Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
1.Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida.
2.Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish.
3.Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida.
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari.
4.Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki ob’ektlari: asosiy
vositalar, pul mablaglari, qimmatli qogozlar, nomoddiy ob’ektlar.
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar
1. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun
zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit
resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash
tartibi qaysi qonun hujjatda belgilandi?
A. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi
PF4725-son farmonida.
B. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi
PF5490-sonli farmonida.
S. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11
sentyabrdagi PF5187-sonli farmonida.
D. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyuldagi
PF6263-sonli farmonida.
2. Unitar korxonaning mulk huquqini amalga oshirish tartiblari
tugri ko‘rsatilgan javobni toping?
A. Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli
bo‘lgan ko‘chmas mulkni mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga
220
berishga, garovga qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav
fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda
tasarruf etishga haqli emas.
B. Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli
bo‘lgan ko‘chmas mulkni mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga
berishga, garovga qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va akstiyadorlik
korxonaning ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni
boshqacha usulda tasarruf etishga haqli emas.
S. Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli
bo‘lgan ko‘chmas mulkni mulkdorning
roziligisiz
sotishga,
foydalanishga, garovga qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining
ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha
usulda tasarruf etishga haqli emas.
D. Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli
bo‘lgan ko‘chmas mulkni mulkdorning
roziligisiz sotishga, ijaraga
berishga, garovga qo‘yishga, to‘liq shirkat va jamiyatlarining ustav
fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda
tasarruf etishga haqli emas.
3. Mulk huquqining ob’ektlari to‘gri ko‘rsatilgan qatorni
belgilangn.
A. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shligi, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar,
shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo
va mahsulot, pul, qimmatli qogozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek
intellektual mulk ob’ektlari.
B. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shligi, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa resurslar, korxonalar, ashyolar, shu
jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va
mahsulot, pul, qimmatli qogozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek
intellektual mulk ob’ektlari.
S. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan
binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot,
221
pul, qimmatli qogozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual
mulk ob’ektlari mulk bo‘lishi mumkin.
D. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shligi, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar,
shu jumladan, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul,
qimmatli qogozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk
ob’ektlari mulk bo‘lishi mumkin.
4. Qimmatli qogozlar jumlasiga kiruvchi qatorni belgilang.
A. obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamarma sertifikatlari,
konosament, aktsiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogozlar
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar.
B. obligatsiya, veksel, chek, zayom va jamarma sertifikatlari,
konosament, aktsiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogozlar
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
S. obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamarma sertifikatlari,
konstessiya, aktsiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogozlar
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
D. obligatsiya, veksel, chek, depozit va plastik kartochkalar,
sertifikatlari, konosament, aktsiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli
qogozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
5. Asosiy ashyoga berilgan to‘gri ta’rifni belgilang.
A. Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning
mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogliq mustaqil ashyo,
asosiy ashyo hisoblanadi.
B. Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy
xo‘jalik vazifasi orqali bogliq ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
S. Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning
hegaralanishi bilan boshqa ashyo (mansub ashyo) ga bogliq mustaqil
ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
D. Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning
mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo) ga bogliq bo‘lmagan
mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
|