Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish 
sohasida – 
respublikamiz 
tadbirkorlik 
sub'yektlarining 
xalqaro 
ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar 
mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta'minlash, milliy 
brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, 
shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, jumladan: 
- biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va 
ularda mahalliy tadbirkorlik sub'yektlarining keng ishtirokini ta'minlash; 
- tadbirkorlik sub'yektlariga ishonchli hamkorlar, yangi 
bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga 
olib chiqish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik sub'yektlarining 
eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, huquqlari va manfaatlarini 
muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish; 
- tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki 
va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid 
loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik sub'yektlari, jumladan 
xorijiy investorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish; 
- mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamizning chet 
eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari 
bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro 
hamkorlikni ta'minlash. 


229 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi belgilangan 
aniq strategik maqsadlar va asosiy vazifalarning samarali amalga 
oshirilishini ta'minlaydi, Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi majlislarida 
qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini muntazam ko‘rib 
chiqsin. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi 
Savdo-sanoat palatasi faoliyatining strategik maqsadlari va vazifalarini 
amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishni ta'minlaydi. 
Farmonning keyingi matnlarida Savdo-sanoat palatasining ayrim 
takliflari ma'qullangan va uning huquqlari sanab o‘tilgan. Shuningdek, 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilishi belgilangan 
va markazlar faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari sanab 
o‘tilgan. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin