Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

uning uchun javobgarlik 
Tadbirkorlik 
subyektlariga 
kredit 
berish 
bilan 
bog`liq 
munosabatlarda majburiyatlarni o`z vaqtida, to`liq, real bajarilishini 
taminlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki majburiyatlarni real va 
lozim darajada baja-rilishi fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari 
huquqlarini himoya qilishning muhim shartlaridan bo`lib hisoblanadi.
Bank krediti bilan bog`liq huquqiy munosabatlarda kredit 
shartnomasi shartlarini buzganlik uchun qo`lla-niladigan javobgarlikning 
asosiy shakllari bo`lib ayb-dor shaxsga neustoyka qo`llash, undan 
yetkazilgan 
zararni 
undirib 
olish 
kabilar 
sanaladi. 
Bunday 
munosabatlarda neustoykaning miqdori odatda tomonlar kelishuviga 
ko`ra belgilanadi va shartnomada ko`zda tutiladi. Majbuiyatlarni 
buzganlik uchun javobgarlik qo`llashning prinsiplari va umumiy shartlari 
O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to`g`risida”gi qonunida belgilab qo`yilgan.
Bank krediti bo`yicha olingan kredit o`z vaqtida qaytarilmaganligi 
uchun oshirilgan miqdorda foiz haq to`lash nazarda tutilishi mumkin. 
Oshirilgan miqdordagi foiz xaq olinishi majburiyatni buzganlik uchun 
jazo chorasi sifatida qo`llanilganida u neustoykaning bir shakli sifatida 
baholanishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik subyektiga bank tomonidan 
odatdagidan qo`layroq shaklda (blankali) kredit berilganida ham 
oshirilgan foiz haq olinishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda 
oshirilgan foiz haq jazolash xususiyatiga ega bo`lmaydi va shartnoma 
muddatlari buzilmasa-da, qo`llanilaveradi.
Mijoz kredit shartnomasi shartlarini buzgani, berilgan kreditdan 
maqsadsiz 
foydalangani 
yoki 
uning 
moliyaviy-tadbirkorlik 


287 
ko`rsatkichlari yomonlashgani taqdirda unga nisbatan javobgarlikning 
o`ziga xos turi kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, avval 
be-rilgan kredit va uning uchun foiz haqni qaytarib olish, keyinchalik 
kredit berishni to`xtatish chorasi qo`lla-nilishi mumkin. Ajratilgan 
kreditni o`z vaqtida mi-jozga bermaganlik uchun bank javobgarligi qonun 
huj-jatlarida va kredit shartnomasida nazarda tutib qo`yi-ladi. Kredit 
shartnomasi bo`yicha uning taraflari ja-vobgarligi to`liq bo`lib, aybdor 
taraf o`z shartnomaviy hamkoriga ko`rilgan barcha zararlarini 
(yo`qotilgan pul yoki mulk qiymati, olinmasdan qolgan daromad (foyda), 
qilingan moddiy va boshqa harakatlar) to`liq hajmda qoplab berishi lozim 
bo`ladi. Tijorat banklari mijozlarga kredit berishga oid shartnoma 
munosabatlaridan tashqari boshqa faol mo-liyaviy operasiyalarni amalga 
oshirishlari mumkin. Bunday munosabatlar jumlasiga lizing, faktoring
vekselni hisobga olish, forfeyting kabilar kiradi. Ularning barchasi 
bankda jamlangan vaqtincha bo`sh mablag`larni uchinchi shaxslarga haq 
evaziga berishga qaratilgan bank faoliyatidan iboratdir.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin