Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish turlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4-§. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish turlari  
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga 
oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish va respublikaning investistiyaviy jozibadorligini oshirishga 
qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarni 
yanada 
takomillashtirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” PF-5490-son Farmoni qabul 
qilindi.
Ushbu farmon asosida respublikada amalda bo‘lgan muqobil 
tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor 


271 
qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator listenziyalanadigan 
faoliyat turlari va ruxsat berish tartibtaomillari qisqartirildi hamda 
soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik 
muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli 
muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy 
investistiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy 
manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. 
Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik 
subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirish 
konstepstiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, 
davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab 
etadi;
ikkinchidan, 
qonun 
hujjatlarida 
zamon 
talablariga 
javob 
bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli 
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar 
bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yigilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy 
manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va 
ortiqcha nazorat funkstiyalari amal qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan 
tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks 
tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning 
yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar 
faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning 
asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti; 
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi 
va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan 
mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;


272 
oltinchidan, ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib, davlat va jamiyat 
ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan 
jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplashning 
amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy 
manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining 
davlatga 
bo‘lgan 
ishonchiga 
putur 
etkazmoqda, 
shuningdek, 
mamlakatning investistiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, 
tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini 
yanada kuchaytirish, mamlakatda investistiya va ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining 
tashabbusi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat 
soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi PF-5490-son Farmoni bilan 
mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun 
hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy 
jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha 
quyidagilarga masalan, 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi 
tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018 yil 1 apreldan 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, 
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga; davlat 
ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanganligi uchun 
bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy 
shaxslarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish belgilandi.
Shu bilan birga ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan 
qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda 
ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019 yil 1 
iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda 
amalga oshirilishi belgilandi. (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin