Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat 
tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yo‘l 
qo‘yilganligini aniqlaganlari taqdirda o‘z vakolatlari doirasida 
litsenziyani bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar 
haqida xabar qiladilar.
3-§. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
shakllari 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: tekshirish, shu jumladan taftish, 
nazorat tartibida tekshirish; statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni 
tahlil qilish; idora qaramoidagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa 
axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, 


266 
shuningdek idora qaramoidagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirish – deganda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunlar 
hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday 
bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat 
qilishi tushuniladi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) deganda - soliq 
va valyuta to‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining buxgalteriya, 
moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash 
tushuniladi.
Tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va 
soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati to‘risida 
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish 
hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari 
bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati 
organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. O‘tkazilayotgan tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatini tekshirishlar ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi 
uchun to‘sqinlik qilmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini 
tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur 
birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan 
tadbirkorlik subyektlarini tekshirish palata vakillari ishtirokida amalga 
oshirilishi mumkin.
Tekshirishlarni o‘tkazish uchun asos sifatida - nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan, moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirishlar uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno 
etganda, quyidagilar asos bo‘ladi: maxsus vakolatli organ yoki uning 
tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatini tekshirishni o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan 


267 
ko‘chirma; nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida 
chiqarilgan,
tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va 
tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrui.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari 
tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish uchun 
qo‘zatilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga 
tadbirkorlik subyektlarining faqat qo‘zatilgan jinoyat ishi bilan bogliq 
faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash 
to‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarining yuridik 
shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yuridik shaxslarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilish 
jarayonida ekanligi to‘risidagi bildirishi asosida davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan amalga oshiriladi, tekshirish muddati o‘ttiz kalendar 
kunidan oshmasligi kerak.
Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan 
avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yiimlar, 
ijara haqi to‘liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal 
xotirali nazoratkassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar 
asosida 
qabul 
qilish 
bo‘yicha 
hisob-kitob 
terminallaridan 
foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya 
etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati 
organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari 
tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida 
o‘tkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning 
tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilgan kundan 
e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tekshiruv o‘tkazish uchun asosga 
ega bo‘lmagan shaxslarning tekshiruv o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga 
kirmaydigan masalalar bo‘yicha ularning talablarini bajarmaslik hamda 
tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni 
tanishtirmaslik huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma 


268 
(ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir 
nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoldiriladi.
Statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish - 
tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga 
muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra 
qoozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik 
subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik 
subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini 
dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali 
rabatlantiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va 
davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat 
soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonun 
hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlarini belgilashi 
man etiladi.
Endilikda tadbirkorlik soxasidagi
tekshiruvlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentning 2019 yil 15 martdagi “Tadbirkorlik 
faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura 
organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 
PF–
5690
-son Farmoniga asosan biznes – ombudsman muvofiqlashtiradi. 
Ushbu xujjatga muvofiq endilikda birinchidan, 2019 yil 1 apreldan 
boshlab, Bosh prokuratura tekshiruvlarni muvofiqlashtirishni to‘xtatdi. 
Ushbu vakolatlar Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil 
tasarrufiga o‘tkazildi. Biznesombudsmanning tekshiruvlarga oid 
qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy 
hisoblanadi. 
Eslatib o‘tamiz, tekshiruvlar 2 guruhga bo‘linadi: 
 
vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘tkaziladigan (4 
turdagi);


269 
 
tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga 
ma’lumotlarni kiritish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida 
o‘tkaziladigan (29 turdagi). 27.07.2018 yildagi 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin