Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Shartnoma deb ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik) 
shaxsning huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki 
bekor qilish haqidagi kelishuvga aytiladi. (FK.353m) Shartnomalarga 
ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama 
bitimlar to‘grisidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning 
qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘grisida 
bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
majburiyatlar to‘grisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning 234-352-
moddalari) qo‘llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday 
shartnomalarning ko‘p taraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma 
to‘grisidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o`rtasida maxsulot etkazib 
berish, tovar ayrboshlash, yuk tashish, transport ijarasi, ko‘char yoki 
ko‘chmas mulk ijarasi, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish, maxsulotlarni 
realizastiya qilish va boshqa munosabatlarni amalga oshirishda vujudga 
keladigan shartnomaviy munosabatlar
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to`g`risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shartnomalar – bu bitim ishtirokchilarining asosiy kelishuvlarini 
qayd qiladigan hujjatlardir. Ular mamlakat doirasida va tashqi savdo 
oborotida tovarlar va moliyaviy mablaglarning harakatini ta’minlaydi. 


290 
Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu 
esa ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korxonaning o‘zida 
shartnomani imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan 
kelishiladi, tuzatish va qo‘shimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi 
tekshiriladi va h.k.
I.B. Zokirovning fikricha, shartnomalar erkinligi 
tamoyilida quyidagi uchta holatni ajratib kursatish orqali tushunish 
mumkin: 1) subyektning shartnoma bo‘yicha o‘z kontragenti, ya’ni 
shartnoma bo‘yicha sherigini tanlash erkinligi; 2) shartnoma predmetini, 
ya’n aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi; 
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi.
Ushbu uchta holatni amalga oshirishda subyektga hech qanday 
noqonuniy ta’sir o‘tkazmaslik lozim bo‘ladi' A.N. Tanaga esa 
shartnomalar erkinligi tamoyiliga quyidagicha ta’rif beradi: 
shartnomalar erkinligi - bu qonunda to‘gridan-to‘gri fuqarolik 
huquqining boshlangich negizi bo‘lib, u shartnoma munosabatlari 
subyektlari uchun shartnoma tuzish erkinligini, tuzilayotgan shartnoma 
turini tanlash erkinligini va uning shartlarini belgilash erkinligini 
urnatadi.
H.R. Rahmonqulovning fikricha, shartnoma erkinligi taraflarning 
shartnoma munosabatlariga kirishishiga doir haqiqiy istaklari va xohish-
irodalari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bunday xohish-iroda, 
birinchidan, shartnoma tuzishga doir harakatlarda, ikkinchidan
shartnoma shartlarini belgilashga doir harakatlarda, uchinchidan
shartnoma majburiyatlarini bajarishga doir harakatlarda namoyon bo‘ladi. 
Demak, tadbirkorlik shartnomasi: – bu ikki va undan ortiq 
shaxslarning o‘z huquq va erkinliklarini mustaqil tartibda vujudga 
keltirishni, ularni o‘zgartirishga va bekor qilishga qaratilgan o‘zaro 
kelishuvidir. 
Xulosa qilganda tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning 
asl maqsadi va moxiyati tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan 
ishlar, xizmatlar uchun foyda olish va boshqa turdagi xarakatlarning 
bajarilishini kafolatlaydigan muxim hujjatlardan biri hisoblanadi.


291 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin