Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

borilmoqda. Ularning ko‘pchiligi o‘z huquqlarini, tadbirkorlar uchun 
amalda qanday imtiyoz va kafolatlar mavjudligini yetarli darajada 
bilmaydi” degan edilar.  
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tizimi - tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga muvofiqligini 
ta’minlash, soliq va moliya intizomiga qat’iy amal qilishi sohasida 
muayyan funkstiyalarni bajarishni ta’minlaydi. Ayni paytda dunyoning 
ba’zi mamlakatlarida jumladan, Rossiya Federastiyasida, yakka 
tadbirkorlarga nisbatan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sharti bekor qilingan. 
Ya’ni ularda, yakka tadbirkorlar tadbirkorlik faoliyati bilan 
shugullanishni boshlaganligi to‘grisida vakolatli davlat organini xabardor 
qiladilar. Bunda vakolatli davlat idorasi fuqaroni yakka tadbirkorlik bilan 
shugullanish huquqini rad etishi mumkin emas. Vakolatli davlat idorasi 
fuqaroni yakka tadbirkor sifatida faoliyat boshlaganligini hisobga 
qo‘yadi. Fuqaroni yakka tadbirkor sifatida faoliyat boshlaganligi haqida 


48 
davlat idorasini xabardor qilish bo‘yicha munosabatlar, o‘z mohiyatiga 
ko‘ra, ma’muriy huquqiy munosabatlar bo‘lib hisoblanmaydi. Bunda 
fuqaro yakka tadbirkor sifatida faoliyat boshlaganligini o‘ziga xos 
fuqarolik bitimi sifatida qaraladi. Chunki, fuqarolik bitimida u o‘z xatti 
harakatlarida o‘zi uchun tadbirkorlik sohasida fuqarolik huquqlari va 
burchlarini vujudga keltiradi. Bu esa tadbirkorlik subyektini huquqiy 
maqomini belgilashda ommaviy huquqiy normalar ta’sir doirasini 
kamaytirib, fuqarolik huquqiy asoslar ta’sir doirasini kengaytiradi. 
Demak, O‘zbekistonda ham yakka tadbirkorlarga nisbatan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini bekor qilib, xabardor qilish tartibida 
tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishni boshlaganlik faktini hisobga 
qo‘yish tartibini joriy qilish o‘rinli bo‘lar edi.
Bugungi kunda aksariyat tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik 
faoliyatini yuridik shaxs tuzish asosida amalga oshirmoqda. Chunki, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bunday shakli, faoliyatni 
kengroq olib borish hamda yollanma mehnatdan foydalanish 
imkoniyatlariga ega buladi. Tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy 
asoslarini puxta o‘rganish maqsadida yuridik shaxs tuzish orqali faoliyat 
yuritishda birinchi navbatda yuridik shaxsning fuqarolik-huquqiy holatini 
o‘rganish zarur hisoblanadi. Ikkinchidan, tashkil etilgan yuridik 
shaxsning tadbirkorlik faoliyatini qaysi shaklga mansubligini uning ta’sis 
hujjatlari orqali aniqlash mumkin bo‘ladi.
Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan 
yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda 
nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi (FKning 42-moddasi). 
Shuningdek, yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav 
asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda 
nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs shu 
turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin 
(FKning 43-moddasi).
Demak, yuridik shaxsni tashkil etishdagi asosiy shartlarga, mulkdor 
yoki vakolatli organning farmoyishi, ustav, ta’sis shartnomasi, yoxud 
faqat ta’sis shartnoma bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, uning huquqiy 
maqomini belgilovchi hujjatlarda ular tomonidan tuzilgan ta’sis 


49 
shartnomasi asosida yoki ustavida belgilab qo‘yiladigan fuqarolik-
huquqiy asosga hamda qonun hujjatlarda ruxsat berilgan tartiblarda, 
yuridik shaxs iqtisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi xo‘jalik yurituvchi 
subyektga aylanadi.
Shunday 
qilib, 
yuridik 
shaxsning 
ta’sis 
shartnomasi 
muassischilarning huquq va majburiyatlarini, tashkil etilayotgan 
tuzilmaning ichki vazifalarini, foyda va daromadlarining taqsimlanishini, 
ustav fondini shakllantirish tartibi hamda muassischilarning qonunda 
belgilangan miqdordagi mablaglarini kiritish yoki birlashtiruvchi asosiy 
normativ hujjatlardan biri hisoblanadi.
Demak, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuzilgan 
yuridik shaxsning faoliyatini belgilab beruvchi asosiy normativ huquqiy 
hujjat, uning ta’sis shartnomasi yoki ustavi hisoblanadi.
V.Topildievning ta’kidlashicha, ta’sis shartnomasining asosiy 
xususiyati shundan iboratki, u yuridik shaxsni tashkil etish uchun asos 
bo‘lib, xizmat qiladi. Ta’sis shartnomasining maqsadi, muayyan 
tuzilmani ta’sis etish va shu muassislar tomonidan o‘z mol-mulkini ushbu 
yuridik shaxs ustav fondiga kiritish tartibi va shartlarini belgilash asosida, 
shuningdek muassislarning yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etishini va 
uning shartlarini belgilashdan iborat bo‘ladi. I.Ershovaning fikricha, 
ta’sis shartnomasi yuridik shaxslarning ta’sischilari tomonidan tuziladi va 
ushbu hujjatda ta’sischilar yuridik shaxsni tuzish bilan bogliq 
majburiyatni olishlarini hamda ularning yuridik shaxs faoliyatida o‘z 
mulkini topshirish orqali unda ishtirok etishni tushuntiradi.
Yuqoridagi fikr-muloxazalardan shuni tushunish kerakki, ya’ni 
ta’sis shartnomasi asosida biror bir turdagi tijoratchi yuridik shaxsni 
tashkil etishni, ta’sischilarning yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish 
doirasini, xamda ularning yuridik shaxs faoliyatida o‘z mulki asosida 
ishtirok etishni anglab olish lozim bo‘ladi.
Xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyati subyektini qonun hujjatlariga 
muvofiq tashkil etishning turiga ko‘ra, ularni ta’sis-farmoyish, ta’sis-
shartnomaviy hamda ta’sis etish usullariga bo‘lish mumkin.
Ta’sis-farmoyish usuli bilan davlat mulkiga asoslangan korxonalar 
tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda 


50 
xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat vakil qilgan shaxs tomonidan amalga 
oshiriladi. Davlat korxonalarini tashkil qilishning huquqiy asoslari O‘zRsi 
VMning me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ta’sis etish usuli 
bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar tuzilishi mumkin va, albatta, 
ularning faoliyati xususiy mulkka asoslanadi. Bunga misol akstiyadorlik 
jamiyatlari bo‘lishi mumkin.
Shartnomaviy ta’sis etish usuli, ikki va undan ortiq ta’sischilar 
tomonidan o‘zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish yo‘li bilan xo‘jalik 
yurituvchi subyektning faoliyat yo‘nalishini belgilaydi shuningdek ularni 
tuzadi. Ushbu tashkiliy-huquqiy shaklga mas’uliyati cheklangan va 
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni misol qilishimiz mumkin. Qonunda 
nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs shu 
turdagi tashkilotlar haqidagi Nizom asosida ish olib borishi mumkin. 
Yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan 
tuziladi, ustavi esa tasdiqlanadi.
O‘zRFKning 43-moddasi 4-5-qismlarida, ta’sis shartnomasida 
taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar, uni 
tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z 
mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini 
belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida 
taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning 
tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi. Ta’sis 
shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham 
kiritilishi mumkin. Ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan hollarda esa - davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ ana shunday 
o‘zgartishlar haqida xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar 
uchun kuchga ega bo‘ladi. Yuridik shaxslar va ularning muassislari 
mazkur o‘zgartishlarni hisobga olib ish yuritgan uchinchi shaxslar bilan 
munosabatlarda ana shunday o‘zgartishlar ro‘yxatga olinmaganligini vaj 
qilib ko‘rsatishga haqli emaslar.
N. Kozlova ta’sis shartnomasini konsensual fuqarolik-huquqiy 
shartnoma deb, uning maqsadi yuridik shaxsni tashkil etish va uning 
faoliyati davomida muassislarning o‘zaro munosabatlarini tartibga 


51 
solishga qaratilganligini ta’kidlaydi . Bundan kelib chiqib, ta’sis 
shartnomasi birinchidan, ham fuqarolik-huquqiy shartnomalarning bir 
turi sifatida uning tuzilish shakli konsensual shartnomaga xos bo‘lib, 
ikkinchidan, ta’sis shartnomasining asosiy xususiyati, muassislarning 
o‘zaro huquqiy munosabatlarini belgilab beruvchi asosiy hujjat 
hisoblanadi.
Demak, ta’sis shartnomasi fuqarolik-huquqiy shartnomalarning bir 
turi bo‘lib, ushbu hujjat ta’sischilarning o‘rtasida yuzaga keladigan 
munosabatlarni 
tartibga 
solish 
bilan 
birga 
ushbu 
shartnoma 
ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Shuningdek, 
ushbu hujjatning tarbiyaviy ahamiyatga ham ega ekanligini ta’kidlab, 
unda muassislarga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishlik 
hamda ularning jamiyat yoki shirkatning boshqaruvida qatnashish 
huquqini beradi. Xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy 
asoslarida birinchi navbatda ularning ta’sis shartnomasi tuziladi va shu 
hujjatda ularning asosiy faoliyati hamda maqsadi belgilab qo‘yiladi.
Tadbirkorlik faoliyatining turlari va tashkil etilish shakllari haqida 
ayrim olimlarning fikrlari mavjud. Xususan, V.Ya. Gorfikel va G.B. 
Polyanalar, barcha turdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagicha 
turkumlash mumkinligini qayd qiladilar: - faoliyat turiga qarab; - mulk 
shakliga qarab; - mulkdorlar soniga; - tashkiliy iqtisodiy va tashkiliy-
huquqiy; - jalb qilingan ishchilardan foydalanish darajasiga va x.k.ga 
qarab belgilanadi.
Umuman olganda, tadbirkorlik faoliyatining subyektlari umumiy 
tartibda ularning turkumlarga ajratilganligini va bunda ularning 
maqsadiga qarab uning tashkiliy-huquqiy asosini aniqlab olish 
imkoniyatini yaratadi. Shu asosda tadbirkorlik faoliyatining bunday 
turkumlanishi tadbirkorlik faoliyatining tashkiliyhuquqiy jarayonida 
uning biror bir turini to‘gri tanlash huquqini belgilaydi.
Yuqoridagi fikrlar asosida tadbirkorlik faoliyatining subyekti 
sifatida ularni tan olish uchun, ularning quyidagi asosiy belgilariga e’tibor 
qaratish shart bo‘ladi. Binobarin, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, 
o‘z ixtiyoridagi mulkka ega bo‘lishlik ya’ni mulkiy mustaqillik, huquq va 
muomala layoqatiga ega bo‘lishlik, tegishli soliq va boshqa mahalliy 


52 
yigimlarni to‘lagan bo‘lishi talab qilinadi. Ushbu qayd qilingan belgilar 
barcha tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun tegishli hisoblanadi.
Ayrim adabiyotlarda yuridik shaxsning xarakterli belgilarini ham 
hisobga olish muhimligi qayd qilingan. Xususan, umumiy maqsadga 
erishishlik, yuridik shaxsning taraflar o‘rtasidagi munosabatlarda aniq 
huquqni ta’minlovchi tashkiliy birlik hamda tashkiliy strukturaga ega 
bo‘lishlik, o‘z ixtiyoridagi mulkka ega bo‘lishi, fuqarolik muomalasida 
o‘z nomidan harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi, majburiyatlar 
bo‘yicha mustaqil fuqarolik-huquqiy javobgarlikka ega bo‘lishini 
bildiradi.
Demak, ushbu belgilarning har ikkala subyektda ham deyarli bir xil 
bo‘lishligi kuzatildi. Lekin shunday bo‘lsa-da, bular ichida tadbirkorlikni 
yuridik shaxs tashkil etish asosida tadbirkorlik bilan shugullanish huquqi 
berilgan subyektda biz bitta farqni kuzatdik, ya’ni yuridik shaxsning 
taraflar o‘rtasidagi munosabatlarda aniq huquqni ta’minlovchi tashkiliy 
birlik hamda tashkiliy strukturaga ega bo‘lishlik belgisi hisoblanadi. 
Ushbu belgilar tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tuzmasdan tashkil 
etish xususiy mulkdorga ancha qulay imkoniyatlarni beradi. Ularga 
asosan, kichik mulkdor hech qachon tadbirkorlik faoliyatini yirik mulkdor 
kabi amalga oshira olmaydi. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyatining 
shaklini tanlashda mulk huquqining subyektlariga asosiy mezon bo‘lib, 
o‘z egaligida bo‘lgan mulkiga hamda faoliyatdan kutilayotgan natijalarni 
to‘gri seza bilishligi talab qilinadi.
Umuman olganda, ushbu belgilarning mazmun va maqsadi bir xil 
bo‘lib, mazkur belgilar o‘ziga xos tartibda har bir tadbirkorlik subyekti 
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, har ikkala tashkiliy shaklda 
ham qayd qilingan belgilarning mazmun va mohiyatida tadbirkorlikning 
maqsadi daromad (foyda) olishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Shu 
o‘rinda biz N. Korshunova va N. Eriashvililarning fikrlariga ham 
qo‘shilamiz. Demak, yuqorida qayd qilingan ushbu belgilar asosida 
yuridik shaxsning tadbirkor ekanligini boshqa iqtisodiy munosabat 
ishtirokchilaridan ularni ajratib olishlikni bildiradi. I.Mankovskiy 
tijoratchi yuridik shaxsga nisbatan quyidagi ta’rifni bildiradi jumladan, u 
tijoratchi yuridik shaxs bu qonunda belgilangan tartibda huquqiy shaklga 


53 
ega bo‘lib, shu asosda bir yoki bir necha jismoniy yoki yuridik shaxslarga 
xos maxsus belgilarni o‘zida ifoda etish orqali tadbirkorlik faoliyatini 
mustaqil subyekt sifatida amalga oshirishga qaratiladi. Buning natijasida 
o‘zining moddiy ehtiyojini to‘liq qondirishga va shu bilan birga ushbu 
subyekt davlat va jamiyatning ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan 
shaxs deb ta’kidlaydi.
N. Korshunova va N. Eriashvili xo‘jalik shirkatlarini tijorat 
tashkilotlariga qiyoslab, ularda ishtirokchilarning qo‘shgan hissalarini 
taqsimlanishi asosida tashkil etish mumkinligini bildiradi. Lekin, Evropa 
kontinental huquq tizimida esa ushbu tashkiliy tuzilmalar kompaniya yoki 
firma, AQShda esa korporastiyalar deb yuritilishi ta’kidlaydilar. N. 
Mankovskiy, N. Korshunova va N. Eriashvililar tijoratchi yuridik 
shaxslarga nisbatan kengroq tushuncha berib, unda tijoratchi tashkilot eng 
avvalo o‘zining moddiy ehtiyojini to‘liq qondirishga qaratilganligini 
hamda qo‘shilgan hissalarning teng taqsimlanishi bilan xo‘jalik 
shirkatlarini ham tijorat tashkilotlariga xos subyekt ekanligini 
tushuntiradilar.
“Akstiyadorlik jamiyatlari va akstiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘grisida”gi Qonunning 2-moddasi uchinchi qismida, jamiyat 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs 
huquqlariga ega bo‘lishi hamda jamiyatning ustavida o‘zgacha tartib 
qoida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u cheklanmagan muddatga tuzilganligi 
belgilangan. AJni tuzish uning o‘ziga xos usullari va ta’sis etish 
shartlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Uning tashkil etish 
usullari jamiyat yangidan ta’sis etish yoki mavjud yuridik shaxsni qayta 
tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va 
qayta tuzish) yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, 
akstiyadorlik jamiyatlari davlat mulki asosida yoki xususiy mulk asosida 
ham tashkil etilishi mumkin.
Jamiyat muassislari akstiyadorlik jamiyatini tuzish to‘grisidagi 
ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar akstiyadorlik 
jamiyatining muassislari hisoblanadi. Davlat korxonasi akstiyadorlik 
jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli 
organ uning muassisi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, davlat korxonasi 


54 
akstiyadorlik 
jamiyatiga 
aylantirilayotganda 
ta’sis 
yigilishi 
o‘tkazilmaydi.
AJning nizom jamgarmasi akstiyadorlar tomonidan akstiya uchun 
to‘langan to‘lovdan iborat bo‘ladi. Lekin, jamiyatni ta’sis etish 
shartnomasi jamiyatning ta’sis hujjati kuchiga ega bo‘lmaydi. AJning 
ta’sischislari o‘zaro shartnoma tuzish orqali birgalikdagi faoliyat olib 
borish haqida kelishuvga asoslanib, shu asosda ularning birgalikdagi 
faoliyat tartibi belgilanadi. Bundan tashqari jamiyat ustav kapitalining 
miqdori, akstiyalar turlari hamda ta’sischilarning huquq va 
majburiyatlarida belgilab qo‘yiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini akstiyadorlik jamiyatlari shaklida vujudga 
kelishi, akstiyadorlik jamiyatining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan 
bogliq, yuridik faktning sodir etilishiga asoslanadi. “Akstiyadorlik 
jamiyatlari va akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘grisida”gi 
Qonunning 17-moddasida jamiyat ro‘yxatdan o‘tish uchun ro‘yxatga 
oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
hujjatlarni taqdim etishi bilan amalga oshiriladi. FKning 44 moddasida 
yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu qonunda mazkur subyektning fuqarolik 
huquqiga ega bo‘lishligini, tadbirkorlik munosabatlarida ishtirok etishini 
hamda ularning subyektiv huquqlarini amalga oshirish huquqini belgilab 
beradi.
N.D. Egorov, I.V. Eliseevlar akstiyadorlik jamiyatining ustav 
kapitalini ko‘paytirish va uni kamaytirish quyidagi usullarda amalga 
oshirilishi lozimligini asoslaydilar: -amaldagi akstiyalarning nominal 
qiymatini oshirish yo‘li bilan; qo‘shimcha akstiyalarni joylashtirish, ya’ni 
yangi akstiyalarni chiqarish yo‘li bilan; -amaldagi akstiyalarning nominal 
miqdorini kamaytirish yo‘li bilan; -amaldagi akstiyalar sonini qisqartirish 
asosida.
H.R. Rahmonqulov va S.S. Gulyamovlar: “tadbirkorlik bilan 
shugullanayotgan korxonaning asosiy maqsadi texnologik va tashkiliy 
xarakterdagi faoliyat sohasida rivojlanishga bo‘lgan uzluksiz intilish 
natijasida erishiladigan daromad imkoniyatlarini oshirish bo‘lib 
hisoblanadi. Bunga daromad olish ehtimolini baholash va boshqaruv 


55 
sifatini oshirish, ijod va tashabbusni ragbatlantirish, oqilona 
tavakkalchilik harakatlariga yo‘l qo‘yish, yaratuvchilik tavakkalchiligiga 
tayyor turish, korxonaning muammolarini inobatga olgan holda 
moslashuvchan tashkiliy tuzilma tashkil etish kabilar orqali erishiladi” - 
deb ta’kidlaydi. Demak, tadbirkorlik faoliyati butun bir kompleks 
munosabatalardan tashkil etilganligi sababli uning normalari barcha 
munosabatlarni qamrab ololmaydi.
Shu sababli tadbirkorlik faoliyatining subyektlarini faoliyat turiga 
qarab ularning turlarini qabul qilinayotgan yangi Tadbirkorlik kodeksiga 
kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida harakat qilishi 
O‘z.R FKning 24-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, fuqaro (jismoniy 
shaxs) fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi bilan yakka tadbirkor sifatida 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati 
subyektiga ega bo‘lishligi belgilangan. Kichik tadbirkorlik faoliyatini 
yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslari 2012 yil 2-mayda qabul qilingan 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida“gi qonunning 
5-moddasida ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining 
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
va ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, 
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan 
xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan 
mikrofirmalar kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘lishligi belgilab qo‘yildi.
Ushbu qonuning 13-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” 
prinstipi bo‘yicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan. Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori asosida Tadbirkorlik 
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘grisida NIZOM 
tasdiqlandi. Ushbu Nizomda yuridik va jismoniy shaxslarni — 
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va 
muddatlari belgilandi. Nizom talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va 


56 
kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari, shuningdek 
nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga tatbiq 
etilmaydi.
Nizomga asosan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari 
tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq quyidagi 
usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
1.Internet orqali yagona portalda;
2.O‘zi kelgan holda.
Nizomning 32-bandida tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza 
beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tegishlicha ushbu Nizomning 
12 va 21-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek davlat boji 
to‘langanligi to‘grisidagi ma’lumotlarni yoki belgilangan davlat boji 
miqdori to‘langanligi to‘grisida bank to‘lov hujjatining (keyingi 
o‘rinlarda to‘lov hujjati deb ataladi) nusxasini taqdim etadi.
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli mulkka nisbatan qonuniy 
egalik qilishi mulkdorning xo‘jalik faoliyatiga kirishish huquqini va uni 
amalga oshirishni belgilab, bunda korxona bir butun mulkiy majmua 
sifatida vudjudga kelishligini o‘zida ifoda etadi.
Shu o‘rinda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o‘ziga xos 
umumiy xususiyatlarining mazmun mohiyati ham muhim hisoblanadi. 
Bular, -tadbirkorlik subyektlari bu shunday shaxski, u o‘z nomidan 
fuqarolik muomlasida ishtirok eta olishi;
-tadbirkorlik faoliyati subyektlari tadbirkorlik asosida harakat 
qilishida maxsus huquq layoqatiga ega bo‘ladi va bunda uning umumiy 
huquq layoqati dispozitiv xarakterga ega bo‘lishligidan iboratdir.
Navbatdagi tadbirkorlik subyekti bu xususiy korxona. Respublikada 
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xususiy korxona shaklini 
rivojlantirish xususida I. Karimov shunday degan edi, “islohotlarning 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin