204
Ta’sis shartnomasida ayrim ishtirokchilarning shirkat faoliyatida
faqat qo‘shgan hissalari bilan ishtirok etishi mumkinligi nazarda tutilgan
bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning moliyaviy manbai - uning ishtirokchilaridan
yiilgan kapital hisoblanadi. Shirkatning har bir ishtirokchisi ushbu
kapitalga o‘z hissasini qo‘shadi. Qo‘shiladigan hissaning miqdori
shirkatni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida uning yarmidan kam bo‘lmasligi,
qolgan qismini topshirish muddati ta’sis
shartnomasida belgilangan
bo‘lishi kerak. Hissaning miqdori va turlari har xil, masalan, mol-
mulkdan, puldan, ko‘rsatiladigan xizmatlardan va boshqalardan iborat
bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkat faoliyatini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilgan
daromadlar, shuningdek, ko‘rilgan zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida
taqsimlash ular har birining qo‘shgan hissasiga nisbatan mutanosib
ravishda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning
kelishuvi bilan zararlar
boshqa tartibda taqsimlanishi ham mumkin. Lekin qonun bo‘yicha
ishtirokchilardan birortasini daromad olishdan to‘liq mahrum qilishga
yoki etkazilgan zararni qoplashdan mutlaq ozod qilishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
To‘liq shirkat ishtirokchisining shaxsiy majburiyatlari bo‘yicha
qarzni undirish birinchi galda uning o‘ziga tegishli va ixtiyorida bo‘lgan
mol-mulkka nisbatan qaratiladi. Agar uning bu mol-mulki etarli bo‘lmasa,
undiruv shirkatning yiindi kapitalidagi uning hissasiga qaratilishi
mumkin. Ishtirokchining hissasi to‘la hajmda qarzni undirishga qaratilgan
taqdirda, u shirkat tarkibidan chiqib ketadi.
To‘liq shirkatning tugatilishi yuridik shaxslarga xos bo‘lgan
umumiy qoidaga asosan amalga oshirilsada, birmuncha o‘ziga xos farqli
jihatlari ham bor. Agar shirkat ishtirokchilarining tarkibiy qismida
o‘zgarish yuz berib, shirkat faoliyatini davom ettirish haqida o‘zaro
kelishishga erishilmasa,
shirkat tugatilgan, deb hisoblanadi. Agar
shirkatda uning bitta ishtirokchisi qolgan bo‘lsa-da, u shirkatni ma’lum
muddatda xo‘jalik jamiyatiga aylantirmagan holatda ham shirkat
tugatilgan deb hisoblanadi.
205
Kommandit shirkati ularga tegishli huquq va burchlarining farqi
bilan ikki xil turkumga bo‘linadigan ishtirokchilardan tashkil topadi. Ular
to‘liq sheriklardan va ishonchga asoslangan sheriklardan iborat. Bunday
shirkat faoliyatini va uning doirasini to‘liq sheriklar belgilaydi. Ishonchga
asoslanganlarning shirkat faoliyatidagi ishtiroki shirkat fondiga hissa
qo‘shish bilan cheklanadi. Ular shirkat faoliyati bilan bogliq zarar uchun
o‘zlari qo‘shgan hissa doirasida javobgar bo‘ladilar.
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasiga faqat uning to‘liq
sheriklari imzo chekadilar. Ishonchga asoslangan ishtirokchilar ta’sis
shartnomasini ishlab chiqishda va muhokama qilishda qatnashishlari,
ularning bu huquqi ta’sis shartnomasida ham nazarda tutilgan bo‘lishi
mumkin.
Kommandit shirkatning faoliyatini to‘liq
shirkatlar uchun
belgilangan tartibda to‘liq sheriklar boshqaradi. Ishonchga asoslanganlar
shirkatning faoliyatini amalga oshirishda va boshqarishda ishtirok
etmaydilar. Ular shirkatning ishonchnomasiga asosan bitimlarni tuzishda
va bajarishda ishtirok etishlari mumkin.
Ishonchga asoslangan ishtirokchilarning asosiy maqsadi shirkatning
yiindi kapitaliga qo‘shgan hissasiga nisbatan mutanosib daromad
olishdan iborat. Olingan daromadning bir qismini ishonchga asoslangan
ishtirokchiga berish umumiy qoidaga binoan xo‘jalik yilining
yakunlanishi bilan qabul qilingan hisobot va chiqarilgan balansga asosan
amalga oshiriladi.
Ishonchga asoslangan ishtirokchi xo‘jalik yili tugashi bilan
shirkatning yiindi kapitalidan o‘z hissasini
olib yoki bu hissani boshqa
shaxsga o‘tkazib shirkatdan chiqib ketish huquqiga ega. Hissani
o‘tkazishda boshqa uchinchi shaxslarga nisbatan shirkatdagi ishonchga
asoslangan ishtirokchilar ustun huquqqa ega. Bunday paytda shirkatdagi
to‘liq ishtirokchilar ham uchinchi shaxs sifatida qabul qilinadilar.
Kommandit shirkati nochor (bankrot) deb topilganida, uning
mulkidan birinchi galda kreditorlarining
talablari qanoatlantiriladi
(FKning 56-moddasi), so‘ngra ishonchga asoslangan ishtirokchilarning
hissalari ajratib beriladi va binobarin shirkatning yiindi kapitalidan qolgan
mol-mulk to‘liq sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.