16
asosida shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunlar doirasida
amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyati degan ta’rifni ilgari
suradi
23
. Ustozning ushbu fikrlarida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining
xarakatlarida sof fuqarolik-huquqiy mazmunga egaligini xisobga olib,
tadbirkorlik huquqi fani tadbirkorlikning o‘ziga xos belgilari va
xususiyatlarini yanada chuqurroq tadqiq etish lozimligini anglatadi.
Huquqshunos olimlar I.V. Yershova va T.M. Ivanovalar
tadbirkorlik faoliyatida quyidagi belgilar mavjudligini ta’kidlaydilar
24
.
Jumladan, mulkiy va tashkiliy mustaqillik,
tavakkalchilik, davomli
daromad (foyda) olish, daromadlarni mulkdan foydalanish orqali
mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan, ish bajarish yoki xizmat
ko‘rsatishdan hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
orqali harakat qilishini tushuntiradi. Bundan tashqari ayrim olimlarning
fikricha, tadbirkorlik mustaqil faoliyat bulib, ushbu faoliyatdan
ko‘zlangan asosiy maqsad xo‘jalik tavakkalchiligi
asosida muayyan
faoliyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va undan doimiy hamda davomli
ravishda daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud
bo‘lishini bildiradi
25
. V.A.Oygenzixt tavakkalchilik asosida ish tutishni
fuqarolik - huquqiy nuqtai nazardan o‘rganib, uni insonning o‘z harakatini
o‘zi tanlash asosida belgilashini, uning o‘z harakatini bila turib biror bir
maqsadga erishish yo‘lida harakat qilishni, o‘z oldida duch keladigan
to‘siqlar sari qadam qo‘yib borishni hamda shaxsning o‘z harakatini
fahmlab ilgari boruvchi
faoliyat deb tushuntiradi
26
. O‘zbekiston
Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘grisida”gi qonunning 3-moddasida, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)
- tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida
23
Зокиров И.Б. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. –Тошкент: 2007. 149-
б.
24
Ершова И.В., Иванова Т.М. Предпринимательское право. Учебное пособие. – М .:
Юриспруденция, 1999. 4 с
25
Предпринимательское право. Учебное пособие для вузов. – М.: 2000. Коллектив авторов. Изд.
“Приор”.
26
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть обшая) , Изд-во “ИРФОН” –
Душанбе, 1972.
17
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tadqiq
etilgan.
Yuqorida o‘rganilgan barcha belgilar tadbirkorlik faoliyatiga xos
bo‘lib, bunda mulkdor o‘z ishonchi va erkiga asoslanib mustaqil
faoliyatini amalga oshiradi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda,
tavakkalchilik termini
rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQShda
ijobiy xarakterga ega bo‘lib, ularda tijoratchilikda ko‘proq qo‘llanib, birja
o‘yinlarini o‘tkazishda omad yoki yutuq olishni bildiradi. Shuningdek,
AQShda bu borada maxsus
”Tadbirkorlikda tavakkalchilik“ deb
nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos sifatida
keltirish mumkin
27
.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik asosida ish yuritishda eng
avvalo, har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini
hisobga olib, bozor konyunkturasini puxta o‘rganish
talab qilinadi aks
holda tadbirkorlikdan ko‘zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan
noxush vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Demak, tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday
shaklda tashkil topgan tadbirkorning o‘z ishonchi va qobiliyatiga qarab,
o‘z mulkini va faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda
foyda (daromad) olishga qaratadi. Tadbirkorning tavakkalchilik asosida
ish tutishi raqobatga bardosh bera olishni hamda kutilmagan harakatlarda
o‘z mulki va muassislari bilan birgalikda to‘liq javobgar bo‘lish
majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining muhim
belgilari ichida tadbirkorlikda tashabusskorlik, mulkiy va tashkiliy
mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy
va iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi.
Bizning nazarimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi har qanday
shaxsda xususiy mulkka ega bo‘lish, iqtisodiy erkinlik, tashbbuskorlik,
tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga ega bo‘lishlik,
doimiy uzluksiz xarakterga oid daromad (foyda) olish, tadbirkorlikning
27
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть общая) , Изд-во “ИРФОН” –
Душанбе,1972. – С.39.
18
davlat ro‘yxatidan o‘tganlik fakti bilan bir qatorda unda novatorlik
(innovastiya) belgisi ham bo‘lishi lozim.
Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim
belgilaridan biri hisoblanadi.
“innovastiya’’ so‘zi
ingliz tilidan olingan
bo‘lib, uning ma’nosi yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni
anglatadi. Ushbu termin iqtisod va huquq fanlari sohasining rivojlanishi
tufayli 1980 yillarda Evropa mamlakatlarida fanga kirib kelgan. Mazkur
termin O‘zRsi FKning 1031-moddasida mustahkamlangan. Innovastiya
faoliyatining tadbirkorlik faoliyatiga xos jihatlarini uning belgilaridan
bilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: