidiar javobgar 
bo‘ladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin