Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari 
va qarorlari ustidan shikoyat qilish  
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ya’ni tadbirkorlar nazorat qiluvchi 
organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan 


262 
bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud 
mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. Bo‘ysunish tartibida 
yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish 
shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni 
yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar 
to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining 
hayoti va solii uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish 
bilan bogliq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno. 
Tadbirkorlik subyekti sudga shikoyat berganligi to‘risida nazorat qiluvchi 
organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor 
qilishi shart. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor 
shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus 
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar o‘tkazish rejasidan 
ko‘chirma yoki rejadan tashqari yoxud muqobil tekshiruv o‘tkazish 
to‘risida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning ko‘chirma 
nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, 
tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv o‘tkazish muddatlari 
ko‘rsatilgan buyruining ko‘chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor 
shaxslarning tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘risidagi 
maxsus guvohnomasi hamda shaxsiy guvohnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l 
qo‘yiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning 
mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvdan 
o‘tkazayotganda tekshirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi. Huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari 
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish choida tadbirkorlik 
subyektlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan ko‘riqlanadigan 
boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini 


263 
ta’minlashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (bundan 
keyingi matnda Departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni 
muhofaza qilish organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va 
huquq buzilishlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, 
shuningdek davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning 
asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin