252
b)
yuridik va jismoniy shaxslarning
huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish.
v) tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq
qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq
holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va
noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi;
g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik.
Demak, ushbu tamoyillarning mazmun va moxiyatidan bizga
ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat
qilishning tamoyillari barcha nazoratlarni o‘tkazishda bevosita amal
qilinishi shart bo‘lgan huquqiy normalar sifatida qaraladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.
Karimov ta’kidlaganidek, “
Tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk
egalari uchun huquq va kafolatlarni qonuniy himoya qilish normalarini
kuchaytirish darkor. Bu borada xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq
va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat,
huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor
shaxslarining tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy
faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi lozim”.
Ushbu ta’kidlagan so‘zlardan kelib chiqib, fikrimizcha yuqorida
zikr qilingan tamoyillar qatoriga navbatdagi tamoyilni qo‘yidagicha
talqin qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
j) tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy
faoliyatiga noqonuniy aralshuv uchun javobgarlik.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik deganda nazorat
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga
haqli emasligi tushuniladi. Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor
shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari
buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan
vakolat doirasida va
muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogliq chora-
tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor
shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik subyektlarining
253
boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos
sifatida foydalanishga haqli emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dehqon va fermer
xo‘jaliklarining tadbirkorlik
faoliyatiga,
shu jumladan ularning
agrotexnika usullarini, etishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu
mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo‘nalishini belgilash
ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan
xaridlar bundan mustasno. Nazorat
qiluvchi organlar mansabdor
shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida
tadbirkorlik subyektiga etkazilgan zararlar, shu jumladan, boy berilgan
foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati
subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida
amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilish
to‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: