185
6-§. To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomillari
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 238-moddasida
tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartiblari
mustaxkamlangan. Unga ko‘ra, agar qonunchilikda belgilangan
muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki)
o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmaganligi munosabati bilan
tugatish to‘grisida o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan yuridik shaxsning
mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli
bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda
nazarda tutilgan tartibda
tugatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar
aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi)
yuridik shaxsga
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza
bilan sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar
ko‘rilishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi
ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sud tugatilayotgan
yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga
doir ish yuritishni
boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi, tugatish boshqaruvchisini
tayinlaydi. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligida
kuzatuv, sud sanastiyasi va tashqi
boshqaruv tartib-taomillari
qo‘llanilmaydi. Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga nisbatan o‘z
talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi
e’lon chiqarilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddatda taqdim etishga
haqli.
Yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsizlik tartibida tugatishni rad etish
oqibatlari, ushbu Qonun 238-moddasining
ikkinchi qismida nazarda
tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat
reestriga yuridik shaxs tugatilganligi to‘grisidagi yozuvni kiritishni rad
etish uchun asos bo‘ladi.
Ushbu Qonun 238-moddasining ikkinchi
qismida nazarda tutilgan
talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan tugatish komissiyasining raisi yoki
tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki)
soliqlari hamda yigimlari yuzasidan qanoatlantirilmagan talablar bo‘yicha
186
subsidiar javobgar bo‘ladi. Hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga
qobiliyatsiz deb topish to‘grisida ariza berishning o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘z faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor
yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir bo‘lmagan va
ularning joylashgan erini (yashash joyini) aniqlashning imkoni bo‘lmagan
taqdirda, hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish
to‘grisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qat’i nazar, kreditor,
vakolatli davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli
organ tomonidan berilishi mumkin.
Hozir bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi
ishni ko‘rib chiqish, sud hozir bo‘lmagan qarzdorni
bankrot deb topish
haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki
haftalik muddat ichida hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi. Hozir
bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishda
kuzatuv, sud sanastiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari
qo‘llanilmaydi. Sudning qarori vakolatli
davlat organiga yuboriladi, bu
organ mazkur qaror olingan kundan e’tiboran bir haftalik muddatda sudga
tugatish boshqaruvchiligiga nomzodni taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarni
hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi haqida yozma shaklda xabardor
qiladi, ular xabarnomani olgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda
tugatish boshqaruvchisiga o‘z talablarini taqdim etishi mumkin. Tugatish
boshqaruvchisi hozir bo‘lmagan qarzdorning
mol-mulkini aniqlagan
taqdirda sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga
qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini tugatish hamda
to‘lovga qobiliyatsizlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy
tartib-taomillariga o‘tish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: