Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


 Tadbirkorlik huquqi subyektlarini tugatish tartibi va asoslari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2. Tadbirkorlik huquqi subyektlarini tugatish tartibi va asoslari 
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi 
davrida turli mulk shakllarining mavjudligi tadbirkorlik yuritishning ham 
har xil ko‘rinishlarini vujudga keltirib, tadbirkorlik yurituvchi subyektlar 
faoliyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, 
tadbirkorlik yuritish subyektlarining samarasiz faoliyat yuritishi davlat va 
jamiyat manfaatlariga sezilarli zarar keltiradi. Har qanday davlat va 
jamiyat o‘z hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining 
yaxshi ishlashi tarafdoridir. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A. 
Karimov “eng avvalo, istiqbolsiz korxona va tashkilotlarni har qanday 
yo‘l bilan bo‘lsada, qo‘llab-quvvatlashdek xato yo‘lga barham berish 
zarurligini va bu yo‘l bozor talabiga mutlaqo yot va ziddir. Samarasiz 
ishlaydigan korxonalar karzdorlik girdobiga faqat o‘zlari garq 
bo‘libgina qolmay, boshqa korxonalarni ham ortidan tortib ketadi” deb 
ta’kidlagan edi. To‘gri, bunday holat albatta achinarli, lekin undan qutilib 
bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yuridik shaxsni tugatish masalasi 
haqiqatdan dolzarb mavzu bo‘lib bormoqda.
Ushbu vaziyatga mamlakatimizda to‘gri baho berilib, qonunda 
belgilangan tartib asosida hal qilish uchun maxsus qonun me’yorlari va 
chora tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining normalari yuridik shaxslarni tugatishning fuqarolikhuquqiy 
tartibga solinishini to‘liq mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat 
bo‘lsa, shu singari mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan 
qishloq tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda 


89 
esa yuridik shaxsni tugatishda mazkur sohaning o‘ziga xos xususiyatlari 
inobatga olinib huquq normalari belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida yuridik 
shaxslarni ikki xil usulda tugatilishi belgilangan.
Birinchisi ixtiyoriy usul bo‘lib, u muassislar (ishtirokchilari) yoki 
ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining 
qaroriga muvofiq; 
• 
yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi; 
• 
uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi 
munosabati bilan; 
• 
yuridik shaxsni tashkil etish chogida qonun hujjatlari 
buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib 
bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb 
topganda; 
• 
muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi 
tomonidan tashkilotni tugatish uchun etarli bo‘lgan boshqa sabablarni tan 
olishi bilan; 
Ikkinchisi majburiy usulda sud qarori bo‘yicha: 
• 
faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga 
oshirish; 
• 
qonun tomonidan ta’qiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga 
oshirgan yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo‘pol 
ravishda buzish holatlarida; 
• 
Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning 
qaroriga muvofiq ; 
•Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq 
kirib kelishi o‘z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. SHu sababli 6 oy mobaynida (savdo 
vositachilik korxonasi esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari 
bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliyatadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirilmagan, (dehqon va fermer tadbirkorliklari 
bundan mustasno) va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan 
e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan 


90 
miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, ham uning tugatilishiga olib 
kelishi haqidagi norma Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yildi.
Yuridik shaxsni tugatish – murakkab va ko‘p vaqt talab qiluvchi ish 
hisoblanadi. Shuning uchun yuridik shaxsni tugatish jarayoni bir necha 
bosqichni o‘z ichiga oladi. 
Yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis 
hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining 
qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Odatda muassislar ham ishtirokchilar 
ham o‘z ixtiyorlari bilan har qanday vaqtda tugatish to‘grisidagi qarorni 
qabul qilishlari mumkin. Bu ularga berilgan huquqdir. Lekin shu bilan 
birgalikda tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilish ular uchun burchni ham 
keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sud 
tartibida tugatish ikki asosda umumiy va maxsus asoslarda amalga 
oshirilishi nazarda tutiladi. Umumiy asos barcha turdagi yuridik 
shaxslarga, maxsus asos esa alohida turdagi yuridik shaxslar uchun 
taalluqlidir. Umumiy asoslarga ko‘ra o‘z faoliyatini ruxsatnomasiz 
(litsenziyasiz) amalga oshirayotgan yoki qonun tomonidan ta’qiqlangan 
faoliyat bilan shugullanayotgan yuridik shaxslarga nisbatan yoki 
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga 
muvofiq qo‘llaniladi.
Maxsus asosga ko‘ra tugatiladigan alohida turdagi yuridik shaxslar 
qatoriga O‘zbekiston Respublikasi qonuniga binoan o‘z huquqiy 
maqomini olib, maxsus xuquq layoqatiga ega bo‘lgan qishloq tadbirkorlik 
korxonalari kiradi. Odatda, har bir qishloq tadbirkorlik korxonasining 
huquqiy maqomini o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan, 
fermer xo‘jaligi: tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan 
bironta ham tadbirkorlik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; er 
uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; er 
uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va erdan foydalanish 
huquqini tiklashning imkoniyati bo‘lmaganda; erdan belgilangan 
maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ 
kadastr bahosidan muttasil (uch yil maboynida) past bo‘lganda; erlarning 
ekologik holati yomonlashganda; er uchastkasi belgilangan tartibda olib 
qo‘yilganda; fermer xo‘jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi 


91 
belgilangan muddatlarda muttasil to‘lanmay kelinganda; fermer xo‘jaligi 
er olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida tadbirkorlik ishlab chiqarish 
faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa; fermer tadbirkorliklari faoliyatini tartibga 
soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol 
ravishda buzilganda; shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan 
erni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hollarda tugatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘grisida” gi qonunida 
11 ta asosda fermer xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilsa, dehqon xo‘jaligi 
faoliyatini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslar 6 ta qilib ko‘rsatilgan. 
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 27-moddasiga binoan, dehqon xo‘jaligi quyidagi, ya’ni: 
tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham 
tadbirkorlik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; tomorqa er 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan 
ixtiyoriy voz kechilganda; tomorqa er uchastkasi qonunda belgilangan 
tartibda olib qo‘yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda; 
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi 
berilgan tomorqa er uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga 
kirishmagan taqdirda; dehqon tadbirkorliklari faoliyatini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda 
buzilgan hollarda tugatiladi.
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi 
hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishini 
inobatga olgan holda, agar yuridik shaxs tashkil etib, faoliyat olib 
borayotgan bo‘lsa, uning faoliyati tugatiladi. Yuridik shaxs tashkil 
etmasdan faoliyat yuritayotganda esa dehqon tadbirkorliklarining 
faoliyati to ‘xtatiladi. Yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek, bozor sharoitida 
yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish va tugatish shartlari va usullari 
har xildir. 
Tadbirkorlik faoliyatini subyekti sifatida mas’uliyati cheklangan va 
qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar fuqarolik huquqiy maqomiga ega 
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan va 
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘grisida» gi Qonunda jamiyatni 


92 
tashkil etilishi, faoliyat olib borishi va tugatilishi to‘grisidagi qoidalar 
belgilangan. Ushbu subyekt Qonun va jamiyat ustavi talablarini hisobga 
olgan holda qonunlarda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi 
mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra 
sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin. Jamiyatni tugatish 
uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa 
shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda 
tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi qarori 
ja¬miyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki 
ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi. Ixtiyoriy ravishda 
tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigilishi jamiyatni 
tugatish va yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan 
kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tibo¬ran jamiyat 
ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatish 
komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Ustav 
fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda 
tugatish komissiyasining tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi 
organning vakili kiritiladi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, jamiyatni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ tu¬gatish komissiyasi tayinlanishiga 
rozilik berishga haqli emas. 
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik shirkatlari tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari tarkibida alohida o‘rin tutadi. Uning huquqiy 
maqomi Fuqarolik kodeksi va «Xujalik shirkatlari to‘grisida»gi Qonun 
bilan 
tartibga 
solinadi. 
Qonunga 
ko‘ra, 
muassislarning 
(ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga 
(ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti tadbirkorlik shirkati 
hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan 
ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan 
ishtirok etadilar. Shirkat qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, 
shuningdek shirkatda yagona ishtirokchi qolgan taqdirda tugatiladi. 
Bunday ishtirokchi shirkatning yagona ishtirokchisiga aylangan paytdan 
e’tiboran olti oy ichida yangi ishtirokchilarni qabul qilishga va shirkatni 


93 
saqlab qolishga, shirkat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni 
moliyalashtirish to‘grisida hissa qo‘shuvchilar bilan shartnoma tuzishga 
va kommandit shirkat tuzishga, shirkatni qayta tuzish yoki tugatishga 
haqlidir.
Agar 
shirkatning 
ta’sis 
shartnomasida 
yoki 
qolgan 
ishtirokchilarning kelishuvida shirkat o‘z faoliyatini davom ettirishi 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat qayd etilgan Qonun 22-moddasining 
birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda ham tugatiladi. Tadbirkorlik 
shirkatlarining tashkiliy shakllaridan biri bo‘lib kommandit shirkat 
hisoblanadi. Kommandit shirkat unda ishtirok etgan barcha hissa 
qo‘shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda, shuningdek «Xujalik 
shirkatlari to‘grisida»gi Qonun 27-moddasida na¬zarda tutilgan to‘liq 
shirkatni tugatish asoslari bo‘yicha tugatiladi. Barcha hissa qo‘shuvchilar 
shirkatdan chiqqan taqdirda to‘liq sheriklar kommandit shirkatni tugatish 
o‘rniga uni to‘liq shirkatga aylantirishga haqlidirlar. Kommandit shirkat 
tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo‘lgan taqdirda, hissa 
qo‘shuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin 
qoladigan molmulkidan hissalar olishda to‘liq sheriklar oldida imtiyozli 
huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan molmulki to‘liq 
sheriklar o‘rtasida, agar ta’sis shartnomasida yoki to‘liq sheriklar va hissa 
qo‘shuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, 
ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Yuridik shaxsni tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish tugatish 
jarayoni huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz yakunlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi FKning 54-moddasiga 
ko‘ra, yuridik shaxsni tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilgan uning 
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda 
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yozma tartibda 
xabar berishlari lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ mana shu 
xabarga asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi haqidagi 
ma’lumotlarni yagona davlat reestriga kiritadi. Ma’lumotlar kiritilgandan 
so‘ng yuridik shaxsning firma nomiga albatta “tugatilishda” degan so‘z 
qo‘shib qo‘yiladi.


94 
Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor qilib 
qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Chunki, har qanday tadbirkorlik 
yurituvchi subyekt tashkil etilgan paytda soliq to‘lovchi sifatida davlat 
soliq organlarida ro‘yxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-moddasida 
yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq 
bo‘lgan davr uchun hisobotlar, xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab 
qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, taqdim 
etilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan 
tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) 
besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor 
qiladi. 
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng soliq 
to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha 
hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda) soligi bo‘yicha 
hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda 
taqdim etiladi. Shuningdek, korxona tugatilganda soliqqa tortish 
masalalari ma’lum idoraviy yo‘riqnoma asosida hal etilishi mumkin. SHu 
bilan birga yuridik shaxsni tugatilishi to‘grisida pensiya fondlari hamda 
sugurta jamgarmalarini ogohlantirib, o‘zlarining hisob raqamlarini yopish 
choralarini ko‘rishi lozim. 
Tugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to‘liq bekor qilinib, uning 
ishi to‘xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda tugatish 
komissiyasi tuziladi. Uning fikriga qisman qo‘shilgan holda aytish 
mumkinki, hozirgi vaqtda tugatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 
tugatish komissiyasi tuzilishi yoki shunday harakatlarni bajaruvchi 
tugatuvchi tayinlanishi o‘zining qonuniy asosiga ega. Bu hatti-xarakatlar 
tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat 
korxonalarini tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy 
nochorlik bo‘yicha boshqarma O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik 
va idoralari vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va 
boshqalar tashkil qilishi mumkin. Shunday qilib, qoidaga ko‘ra, 
amaliyotda tugatish komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar) 
tugatilayotgan tashkilot ma’muriyati vakillari kiradi. 


95 
Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining asosiy 
vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda muddatini belgilab 
oladilar. Tugatish komissiyasi matbuot organlarida yuridik shaxsning 
tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish 
tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga 
muvofiq bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab 
“ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas”. Undan oldin qabul qilingan 
qonun hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb ko‘rsatilar edi. Lekin 
amaliyotda bir oy ko‘rsatilib e’lon qilinar edi. Hozir ham ba’zan 
matbuotda bir oy ko‘rsatilib xabar qilinadi. SHu bilan kreditorlar 
tomonidan o‘z talablarini bayon qilish uchun zarur bo‘lgan imkoniyat 
cheklanadi. “Ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas” deb ko‘rsatilgan 
Kodeksda o‘rnatilgan imperativ norma kreditorlarning huquqlarini 
himoya qilish uchun tegishli kafolat yaratishga qaratilgan.
Tugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik 
shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga 
o‘tadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur komissiya tugatuvchi 
mustaqil huquq subyekti bo‘lib hisoblanmaydi. U faqat tugatish 
jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa 
shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatilayotgan yuridik shaxs 
nomidan harakat qiladi. 
Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda 
ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs hisob 
varaqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz hisobdan 
foydalanmaslik to‘grisida ariza yuboradi. Mana shu arizaga ko‘ra bank 
tugatilayotgan korxona hisobi bo‘yicha keyinchalik yuborilayogan ijro va 
boshqa hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Tugatish komissiyasi barcha 
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini undirish, shuningdek 
yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida kreditorlarni yozma xabardor 
qilish choralarini ko‘rish lozim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida 
qarzdorlarga talab qo‘yishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa 
tegishli da’vo bilan sudga murojaat etish kerak. O‘zbekiston Respublikasi 


96 
“Buxgalteriya hisobi to‘grisida”gi qonuning 21- moddasiga muvofiq 
yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi.
Agarda yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bo‘lsa, sud uning 
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga o‘z burchlarini to‘gri 
bajarish mas’uliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni sud 
qarorida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirishi lozim xolos. 
Lekin sud qarori to‘gri va lozim darajada bajarilmagan bo‘lsa, sud 
tugatish komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga tugatishni 
amalga oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, etkazilgan zarar zarar 
etkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud 
boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo‘lsa, sud javobgarga 
zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to‘xtatib turish yoki 
tugatish majburiyatini yuklashga haqli. (FKning 986-moddasi 2- qismi) 
Bu chora tadbirlar tugatish jarayonining boshlangich, birinchi bosqichini 
tashkil etadi. 
Tugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatuvchi) 
yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi. 
Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini aniqlash va 
ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik shaxsni tugatish 
to‘grisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) 
yoki vakolatli organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishi lozim. SHuningdek, 
yuridik shaxs o‘zining tugatilayotganligi haqida matbuot organlari orqali 
e’lon qilib, unda kreditorlari tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va 
muddatini belgilab qo‘yadi. Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon 
qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas. 
Yuqorida aytib o‘tilgan ushbu tadbirlar ham avvalo kreditorlar 
manfaatlarining himoyasiga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach, 
qolgan molmulk uning ta’sischilari va a’zolari o‘rtasida taqsimlanib, 
ularning xususiy mulkiga aylanishi mumkin.
Kreditorlar talablarini qanoatlantirish tugatishning muhim bir 
bosqichlaridan hisoblanadi. SHuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 55-moddasida tugatish komissiyasini vazifasi 
sifatida ikkinchi bosqichda kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini 


97 
olish choralarini ko‘rish, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxsning 
tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan. 
Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati boshlanmagan 
bo‘lsa, ular o‘rtasida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Mazkur holatda 
tugatiluvchi yuridik shaxs o‘zining tugatilayotganligini asos qilgan holda, 
qarzdorlaridan o‘z majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli 
emas. Ular bu majburiyatni tugatish muddatini belgilash chogida hisobga 
olishlari kerak edi. Mavjud vaziyatdan qutilishning birdanbir yo‘li 
tugatiluvchi yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga 
nisbatan qo‘yiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida 
kelishuvga erishish mumkin.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat 
tamom bo‘lganidan keyin yuridik shaxsni tugatish to‘grisida qaror qabul 
qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish 
komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan 
yuridik shaxs molmulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, 
shuningdek ularni qo‘rib chiqish natijalari to‘grisidagi ma’lumotlar qayd 
etiladi. Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘grisida qaror 
qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ 
tomonidan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan 
kelishgan holda tasdiqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ 
balansning to‘griligini, asoslantirilganligini nazorat qilishi zarur. Agar 
tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul 
mablaglari kreditorlarning talablarini qondirish uchun etarli bo‘lmasa, 
tugatish komissiyasi yuridik shaxsning mol mulkini kim oshdi savdosi 
orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi va 
qarzlarini to‘lash uchun ishlatadi. Ya’ni qarzlarni to‘lash bo‘yicha 
kreditorlar talablari endi mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga 
qaratilishi mumkin. Bu tugatish jarayonining uchinchi bosqichiga xos 
xususiyatdir. 
Agarda oraliq balansini belgilash chogida tugatiluvchi korxonaning 
molmulki etarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik shaxs faqat bankrotlik 
yo‘li bilan tugatiladi. Bankrotlik choratadbirlari majmuasi barcha tijorat 


98 
va notijorat tashkilotlari uchun tadbiq etilishi mumkin. Tugatish jarayoni 
olib borilayotgan vaqtda ham, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi 
tomonidan yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa, unga 
nisbatan bankrot bo‘lganlikka doir ish yuritishni qo‘zgatishga asos 
bo‘ladi. Uning tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qo‘zgatishga 
to‘sqinlik qila olmaydi. Bankrotlikka uchragan tadbirkorlik yurituvchi 
subyektlarni 
tugatish 
tartibi 
va 
xususiyatlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining yangi taxrirdagi To’lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi 
12.04.2022 yildagi O‘RQ-763-son qonuni bilan belgilanadi. Ushbu 
Qonunning 3 moddasiga ko‘ra bankrot — sudning qaroriga asosan 
to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish 
yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor; 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin