217
Demak, tadbirkorlik faoliyati mulk huquqi egasi bo‘lgan va
bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik
faoliyati subyektlari umumiy qoidaga binoan mulk huquqi egalari
hisoblanadi, agar bunday huquqqa ega bo‘lmagan taqdirda, ular mulkdor
tomonidan biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan xo‘jalik yuritish
huquqiga yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘ladilar va
tadbirkorlik faoliyatini mulkdor tomonidan belgilangan vakolat doirasida
amalga oshiradilar (FKning 71, 177-m.).
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan asosiy maqsad daromad
(foyda) olishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadbirkor o‘z
faoliyatini bozor talablariga moslashtirib rejaga soladi, kerakli va sotib
oluvchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, xarid
qilishga raqobatlashuvda faol qatnashishga harakat qiladi. Tadbirkor o‘z
faoliyatini yuritish natijasida
oladigan umumiy daromadidan ma’lum
qismini soliqlar va boshqa to‘lovlar uchun ajratadi. To‘lovlarni to‘lashdan
tadbirkor ixtiyorida qolgan daromad sof foyda sifatida to‘lato‘kis uning
tasarrufiga o‘tadi. Sof foydadan qaysi maqsadda foydalanishni tadbirkor
o‘zi mustaqil ravishda hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: