Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Departamentning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Departamentning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:
 
soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini o‘z 
vaqtida aniqlash, ularning oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish to‘risidagi qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
 
davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa 
tortish bazasini kengaytirish, soliq to‘lovchilarning qamrab olinishi va 
hisobini to‘liqligini ta’minlash, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, 
qochish mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini, “xufyona” 
iqtisodiyotning shakllanishi yo‘llarini, korruptsiya holatlarini o‘z vaqtida 
aniqlash va bartaraf etish;
 
valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobga olish va hisobotlarning 
to‘liqligi va ob’ektivligini nazorat qilish;
 
xorijiy valyuta mablaglarining qonunga xilof ravishda chetga 
chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy 
muomalada bo‘lishi, valyuta ayirboshlash operatsiyalari bilan bogliq 
boshqa qonun buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish.
Departament o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi:
Soliq sohasidagi jinoyatlar va huquq buzilishlariga qarshi 
kurashish sohasida ishlab chiqarish, foyda (daromad) hajmlarini 
yashirish, sotilgan mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini 
pasaytirish mexanizmlarini o‘rganish va aniqlash, xo‘jalik yurituvchi 


264 
subyektlar tomonidan hisobga olinmagan (tasdiqlovchi hujjatlarga ega 
bo‘lmagan) mahsulotlar (tovarlar) sotilishi, tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq 
inspektsiyalarida hisobga turishdan bo‘yin tovlashi mexanizmlarini 
o‘rganish va aniqlash; xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 
byudjetga soliqlar va to‘lovlarning to‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida 
to‘lanishini tekshirish. 
 Valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida xorijiy 
valyutada operatsiyalarni amalga oshirishda qonun buzilishlarini 
aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va profilaktik chora-tadbirlarni 
ko‘rish; xorijiy valyuta mablaglarining noqonuniy aylanishi, yashirib 
qolinishi, chetga chiqib ketish kanallarini, hamda xorijiy valyutani sotish 
bo‘yicha majburiyatlardan bo‘yin tovlash yo‘llarini o‘rganish va aniqlash;
respublika hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan xorijiy 
valyutada ish haqi to‘lash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va 
ularning oldini olish.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki Departament tadbirkorlik 
subyektlari soliq va valyuta bo‘yicha amalga oshiradigan faoliyati ustidan 
davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi 
hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini nazorat qiluvchi 
davlat organlari qatoriga litsenziyalovchi organlar, ya’ni qonun 
hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli 
organlar ham kiradi. Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: faoliyatning ayrim turlarini qonun hujjatlariga 
muvofiq litsenziyalash; qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning 
tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; 
litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat qilish; 
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish; litsenziyalarning amal qilishini 
to‘xtatib turish, qayta tiklash; litsenziyalarning amal qilishini tugatish
litsenziyalarni bekor qilish; litsenziyalar reestrini yuritish. Tadbirkorlik 
subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda 
litsenziyalovchi organlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga 
rioya etilishi ustidan nazorat qilish alohida ahamiyatga ega.


265 
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat 
amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar o‘z vakolatlari 
doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi 
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar 
o‘tkazish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan 
guvohlik beruvchi faktlar mavjud bo‘lgan hollarda, litsenziat litsenziya 
talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkazish; litsenziya 
talablari 
va 
shartlariga 
rioya 
etilishi 
ustidan 
tekshiruvlar 
o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan 
zarur ma’lumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yo‘l qo‘ygan litsenziya 
talablari va shartlarining aniq
qoidabuzilishlarini ko‘rsatgan holda 
dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziat zimmasiga 
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi 
qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini 
belgilash.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin