Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik 
faoliyatiga 
ko‘maklashish 
sohasida – 
tadbirkorlik sub'yektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada 
rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor 
infratuzilmasi sub'yektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha 
imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot 
ta'minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish: 
- yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish 
uchun biznes-inkubatorlar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda 
ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda 
ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish; 
- tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini 
tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga 
yordam berish; 


226 
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati 
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik sub'yektlariga huquqiy 
va yuridik yordam ko‘rsatish; 
- moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab 
chiqarish obektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda amaliy 
yordam ko‘rsatish;- Savdo-sanoat palatasi a'zolari va hamkorlari 
ishtirokida 
jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va 
muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish; 
- innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, «startup» loyihalar, 
yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari 
bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, 
aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta'minlashga xizmat 
qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli 
shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin