Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

barcha turlari bekor qilinib, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, 
shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi 
holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga 
muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno 
sifatida o‘rnatildi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari 
doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi. 
Moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
amalga 
oshirishda 
birinchi 
marta 
huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning 
xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va etkazilgan 
moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sogligi va hayotiga zarar 
etkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, 
jarimalar va moliyaviy sankstiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan 
ozod etildi. 


281 
Yuqoridagi normativ – nuquqiy hujjatga asosan, noqonuniy 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq huquqbuzarliklarni 
birinchi marta sodir etgan shaxslar, huquqbuzarlik aniqlangan kundan 
e’tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy 
ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va 
ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va 
jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llanilmaydi.
Xorijiy investistiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan 
ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida 
amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini (resurs va 
bojxona to‘lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo‘llash huquqi 
berildi.
Tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini 
majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘grisida ariza bergan 
taqdirda davlat boji to‘lashdan ozod etildi. Tadbirkorlik subyektlarining 
eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish 
borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo 
operastiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo 
kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor 
qilindi. Eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘grisidagi 
sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan 
arizachiga bir ish kuni mobaynida berilishi ko‘zda tutildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagi asosiy vakolatlarga ega 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil instituti tashkil etildi.
Ushbu vakil institut o‘z vakolati doirasida - tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va 
amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati 
tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab - quvvatlash, tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisidagi qonun hujjatlari normalari 


282 
va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish, qabul 
qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga 
oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash, davlat organlari, huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni 
amalga oshirish huquqlari berildi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yigish xarajatlarini 
kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq 
to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta’minlaydigan soliq 
ma’murchiligi 
sifati 
va 
samaradorligini 
yanada 
yaxshilash, 
respublikaning eksport salohiyati o‘sishini, to‘gridan-to‘gri xorijiy 
investistiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 
tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni ragbatlantiradigan 
valyutani tartibga solishning va valyutalar kursi siyosatining ilgor bozor 
mexanizmlarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan 
qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazishning aniq huquqiy 
asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini 
yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kameral 
nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o‘tkazish soni va 
muddatlarini qisqartirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga 
itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining 
asosiy mexanizmlaridan biri sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq 
maslahatchilari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan 
xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan 
ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish, bank faoliyatini 
tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, 
davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, 
kredit siyosatiga ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yo‘l 
qo‘ymaslik, bankning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi 
govlarni tugatish, shuningdek, mijozlarning o‘z pul mablaglarini erkin 
tasarruf etish huquqi to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash kabi 
vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, 


283 
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 
Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sogliqni saqlash vazirligi, 
Ichki ishlar vazirligi, "O‘zstandart" agentligi manfaatdor vazirliklar va 
idoralarga - barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik 
normalari va qoidalari, yongin xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga 
doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan o‘tkazsin 
hamda ilgor xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va 
bozor mexanizmlarining o‘rnini egallab olgan normalarni bartaraf 
etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqsinlar va qabul qilishni, 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan 
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan tuzilgan bitimlar hamda 
qoidalar doirasida foydalanish maqsadida ularni jahon Internet axborot 
tarmogidagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy 
yangilab borishni ta’minlash yuklatildi.
Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari va ularning 
xodimlariga nisbatan ma’muriy jazolarni qo‘llash borasidagi funkstiya va 
vakolatlari bosqichmabosqich sud organlariga o‘tkazilib kelinmoqda. 
Iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatiga 
noqonuniy 
aralashish 
oqibatida 
etkazilgan 
zararni 
aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini ishlab chiqish 
belgilandi.
Respublikada tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini 
ta’minlashga, “Xususiy mulkni xar tomonlama himoya qilishga va 
ishbilarmonlik muxitini sifat jixatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘grisida”gi 2016 yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-
418 sonli qonun asosida, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin