Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratining



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratining 
huquqiy asoslari
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
bilan bogliq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida” 
(yangi tahriri), “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘risida”, 
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartibtaomillari 
to‘risida”gi qonunlari, 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini 
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘risida”gi 
PF-3619-son 
farmoni, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 09.11.2022 yildagi PF-244-son T
adbirkorlik faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farmoni 
shular jumlasidandir. 
O’zbekistonda Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning aniq 
maqsad va chegaralarini belgilash, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 


254 
yangi mahsulot va xizmat turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 
— 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash 
maqsadida:
Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi, 
Tadbirkorlik 
subyektlarining 
huquqlari 
va 
qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat 
palatasining davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini faqatgina quyidagi 
vositalar orqali tartibga solish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: 
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha 
litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini 
joriy etish; 
texnik jihatdan tartibga solish; 
tarif va notarif tartibga solish; 
qonunda 
belgilangan 
tartibda 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish; 
davlat nazorati; 
raqobatni himoya qilish; 
qonun bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning mansabdor 
shaxslari javobgarligini o‘rnatish; 
hisobotlarni joriy etish; 
o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotga a’zolik (ishtirok etish) 
asosida o‘zini o‘zi boshqarishni joriy etish. 
Qonunlar bilan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning boshqa 
vositalari ham belgilanishi mumkin. 
Farmonda belgilab qo‘yildiki: 
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya 
qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini, uning qonuniy manfaatlari 
himoyasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, davlat 


255 
xavfsizligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi; 
normativ-huquqiy yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga solish 
vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. 
Quyidagi talablar 2023-yil 1-yanvardan bekor qilindi: 
tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) 
kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma 
ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon 
berish; 
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab 
chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga 
oshirilishi; 
elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan 
hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan 
yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish; 
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona 
milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati 
organlarida alohida hisobga qo‘yish. 
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-martdan: 
soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va 
soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi; 
axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi. 
Bunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nodavlat 
xizmatlar 
ko‘rsatish 
tartibi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda xizmat ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxs tomonidan belgilanadi; 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan bir 
shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va 


256 
undan yuqori bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan 
to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 
vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) 
o‘rtasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va undan 
yuqori bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning to‘g‘ridan to‘g‘ri 
shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi. 
Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq sohalar 
bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy 
texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boshqa 
intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan cheklangan muhitda 
sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini maxsus tartibga solishni nazarda 
tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini (keyingi 
o‘rinlarda — Maxsus huquqiy rejim) joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga 
rozilik berilsin. 
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan: 
a) Maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlik subyektlariga 
quyidagilarga ruxsat etiladi: 
yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, aprobatsiya qilish va 
joriy qilish yo‘nalishlaridagi faoliyatini cheklangan vaqt, hudud va 
shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik 
hujjatlari normalariga amal qilmaslik; 
litsenziyasiz va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmasdan 
faoliyatni amalga oshirish, bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq 
foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziya va 
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno; 
b) Maxsus huquqiy rejim tegishli vakolatli organ va tashabbuskor 
o‘rtasida har bir loyiha bo‘yicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan 
joriy etiladi. Bunda: 
kelishuvda loyihani amalga oshirishning talab va shartlari, shu 
jumladan muddati, hududi va shaxslar doirasi, tashabbuskorga tatbiq 
etilmaydigan qonunchilik normalari ro‘yxati hamda loyiha natijalarini 
baholash mezonlari (indikatorlari) belgilanadi; 


257 
har bir loyiha bo‘yicha Maxsus huquqiy rejimning amal qilish 
muddati ko‘pi bilan uch yilni tashkil etadi; 
v) Maxsus huquqiy rejim yakunlari bo‘yicha tegishli vakolatli organ 
tomonidan bir oy muddatda: 
sinovdan o‘tkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishning 
maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkaziladi; 
mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb 
topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar 
ishlab chiqiladi. 
Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 1-yanvarga qadar “Tartibga solish 
qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi 
vaqtinchalik nizomni, shu jumladan uni aniq yo‘nalishlar kesimida 
amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin. 
Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi hamda tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda 2025-yil 1-
yanvarga qadar Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili 
natijalari bo‘yicha “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini 
ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 
PF-60-son Farmoni bilan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni 
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 
(keyingi o‘rinlarda — Yagona reyestr) kiritish, takrorlanuvchi va o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgan majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish tartibi 
joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi va belgilansinki: 
a) Yagona reyestr tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari 
bo‘yicha o‘rnatilgan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan 
bog‘liq moliyaviy xarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi 
hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik 
choralarini o‘z ichiga oladi; 
b) Yagona reyestrga ma’lumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi 
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi; 
v) Adliya vazirligi Yagona reyestrning operatori hisoblanadi, 
Yagona reyestr yuritilishini uslubiy ta’minlaydi, shuningdek, davlat 


258 
organlari 
va 
tashkilotlarining 
ushbu 
sohadagi 
faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; 
g) Yagona reyestr quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi: 
birinchi bosqichda (2023-yil) — qurilish, savdo, umumiy 
ovqatlanish, ta’lim va transport sohalaridagi majburiy talablar ro‘yxati 
shakllantiriladi; 
ikkinchi bosqichda (2024-2025-yillar) — barcha sohalardagi 
majburiy talablar ro‘yxati shakllantiriladi; 
d) Yagona reyestrni shakllantirish jarayonida majburiy talablarning 
dolzarbligi tanqidiy tahlil qilinadi, tartibga solish ta’siri baholanadi va 
ularning soni qisqartiriladi; 
e) Yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga 
tushiriladi. Bunda, Yagona reyestrga kiritilmagan majburiy talablarni 
bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi, shuningdek, davlat 
organlari va tashkilotlari tomonidan Yagona reyestrga kiritilmagan 
majburiy talablarning bajarilishini tekshirish taqiqlanadi. 
Yagona reyestrni shakllantirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq 
tasdiqlash. 
Adliya vazirligi ikki oy muddatda Yagona reyestrni shakllantirish, 
yuritish va ma’lumotlarni yangilab borish tartibini Vazirlar Mahkamasiga 
tasdiqlash uchun kiritish. 
Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish 
bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 3-ilovaga 
muvofiq tarkibda tashkil etish. 
Tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda 
sohadagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash topshirigi belgilandi. 
Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch 
oy muddatda: 
mazkur Farmon bilan joriy etilgan yangi tartib-taomillarni amalga 
oshirish mexanizmlarining Tadbirkorlik kodeksi loyihasida nazarda 
tutilishini ta’minlash; 


259 
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar 
kiritish belgilandi. 
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati 
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘risida”gi Qonuni (yangi 
tahriri), soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining 
o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘risidagi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
Respublika kengashi tomonidan 2006 yil 11 martdagi 06-01-01-son qarori 
bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 
yil 6 mayda 1573-son bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslar 
faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘risida” Nizom 
(yangi tahriri) bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni 
tashkil tartibi belgilangan.
Yuqorida qayd qilingan qonun hujjatlarini qo‘llashda tadbirkorlik 
subyektlariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida moratoriylar 
belgilash amaliyoti ham joriy qilingan. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada 
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi PF-4609-
son Farmoniga muvofiq soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z 
vaqtida to‘laydigan, shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o‘sish 
sur’atlarini va rentabelligini ta’minlovchi kichik tadbirkorlik 
subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini soliq tekshiruvidan 
o‘tkazishga qo‘llanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan 
muddatgacha uzaytirilgan (yuridik shaxslarni tugatishdagi, qo‘zatilgan 
jinoiy ishlar doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan 
mablaglar va resurslaridan foydalanish bilan bogliq rejadan tashqari 
tekshiruvlar bundan mustasno).

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin